Yaponiyaning yana bir fuqarosi grippga qarshi Tamifel dorisini qabul qilganidan keyin o‘z joniga qasd qildi. 14 yoshli o‘smir ushbu dorini iste’mol qilganidan keyin o‘zini 11-qavatdan yerga tashlagan.
“Karmana” guruhi birinchi o‘rinni egalladi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Navoiy shahridagi 7-maktab o‘quvchilari hamda zarafshonlik yosh san’atkorlar keyingi o‘rinlarga sazovor bo‘ldi.
Biror muhim yumushingiz yodingizga kelib, kompyuteringizni ishga tushirmoqchi bo‘ldingiz, ammo negadir maqsadingiz amalga oshmadi. Qarshingizdagi buyum sizga bo‘ysunishni istamadi. Nega? Balki sizning kompyuteringiz ham «g‘arazlar bo‘roni»ga tushib qolgandir? Bu bo‘ron hozirda nihoyatda ko‘p kompyuterlarga tahdid solayapti. Fan tilida uni «virus» deb atashadi.
Bugun ko‘pgina gazetalarning oxirgi sahifasi «Munajjimlar bashorati»ga bag‘ishlangan. Bu holat ko‘pincha tushuntirilsa hamki, bahona va sabablar topiladi: «xalqimiz qattiq ishonadi-da...» Gazeta do‘konlarida ba'zilarning oxirgi sahifani diqqat bilan kuzatayotganini ko‘rib qolamiz. Kuzatuv maqsadi: «Munajjimlar busafar nima deyishibdi?!» Xullas, yurtimizda munajjimlar bashoratiga katta qiziqish bor.
Ushbu voqea bir vaqtlar Markaziy Afrikada ishlagan yevropalik shifokor ayolning ish hayotida yuz bergan. O'shanda yarim kecha edi. Men bilan hamshiralar o'ta jiddiy ish - ko'z yorishi og'ir bulgan xomilador ayolni qabul qilishga to'g'ri keldi. Bizning barcha sa'y-harakatlarimizga qaramay, endigina ko'z yorgan ayol vafot etdi. U bizga muddatidan avval tug'ilgan bir burdagina chaqaloqni va yig'lab turgan ikki yoshli qizchasini tashlab ketdi.