Qirg'izistonda Rauf Parfi, Muhammad Solih ijodiga qiziqish ortmoqda
Qirg’izistonlik adabiyot muxlislari qo’liga marhum shoir Abdurauf Parfining “Iymon asiri”, shoir Muhammad Solihning “Valfajr” she’riy to’plamlari kelib tegdi. O’shlik adabiyotshunos o’qituvchi Mamlakat Yo’ldosheva shoir Rauf Parfining kitobini qo’liga olarkan, ko’nglidan kechgan o’ylarni shunday ifodalaydi: - Kitobni qo’limga olarkanman, qalbimni faxr tuyg’usi chulg’ab oldi. Bishkekda o’zbek adabiyotining, o’zbek she’riyatining namoyondasi ijodiga e’tibor berilayotgani, uning ijodi targ’ib qilinayotgani meni quvontirdi, - deydi adabiyotshunos Mamlakat Yo’ldosheva. |