Пт, 2024.11.15, 04.22
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Апрель 2007  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

"Bananas" nimasi bilan yaxshi?

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 30
Главная » 2007 » Апрель » 29 » DUGONAMNING MAKTUBI
DUGONAMNING MAKTUBI
13.14
DUGONAMNING MAKTUBI

Salom, Nodira. O'qishni muvaffaqiyatli tugatganing bilan tabriklayman. Yaxshi kasb tanlading. O'qituvchilikni eng sharafli nom deb bilaman. Ammo, o'zim qanday qilib tibbiyot institutiga kirib qolganimni hali-hali bilmayman.

Kechagina maktubingni oldim. Avvalo qishloqqa kelib, men bilan uchrashmay ketganingga biroz xafaman. Ishxonamga telefon qilgan ekansan. Aytishdi. Tibbiyot xodimlari konferentsiyasida edik. Kech qaytdim. Ertasiga erta bilan izlasam, shaharga jo'nagan ekansan. Pochtalon kelganda o'zim ham seni o'ylab turgan edim.

Demak, Furqat bilan ajrashganimizni sen ham eshitibsan-da? Sira ishongim kelmaydi, deb yozibsan maktubingda. To'g'ri, hech kimning ishongisi kelmaydi. Har holda oramizdagi ilk muhabbatni, bir-birimizga bo'lgan hurmatimizni ko'pchilik bilar edi, o'shanda.

U damlarni eslash menga qanchalik og'ir ekanligini bilsang edi, Nodira.

Yodingda bo'lsa kerak, akam vafot etgandan so'ng, uyda onam va men yolg'iz qoldik. Bir-birimizga juda o'rgangan ekanmiz. Shuning uchun bo'lsa kerak, biror erga ketsalar vaqt juda sekin o'tayotgandek tuyulardi menga. Onam o'qishdan bir oz kechiksam, ko'chaga chiqib turar edilar. Onaizorginam...

Qishloq shaharga yaqin bo'lgani uchun qatnab o'qirdim. Sira yodimdan chiqmaydi. Bir kuni o'qishdan kelsam yig'lab o'tirgan ekanlar. Hayron bo'ldim. Mehribonim esa darrov ko'z yoshlarini artib, sezdirmaslikka harakat qilib, odatdagidek peshonamdan o'pdilar. Shuncha qistasam ham sababini anglay olmadim. Oradan uch-to'rt kun o'tgandan so'ng nuroniy ko'zlariga yosh keltirgan narsani aniqladim. Uyga sovchilar kelgan ekan.

- Bir gap aytsam xafa bo'lmaysanmi, - dedilar menga kechki ovqatdan so'ng.

- Nahotki, sizning gapingizga xafa bo'lsam, oyijon.

- Yoshing ham yigirma ikkiga etdi, qizim. Ko'p joydan so'rashyapti. Shu vaqtgacha yo'q dedim. Endi ham yo'q desam bo'lmaydi. Axir yosh boshing bilan ham ro'zg’or, ham o'qish, qiynalib ketding. O'ylab yurgan mo'ljalim bor edi. Agar xo'p desang, yulduzing topilgudek bo'lsa, shu uyda qolsalaring degandim. Axir, suyangan tog’im, ishongan bog’im...

Onamning ko'zlari yoshga to'ldi.

- Turmushga chiqish hali xayolimga ham kelgani yo'q. Bo'lgan taqdirda ham institutni tugatganimdan so'ng.

- Tengi chiqsa tekin ber, degan gap bor, qizginam. O'qishni tugatishingga bir yil qoldi, xolos. Yonimda bo'lsang o'qiyverasan. Har holda xonadonimizda erkak kishi bo'lsa, yomon bo'lmasdi.

Shu kuni uzoq vaqtgacha uyqu kelmadi. Nigohim yulduzlar olamida kezdi.

Suhbatimizdan bir oy o'tar-o'tmas Furqat bilan tanishdim. U o'zining o'gli nigohi, shirinsuxanligi bilan maftun qildi. Oromim yo'qoldi. Muhabbat qo'shiqlari qulog’imga xush yoqadigan bo'ldi. Ba'zan darsning oxirgi soatlari juda uzayib ketayotgandek tuyulardi. Qalbim tashqariga intilar, chunki har oqshom Furqat meni kuzatib qo'yar edi.

Qish kunlarining birida yo'lda keta turib:

- Sizga bir shartim bor, Furqat, - dedim, onamning gaplarini eslab. Men uning yo'q demasligini bilardim. Chunki ota-onasi yo'qligini, yolg’iz tug'ishgan opasi esa Samarqandda yashashini aytgan edi.

- Shartingizni yaxshi bilaman. - javob berdi u ko'zlarimga tikilib. - Shu hovlida onam bilan birga yashaymiz, demoqchisiz-da. Sizning onangiz mening ham onam, azizam. Olamda onadek mo'tabar zotni yolg'iz qoldirib bo'lmaydi. Buning uchun to'ydan keyin opamnikiga borib, biror hafta yashaymiz-da, so'ng qaytib kelamiz. Sizga bo'lgan muhabbatim onangizga bo'lgan mehrimning bir bo'lagi bo'ladi.

Men uning ana shunday kishi vujudini tinchlantiradigan so'zlariga ishongan edim. Odamni bilmoq, uchun bir pud tuzni birga emoq kerak, deganlari shu ekan. To'ydan keyin Samarqandga bordik. Bir hafta o'tdi hamki, uyga qaytishimizdan so'z ochmadi. Onam bilan telefonda tez-tez gaplashib turdim.

Shu orada Furqat ham ishga joylashib oldi. U menga bildirmasdan kvartira olishga harakat qilib yurgan ekan. Buni order olib kelgan kuni bildim. Janjallashib ham oldim. U esa odatdagidek, yana uch-to'rt oydan keyin, albatta, Toshkentga qaytamiz, deb yuragimga tasalli berdi.

Necha marta mehmonga bordim, onajonim bu haqda so'z ochmasdilar. Endi o'ylasam, o'sha vaqtda ham mehribonim mening tinchimni istagan ekanlar.

Kunlar o'tgan sari Furqatning "og'zini poyladim". Bilasanmi dugonajon, juda iztirob chekdim o'sha kunlarda. Chunki muhabbatimni hurmat qilib, Furqat bilan yashay desam, mehribonimning yolg'izligi yuragimni o'rtar edi. Toshkentga qaytib farzandlik burchini o'tab, onam yonida xizmatda bo'lay desam, turmushdan voz kechishim, hali yorug’ dunyoni ko'rmagan go'dakni otasiz tarbiyalash kerak edi. Chunki, Furqat shaharga qaytmaslikka qat'iy qaror qilganini aytgan edi.

Kutilmaganda qo'shnimizdan shoshilinch telegramma oldim. Unda onamning betobligi yozilgan edi.

- Kun sovuq, yo'lda qiynalasan. Ertaga bora qol, - dedi u. Opasi bilan maslahatlashgandim, u ham shunday dedi.

Men bo'lsam endi bir daqiqa ham to'xtay olmasligimni aytdim-da, safarga otlandim. Vagonga chiqib o'girganimda Furqat ham etib keldi.

Qishloqqa etib kslganimizda hali tong yorishmagan edi. Ko'chaga burilib, hovlimizda odatdagidan tashqari chiroqlar yoqilganini ko'rdim-u, yuragim orqaga tortib ketdi.

Ha, dugonajon, men kechikkan edim. Onamning keyingi vaqtlarda yurak kasaliga duchor bo'lganliklarini bilardim. Ammo, bunchalik fojiani kim xayoliga keltiribdi. O'sha kuni tunda... Yon qushnimizning aytishicha, mehribonim bo'lajak nabiralariga ism qo'yib, uni ko'rolmaganlariga afsus chekib, olamdan ko'z yumibdilar.

Bu voqeadan keyin Furqat ko'zimga juda yomon ko'rinib qoldi. Shuning uchun uning hovlini sotish to'g'risidagi taklifini rad etdim. U Samarqandga qaytdi. Men esa hovlida qoldim. O'g'limning ismini onam vasiyatlariga binoan Alisher deb atadim. Yaqinda rosa bir yil bo'ladi. Furqat bir necha marta kekdi. Shu erda qolishga rozilik bildirdi. Ammo, hayotda qilgan ishi uchun avvalgi muhabbatim endi o'zgardi. Onamning yonida yashamaganligim, farzandlik burchimni o'tamaganligim esa qalbimda bir umr armon bo'lib qoldi.

Qolgan gaplarni o'zing kelganda gaplasharmiz.

Salom bilan Dilbar.

Категория: Maktublar | Просмотров: 1342 | Добавил: Nodira | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]