Пт, 2024.11.15, 04.48
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Апрель 2007  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

Sevib qolish uchun qayer qulay?

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 91
Главная » 2007 » Апрель » 25 » Boris Yeltsin - murakkab, tarixiy shaxs - yodga olinmoqda
Boris Yeltsin - murakkab, tarixiy shaxs - yodga olinmoqda
01.27
Boris Yeltsin - murakkab, tarixiy shaxs - yodga olinmoqda

Amerika Ovozi
24/04/2007


Boris Yeltsin, 1996

Rossiya o'zining birinchi prezidenti bilan vidolashmoqda.

23 aprel kuni Rossiyaning sobiq prezidenti Boris Yeltsin 76 yoshida yurak xurujidan olamdan o’tdi.

Prezident Vladimir Putin 25 aprelni umummamlakat motam kuni deb e’lon qilgan.

1990 yildan boshlab Rossiya rahbari bo’lgan Yeltsin, 1999 yilning 31 dekabriga kelib, o’z xohishi bilan iste’foga chiqdi.

"Yangi asrga yangi rahbar bilan kiramiz",- degan edi Yeltsin.

Rossiya tarixida Boris Yeltsin mamlakatning ilk prezidenti, iqtisodiy inqiroz va tanglikdan chiqishga yo’l topa olgan jasur siyosatdon sifatida joy oladi.


Boris Yeltsin, 1990, Kommunistik Partiyani jar yoqasiga yaqinlashayotganlikda ogohlantirgan nutqlaridan birida
1991 yilning 20 avgust kuni Boris Yeltsin tank ustida qilgan tarixiy nutqi Rossiya fuqarolarini jonlantirib yuborgan.

Sovet Ittifoqi rahbari Mixail Gorbachev va Kommunistik Partiyaga qarshi bosh ko’targan Yeltsin buyuk imperiyaning so’nggi kunlari yaqinlashganini bot-bot ta’kidlar edi.

Mazkur sanadan to’rt oy o’tgach, Gorbachev lavozimidan bo’shadi. Yeltsin tashabbusi bilan Sovet hukumati qulab, mustaqil Rossiya davlati vujudga keldi.

Boris Yeltsin oddiy dehqon oilasida Ural tog’larida Butka qishlog’ida, avvalgi Sverdlovsk, hozirgi Yekaterinburg shahri yaqinidai qishloqda dunyoga keladi.


Yeltsin tarafdorlari bilan tank ustida, Moskva, 1991
Kommunistik Partiya pog’onasida ko’tailsa-da, Yeltsin hashamatli avtomobillarda yurishdan ko’ra, jamoat transportida, oddiy xalq bilan birga ishga qatnardi.

1987 yilning oktyabrida Kompartiya markaziy qo’mitasi yig’ilishida Yeltsin ustozi Mixail Gorbachevning “perestroika” siyosatini quruq safsata, amalda hech vaqoga arzimaydigan gaplar deya keskin tanqid qiladi.

Bu chiqish Yeltsinga qimmatga tushadi. Uni markaziy televideniyega chiqishi, matbuotga gapirishi man etiladi va ishdan bo’shatiladi. Biroq sal o’tmay Yeltsin yana siyosatga qaytadi.

1991 yil, iyun oyida Yeltsin Rossiya bo’ylab o’tgan ilk demokratik prezident saylovlarida g’alaba qozonadi. Ikki oy o’tib tank ustiga chiqqan Yeltsin Rossiyani katta o’zgarishlar kutayotganini ta’kidlaydi.


Yeltsin Gorbachevni qayta qurish va oshkoralik haqida ko'p gapirib, amalda kam ish qilganlikda ayblagan, 1990
Rossiya demokratiyasi asoschisi deya nom olgan Yeltsinni yaxshi ko’rganlar bilan bir qatorda undan nafratlanganlar ham talaygina edi.

Demokratik qadriyatlar borasida tinimsiz so’zlagan Yeltsin, vaqti kelib byurokrat kommunist tuzumning sevimli uslubi, kuch ishlatishdan ham toymadi.

1993 yilda prezident Yeltsin Sovet davri konstitutsiyasini bekor qilib, parlamentni tarqatib yuboradi. Qonun chiqaruvchilar unga qarshi chiqadi. Yeltsin parlament binosiga qarata tanklardan o’t ochishga buyuradi. Deputatlar taslim bo’ladi.


Boris Yeltsin, 1999, iste'foga chiqishidan sal oldin
Bir yil o’tgach Yeltsin Chechenistonga urush ochdi. Rossiya qo’shinlari Chechenistonga bostirib kiradi va bo’lginchi jangarilariga qarshi safarbar etiladi. Urush 75 mingga yaqin kishining yostig’ini quritgan. Keyinroq Yeltsin Checheniston urushini katta xato deb atagan.

Rossiya iqtisodiyoti cho’kib borarkan, Yeltsindan norozilar ham ko’paydi. Biroq 1996 yilda Yeltsin qayta saylandi.

Saylov arafasida yurak xurujiga uchragan Yeltsin keyinroq yana bir necha operatsiyani boshdan kechiradi. Bir necha oy davomida mamlakat rahbarsiz qoladi. Yeltsin alkogolizm bilan ham olishayotgan edi. Bir necha bor ommani o’zining nomaqbul harakatlari bilan hayron qoldiradi.

Sog’lig’i yomonlashib borayotganini sezgan Yeltsin o’zidan so’ng merosx’or tayinlashga o’tadi. Bir yil ichida u bir necha bor bosh vazirlarni o’zgartiradi. Yana bir bora tarixiy nutq so’zlab, o’zining “hamisha birinchi” shioriga amal qiladi.

1999 yil so’nggida, yangi yil kechasida Boris Yeltsin xalqni tabriklar ekan, o’z vakolatlarini Bosh vazir Vladimir Putinga topshirayotganini e’lon qiladi. Bu bilan u Rossiya tarixida o’z xohishi bilan lavozimdan ketgan ilk rahbar bo’ladi.

Категория: Habarlar | Просмотров: 1423 | Добавил: Nodira | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]