Пт, 2024.11.15, 04.46
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Апрель 2007  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

Bananas zo'r bo'lishi uchun nima qilish kerak?

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 62
Главная » 2007 » Апрель » 22 » Gulbahor To'rayeva ustidan sud hukmi dushanba kuni o'qiladi
Gulbahor To'rayeva ustidan sud hukmi dushanba kuni o'qiladi
10.18
Gulbahor To'rayeva ustidan sud hukmi dushanba kuni o'qiladi
Malik Mansur
21/04/2007

Andijonda huquq himoyachisi Gulbahor To`rayeva ustidan sud jarayoni boshlangan. Ma`lumotlarga ko`ra, sud jarayoni O`zbekiston televideniyesida keng yoritilmoqda.

Huquq himoyachisi Gulbahor To`rayevaning turmush o`rtog`i Farid To`rayevning aytishicha, sud 18 apreldan buyon davom etmoqda. Juma kuni o`tgan sud jarayonida davlat ayblovchisi Gulbahar To`rayevaga nisbatan sakkiz yillik qamoq jazosi belgilanishini so`ragan.

Gulbahor To`rayeva shu yilning yanvar oyida muxolifatdagi “Erk” partiyasi raisi Muhammad Solihning kitobini olib kirishda, aksilkonstitutsiyaviy adabiyotlar saqlashda ayblanib, hibsga olingan.

Hozir Gulbahor To`rayeva O`zbekiston Jinoyat kodeksining to`rt moddasiga ko’ra ayblanmoqda. Bular konstitutsiyaviy tuzumga qarshi harakat, shu ma`nodagi adabiyotlarni tarqatish, shuningdek, Andijon fojealariga aloqadorlik, jumladan, qurbonlar haqida noto`g`ri axborotlar tarqatish ayblari.

Farid To`rayev fikriga ko`ra Gulbahorni Andijon fojealari chog`ida qurbonlar soni haqida internetda, axborot vositalari orqali noto`g`ri ma`lumot tarqatganlikda ayblashmoqda.

Faridning aytishicha, Gulbahor To`rayeva sudda o`z qilmishalridan pushaymonligini bildirmoqda. Sud jarayoni esa har kuni O`zbekiston televideniyesining “Axborot ” va “Davr” dasturlari tomonidan muntazam efirga uzatilmoqda.

Farid To`ravening aytishicha, davlat ayblovi tomonidan aksilkonstitutsiyaviy adabiyot sifatida baholanayotgan kitob aslida Turkiyada rasman nashr etilgan, muxolifatdagi “Erk” partiyasi raisi Muhammad Solihning publistik maqolalar to`plami.

Faqat bu to`plamda O`zbekiston prezidentining faoliyati tanqid ostiga olinadi, xolos.

Gulbahor To`rayevaga taz’yiq o`tkazilganmi degan savolga uning turmush o`rto`gi Gulbahorning to`rt nafar farzandi borligi, farzandlarini ko`rgisi kelayotganligi uchun ham shunday bo`layotganligini aytadi.

“Har qanday kishi ham o`z farzandlarini ko`rgisi keladi, shunig uchun ham… uni besh kishi kishanga solib, olib kirishganini ko`rib, men qo`rqib ketdim”, - deydi u.

Gulbahor To`rayevaning eng kenja farzandi sakkiz oylik chaqaloq.

Sud hukmi 23 aprel dushanba kuni o`qilishi kutilmoqda. O`zbekiston Jinoyat kodeksining to`rt moddasi bilan ayblanayotgan huquq himoyachisiga nisbatan prokuror tomonidan sakkiz yillik qamoq jazosi so`ralgan.

Категория: Habarlar | Просмотров: 1466 | Добавил: Nodira | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]