Пт, 2024.11.15, 04.30
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Апрель 2007  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

Saytimizni baholang

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 247
Главная » 2007 » Апрель » 11 » Tashqaridan ko’ringan o’lim
Tashqaridan ko’ringan o’lim
00.29
«Darhaqiqat, (jon) xalqumga yetgan, (vafot etayotgan kimsaga atrofidagilar tomonidan): «Dam solib-o‘qib qo‘yguvchi biron kishi bormi?», deb qolingan, (jon taslim kilayotgan kimsaning) o‘zi (bu holatning hayoti-dunyodan) ajralish ekanini anglagan va (jon berish qiyinligidan) oyoqlar bir-biriga chalmashib qolgan bir vaqtda – ana o‘sha kunda yolg‘iz Parvardigoringiz (huzuri)ga haydalish bordir!»
O’lim paytida ruh, bu dunyoda o‘zi ichida yashagan insonning tanasidan ajralar ekan, jonsiz badanini orqasida qoldiradi. Terisini o‘zgartiruvchi ba’zi jonivorlar kabi ruh ham bu dunyodagi badanini tashlab, haqiqiy dunyoga – asl hayotiga tomon ketadi.

Ammo, qoldirilgan jonsiz badanning bundan keyin boshidan kechiradiganlari hali oldinda. Ayniqsa, badaniga tiriklik chog‘ida haddan ziyod ahamiyat berganlar uchun bu narsani bilish o‘ta muhim va ibratlidir.

Xo‘sh, o‘lgandan keyin jonsiz badan bilan nimalar sodir bo‘lishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Barcha jonli mavjudotlar kabi sizning ham bir kun kelib o‘lim topishingiz muqarrardir. Bu balki hech kutilmagan holatda yuz berishi mumkin. Masalan, non olgani ko‘chaga chiqib, qarshingizdan kelayotgan mashinaning tagiga kirib ketasiz. Yoki shafqatsiz kasallik hayotingizga nuqta qo‘yadi, yoxud kutilmaganda yuragingiz urishdan voz kechadi…

Shu tariqa o‘lim sharbatini totishni boshlaysiz…

O’sha ondan e’tiboran badaningiz bilan bog‘liq hech qanday aloqangiz qolmaydi. Umr bo‘yi «men» deb ataganingiz va egalik qilganingiz o‘sha badan oddiy bir et va suyak parchasi holiga aylanadi. Atrofingizni turmush o‘rtog‘ingiz, farzandlaringiz, qavm-qarindosh va yaqinlaringiz o‘rab olib, fig‘on qiladilar. Yig‘layotganlar orasida «Kechagina oramizda edi», «Tog‘dek odam edi-ya», deb faryod qilayotganlar bo‘ladi. Keyin esa ko‘mish marosimiga tayyorgarlik boshlanadi va g‘assol kelgunga qadar jonsiz badaningizni uyning bir xonasiga qo‘yadilar. Shu tariqa barcha yaqinlaringiz to‘plangunicha sizni bu yorug‘, ammo aldamchi dunyoda yana bir necha soat, ba’zi hollarda uzog‘i bilan bir kun ushlab turadilar. So‘ng g‘assol qotib qolgan badaningizni sovuq suv bilan yuva boshlaydi. Ammo bu paytga kelib o‘lim izlari badangizda o‘zini oshkor etib ulguradi – har joy-har joyingizda asta-sekin ko‘karishlar boshlangan bo‘ladi.

Sizni yuvib bo‘lishgach, oq mato bilan kafanlaydilar. Keyin esa taxta tobutga yotqizib, ustingizga baxmal yopadilar. Janoza o‘qib bo‘lingach, boshqa tirik insonlar badaningiz qo‘yilgan tobutni yelkalariga qo‘yib, yuk mashinasi tomon odimlashadi. Bir necha yengil mashina va avtobuslardagi butun tanish-notanishlar sizni so‘nggi manzilga kuzatish uchun tobut yuklangan mashina ortidan asta qabriston tomon boradilar. Ammo bu paytda hayot yana o‘z yo‘lida davom etayotgan bo‘ladi, ba’zi insonlar janoza o‘tayapti, deb hurmat yuzasidan to‘xtab, marhum haqqiga duo qiladilar, kimlardir esa o‘zi bilan o‘zi ovora e’tibor ham qilmaydi. Shu holatda qabristonga yetib kelinadi va sizni yaxshi ko‘rganlar yoki yaxshi ko‘rgan kabi ko‘ringanlar tobutni qo‘lma-qo‘l qilib qabr ustiga keltiradilar. Atrofda yana yig‘laganlar, oh urganlar bo‘ladi. Keyin esa o‘sha qochib qutilib bo‘lmaydigan yerga – qabrga yaqin kelinadi. Badaningizni tobutdan chiqarib, oppoq kafan bilan birgalikda qabr ichiga qo‘yishadi. Tilovatdan so‘ng duolar o‘qiladi va oxirgi ishga qo‘l uriladi – belkurak va ketmon ushlagan yaqinlaringiz ustingizga tuproq ota boshlaydilar. Asta-sekin qabringiz tosh-tuproq bilan to‘ladi va ish nihoyasiga yetgach, duolar qilinib, sizdan boshqa xamma ortiga qaytadi. Qabristonga esa yana avvalgidek sukunat cho‘kadi. Sizni kuzatib qaytganlar zum o‘tmay o‘z mahzunliklarini unutadilar va qaytadan hayot g‘ala-g‘ovuriga sho‘ng‘ib ketadilar. Ammo ko‘milgan badan uchun endi hayotning hech qanday ma’nosi qolmagan bo‘ladi. Dunyodagi bori go‘zallik, chiroyli insonlar, beqiyos manzara va hokazolar endi u badan uchun hech narsa ifoda etmaydi. Bu badan bundan buyon hech kaysi do‘sti yo yaqinlari bilan qaytib ko‘risha olmaydi. Badan uchun mavjud bo‘lgan yagona narsa tuproq va uning ichidagi turli bakteriya va qurtlar bo‘ladi xolos.
O’lgandan keyin ne holga tushishingizni hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Zotan ko‘milishingiz bilanoq badaningiz ham ichkaridan, ham tashqaridan bo‘ladigan ta’sirlar ostida kuchli parchalanish jarayoniga kiradi.

Vujudda kislorod qolmaganligidan, ma’lum muddat o‘tgach, mikroblar o‘z faoliyatini boshlaydi va butun badanga yoyiladi.

Qorinda to‘plangan gazlar jasadni shishirib yuboradi va bu shish butun vujudga yoyilib, badanni tanib bo‘lmas holga keltiradi.

Keyin esa bu gaz bosimi sababli og‘iz va burundan qonli ko‘piklar kela boshlaydi.

Chirish tezlashgani sari butun killar, tirnoqlar, qo‘lu oyoq o‘z joyidan ajraladi.

Bu tashqi jarayonlar bilan ayni vaqtda ichki organlarda ham (o‘pka, yurak va jigarda) chirish boshlanadi.

Shundan keyin esa eng qo‘rqinchli holat yuz beradi: qorin qismiga to‘plangan gazlar terining zaif nuqtasidan yorib chiqadi va badandan chidab bo‘lmas darajada badbo‘y hid tarqaladi (inson o‘ligining hidi dunyodagi eng jirkanch hiddir).

Bu vaqt ichida bosh va qolgan bo‘g‘imlar ham o‘z joyidan ajraladi.

Teri va yumshok qismlar titilib, butunlay to‘kilib tushadi va skelet ko‘rina boshlaydi.

Miya tamoman chirib, kil ko‘rinishini oladi, suyaklar bo‘g‘imlardan ajralib, skelet parchalana boshlaydi.

Bu holat jasadning bir uyum tuproq va chirigan suyaklar holiga kelguniga qadar davom etadi.

Bir umr «Men» deb kelganingiz jasad shu tariqa qo‘rqinch va jirkanch bir holatda yo‘q bo‘lib ketadi. Yorug‘ olamda qolgan yaqinlaringiz esa siz uchun qo‘ylar so‘yib, hali yigirma, qirq, ellik ikki, qoryog‘di, hali hayitu yiloshi deb, ziyofatlar qilisharkan, qabrdagi qurt-qumursqalar, bakteriyalar sizning ich-etingizni kemirishadi.

Agar bir halokat tufayli o‘lib, tog‘u toshda ko‘milmasdan qolib ketsangiz bormi, yanada qo‘rqinchli bir manzara yuzaga keladi. Badaningiz issiq kun tig‘ida qolgan go‘sht kabi qurtlab ketadi va bir necha kun ichida qurtlar uyasiga aylanadi. Qurtlar et qoldig‘ini oxirigacha tamomlamaguncha, skelet ichida kezadi.

Shu tariqa «Eng mukammal va chiroyli bichimda» yaratilgan inson hayoti eng ayanchli bir holatda nihoyasiga yetadi.

Xo‘sh nima uchun shunday bo‘ladi?

Inson vujudi Yaratganning xohishi bilan o‘lgandan keyin shu holga keltiriladi. Bu ishning buyuk bir ma’nosi bordir. Inson, o‘zining aslida shunchaki bir badan emasligini, aksincha badani o‘ziga kiydirilgan o‘tkinchi bir g‘ilof ekanligini mana shu qo‘rqinchli nihoyani ko‘rib, anglashi, o‘limdan keyin ham bir borliq, hayot borligini his etmog‘i lozim. Parvardigor o‘zini faqatgina et va suyakdan iborat deb bilgan insonga buning aldanish ekanligini bildirmoq uchun shunday bir ibratli yakun tayyorlagandir.

Inson o‘z badanining o‘limini ko‘ra bilishi, bu o‘tkinchi dunyoda xuddi abadiy qoladigandek egalik qilgan va butun orzu-nafsiga bo‘yin eggan badanining oqibati haqida o‘ylashi lozim. Alaloqibat, u badan qaro tuproq ostida chiriydi, qurt-qumursqalarga yem bo‘ladi va skeletga aylanadi…

Категория: Maqolalar | Просмотров: 1329 | Добавил: Nodira | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]