Rossiyalik ekspertlar: Gulnora Karimova prezident bo'la olmaydi
Qozog’iston va Qirg’izistonda prezident saylovlari 2005 yili, Tojikistonda o’tgan yili, Turkmanistonda esa o’tgan hafta o’tkazildi. O’zbekiston Konstitutsiyasi bo’yicha prezident saylovlari mamlakatda shu yili o’tkazilishi kerak. Ayrimlar prezident Islom Karimov vakolati 22 yanvarda tugagan desa, boshqalar amaldagi prezident davlat tepasida yil oxirigacha qolishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Har ikkala tomon ham O’zbekiston qonunchiligiga ishora qilmoqda. Ayrim rossiyalik tahlilchilar Amerika Ovozi bilan suhbatda ushbu mavzuga o'z munosabatini bildirdilar. |