O'zbek pop musiqasi tanqidchisi yoshlar qarshiligiga uchramoqda
O’zbekistondagi “Hurriyat” gazetasining muxbiri Alijon Eshboyevning zamonaviy estrada haqidagi tanqidiy maqolasi va undan g’azablangan yoshlarning jurnalistga tahdid qilishi respublikada keng munozaralarga sabab bo`lmoqda. Jurnalist Alijon Eshboyevning maqolasi zamonaviy o`zbek estradasining yoshlarga salbiy ta’siri, madaniy o`zlikdan uzoqlashtirayotgani va bu jarayonda ayrim studiyalar, nohukumat televideniyelar, sariq matbuotning o`rni haqida. |