3-ni bossamchi? 7.27.09 Bugun New Yorkdagi O'zbekiston Konsulining ofisiga qo'ng'iroq qildim (+1 212 754 7403). Avtomat qo'ng'iroqqa quyidagicha javob berdi: ... if you need information in English, please press #1. Should you need information in Russian, please press #2! Ma'nosi: ma'lumotni ingliz tilida eshitish uchun 1-tugmasini bosing. Rus tilida eshitish uchun esa 2-tugmasini bosing. 3-tugmasini bossa qaysi tilda gapiradi, topingchi? Afsus, 3-tugmasi ishlamaydi. E'tibor bering, bu hodisa AQSHning New York shahridagi O'zbek millatining rasmiy namoyandasi ofisida ro'y berayapti. Tilga e'tibor sustlashgan bugungi kunda "Muhokamat ul-lug'atayn 2" asariga ehtiyoj sezaman. Ammo bu asarda biz tilimizni o'zimizning johilligimizdan qutqaramiz*
|