Пт, 2024.11.15, 04.34
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Февраль 2007  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

Sevib qolish uchun qayer qulay?

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 91
Главная » 2007 » Февраль » 7 » o'zbek filimlari
o'zbek filimlari
23.11
O’zbek kinoijodkorlari tinimsiz izlanishda. Bugungi kunni o’zbek kinomatografiyasida “Izlanish davri” deb aytsak, hech ham mubolag’a bo’lmasa kerak. Har bir kinoasar kinotomoshabin qalbiga yo’l topish uchun, sarflangan harajatni qoplab foyda qilish uchun, qolaversa tarixda qolish uchun yaratiladi. Biz bugun so’z yuritmoqchi bo’lgan kinoasar ham aynan shu kabi maqsadlarni o’z oldiga qo’ygan deb bemalol ayta olishimiz mumkin.

“Vijdon” - yangi kinokartina mana shunday nomlanadi. Iste’dodli aktyor va rejissor Sohib Abbosxonning navbatdagi filmi bo’lmish “Vijdon” tragik-komediya janrida suratga olingan bo’lib, ijodkorning rejissorlik borasidagi ikkinchi filmi hisoblanadi. Sohib Abbosxonning ilk filmi ko’pchilik yaxshi biladigan “SMS” filmi edi. Film 4 oylik ijodiy izlanishlar natijasida dunyoga kelmoqda. Sentyabr oyida filmning yaralishiga ilk qadamlar qo’yilgan bo’lsa, oktyabr oyidan to dekabr oyiga qadar suratga olish ishlari bo’lib o’tdi. Rustam Jabborov hamda Sohib Abbosxon scenariysi asosida ishlanayotgan mazkur kinoasar “DAVR-SULTON” studiyasi mahsuloti hisoblanib, unda bugungi kun tomoshabinini qiziqtiradigan mavzu ko’tarilgan. Film qahramoni ammasidan to’yda taqish uchun zanjir olib turadi. Taqinchoqning narxi ham oz emas ko’p emas naqd 2000000 so’m. Biroq, buni qarangki, zanjir to’y bo’layotgan xonadonda 4 kishini orasida yoqoladi. Voqealar rivoji ana shundan boshlanadi. Filmda Jahongir Poziljonov, Oydin Yusupova, Dilshod Kattabekov, Rustam Karimov, Muyassar Berdiqulova, Ra’no Yarasheva, Shodiya To’xtaeva, Muqaddas Xoliqova va boshqalar ishtirok etishgan. Film prodyuseri Shukrullo Sobirjonov, kartina direktori Qudratilla Fayzullaev, operator Najmiddin G’ulomov (“Shaytanat” film orqali yaxshi tanish). Film prem’erasi 9 yoki 10 fevralga mo’ljallanmoqda. Albatta yurtimizning eng taniqli kinosaroyi Alisher Navoiy nomli kinoteatrda. Film juda ta’sirchan ishlangan. Buni faqatgina tomosha qilib his etishingiz mumkin. Shu o’rinda ijodkorlar filmni ommabop bo’lishiga umid qilishmoqda

Категория: Maktublar | Просмотров: 1633 | Добавил: Nodira | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]