Andijonda Karimov uyushtirgan o'zbek halqiga qarshi terrorchilik harakatlari vaqtida mamlakatni tark etgan 41 nafar bechora fuqaro AQShdan O'zbekistonga qaytib keldi , "O'zbekistonning AQShdagi Elchixonasi Vatanigi qaytishni xohlovchi fuqarolarga imkon qadar ko'maklashgan". Aslida elchixonadagilar bechora Andijonliklarning har biridan 700 dolardan pul undirishgan. O'likdan bir tog'ram go'sht olish deb shuni aytadilar. O'zbekiston aviokompaniyasining samalyoti o'tgan kuni Nyo-Yorkdan Toshkentga qo'ndi va 2005 yil may oyida bo'lib o'tgan Ajdijonning tinch aholisiga qarat prezident Karimov uyushtirgan terrorchilik harakatlari vaqtida mamlakatni tark etgan 41 nafar shaxsni mamlakatga keltirdi. Ulardan biri Toshkent viloyatida, ikki nafari Farg'ona viloyatining Qo'qon shahrida, qo'lganlari esa Andijon viloyatida istiqomat qiladi. Samalyot Toshkentga kelgan kuni ularning barchasi uylariga jo'nab ketdi. Sal avvalroq Andijon voqealaridan keyin BMT tomonidan qochoq maqomi berilgan hamda Qirg'izistondan dastlab Ruminiyaga, keyin esa AQShga olib ketilgan respublikaning 12 nafar fuqarosi ham O'zbekistonning AQShdagi diplomatik missiyasi moliyaviy ko'magida Vataniga qaytib kelgandi. Qirg'izistondan qochoq sifatida Ruminiyaga olib ketilgan 439 nafar respublika fuqarosidan 150 nafari AQShga joylashtirilgan. Ayni vaqtda SNB xodimlari Elchixona xodimlari bilan birgalikda qolgan Andijonliklarni aldashda davom etmoqda.
|