Пт, 2024.11.15, 04.22
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Август 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

"Bananas" nimasi bilan yaxshi?

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 30
Главная » 2006 » Август » 24 » Latifalar
Latifalar
14.23
- Allo, sizga televizor kerakmi?
- Yo'q.
- Unda xozir borib olib kelamiz.

- Ko'chani qizil chiroqda kesib o'tsa bo'ladimi?
- Albatta, faqat qo'llaringni yuqoriga ko'tarib ol.
- Nima uchun?
- Chunki o'likxonada kiyimlaringni yechib olish oson bo'ladi.

Bir kishi nihoyatda shitob bilan uyini bo'yayotgan ekan qo'shnisi buni ko'rib:
- Muncha shoshmasang, - debdi.
- Bo'yog'im tugab qolmasidan hamma uyimni bo'yab olay deyapman-da, - deb javob beribdi o'y bo'yayotgan kishi.

O'quvchilar: Men chiqay, men chiqay.
- Qayerga chiqasanlar?
- Doskaga.
- Doskada nima bor, axir, doskaga chiqsang tushib ketadiku!

Bir odam skameykada o'tirib, o'zicha bir nimalarni gapirib turgan ekan. Shunda milisioner uning oldiga kelib.
- Ha oka, tinchlikmi? anchadan buyon kuzatib turibman, bir nimalar deb o'zizga o'ziz gapirasiz.
- Eh! so'ramang.
- Nima bo'ldi o'zi? Hech bo'lmasa menga ayting, balki yordamim tegar.
- Mayli, yonimga o'tiring, sizga aytmasam kimga aytaman?
- Mana o'tirdim. Endi ayting-chi.
- Skameyka kraska qilingan ekan.

Bir kuni Afandi ketayotib katta ariq bo'yida yiqilib tushibdi.
Uni ko'rgan yo'lovchi uni qutqaribdi-da uyiga olib borib ustini quritib, dazmollab choy berib chiqarib qo'yar ekan. Afandi ham shuncha yaxshilik uchun men ham bir duo qilay debdi.
- Siz menga choy va joy berdingiz, ustimni quritdingiz, endi Olloh sizni quritsin deb omin qilgan ekan.

Xonanda sahnadan deyarli qarsaklarsiz chiqib ketdi.
- Yana aytaymi?-so'radi u parda ortida.
- Aytaqol,-dedi boshlovchi. - Faqat sekinroq... zaldagilar uyg'onib ketishmasin.

Ayollar fevral oyida eng kam gapirishadi. Chunki fevral eng qisqa oy. Shuning uchun ham erkaklar martning boshida ayollarga sovg'a berishadi - fevral uchun minnatdorchilik sifatida.

- Men yuradigan qiz xuddi uyali telefonga o'xshaydi.
- Nima, kichkinagina, zamonaviy va doimo keraklimi?
- Topolmading!
- Pulim tugaganida men bilan gaplashmaydi!

- Sochlarimni kalta qilib kestirganimdan so'ng kampirga o'xshamay qolganimni rad qilmassan, hoynahoy...
- Aslo, sen kampirga umuman o'xshamaysan, aksincha cholga o'xshab qolibsan.

Chol dengizga birinchi gal to'r tashlaganda suv o'tlari chiqdi. Ikkinchi gal tashlaganda baqa ilindi. Uchinchi safar tilla baliqcha chiqdi va choldan so'radi:
- Kampiring tirikmi?
- Ha.
- Unda meni qovurib qo'ya qol.
* * *
- Ada, samolyot qayerga uchib ketayapti?
- Pivo olib kelgani bo'lsa kerak...
- Mashina-chi, mashina nima tashiyapti?
- Pivo bo'lsa kerak...
- Ada, nimaga hadeb pivo-pivo deyaverasiz, undan boshqa narsa yo'qmi?
- Qizim, meni tinch qo'y, o'zi boshim tars yorilay deyapti...
* * *
Tilla buyumlar do'koniga kirgan bosqinchi to'pponchasini sotuvchiga o'qtaldi-da, dedi:
- Menga bitta uzuk olib ber! Tezroq!
Qo'rqib ketgan sotuvchi unga bir uzukni uzatdi.
Bosqinchi uzukka razm solgancha xitob qildi:
- Axir, bu olmos ko'zli tilla uzuk-ku! Menga arzonrog'idan topib ber, qallig'im sotib olganimga ishonadigan bo'lsin!

Категория: Latifalar | Просмотров: 1485 | Добавил: Nodira | Рейтинг: 3.0/2 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]