Пт, 2024.11.15, 04.51
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Август 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

Saytimizni baholang

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 247
Главная » 2006 » Август » 22 » Javobsiz sevgi!!!
Javobsiz sevgi!!!
10.58
Javobsiz sevgi!!!

Yurak yig'laydi. Ko'zlar yo'lingizga har dam intizor. Nega siz kelmaysiz? Nechun beparvosiz? Naxot mening azob chekayotganimdan roxatlanayotgan bo'lsangiz? Azizim axir siz emasmidingiz, meni sevgi bo'g'iga yetaklab kirgan? Nega endi meni xijron atalmish tikonli gullar aro yolg'iz tashlab ketdingiz? Ketay desam yo'llarim to'siq, go'yo sevgi bog'ining asirasidek. Mening nazdimda sevgi bilan gul bir biriga nixoyatda monand. Axir gul sevgi ramziku. Gulning xushboy ifori-visol, tikonlari esa - xijron, sog'inch onlarining ramzi bo'lsa kerak. Mana, mening intizorlik bilan kutganim-kuz fasli kirib keldi. Lekin xanuz sizdan darak yo'q. Kuzning salqin oqshomlarida oyga boqib xayol surishni yoqtiraman. Siz ham buni bilasiz-ku axir. Lekin, nimagadir biz xar safar uchrashsak yomg'ir yog'adi. O'sha kunlarni sog'indim. O'sha kunlarni biror marta qaytib kelishi uchun butun umrimni ham berishga tayyorman. Biroq buning imkoni yo'q. Ammo bu kunlar xayolimda qayta-qayta jonlanaveradi. Axir siz xaqingizdagi xayollarim bilan yashab yuribman. Siz xaqingizda o'ylashning o'zi menga quvonch bag'ishlaydi. Sevimli shoirimiz G'ofur G'ulom aytganidek: Xaqiqiy sevguvchi uchun visol shart emas: Sizsiz qalbim bilan yashay veraman. Nafisa

Xikoyat!

Bir kishi uz uglini xayot uchun zarur bulgan ba‘zi narsalarni fanlarni urganish uchun bir muallimga topshirdi.Bayt:

Dunyoning qarori ilm bilandir,

Ilmsiz kishiga yuqir e‘tibor.

Bir kuni muallim onasiga shikoyat qilib: «Ugling ilm urganishni istamayapdi, vaqtini uyin-kulgu bilan zoya utkazmoqda»-dedi. Bayt:

Xar inson ilmdan topolsa baxra,

Ishi uqish ila savolu javob!

Onasi muallimdan: « Bilolmadingmi, uning tabiati qaysi kasbga moyil, xarakati qaysi ishga qobil?»- deb suradi. Muallim: « U kasb urganishdan utib, qobiliyatdan maxrum bulgan. Bilishimcha, uning xotiri maxbub uchun nogiron, dili esa ma‘shuq yuziga xayronga uxshaydi:

Uzi mehnatga ojizu boshi savodga liq tula.

Buguni ertani fikri xaqda uylamas aslo!

« Agar men ilmu iymondan savol qilsam, u vasli xijrondan gapiradi, Agar men xalolu- xaromdan xikoya qilsam, u zulf ila xoldan ogiz ochadi». Onasi dedi: «Ishq kuchasidan yurishning oqibati salomatlik bulmasa xam, ammo bu yuldan yurish malomat xam emas! Ishq iztirobli bulsa xam ammo oshiq bulish ixtiyoriy emasdir!». Bayt:

Domga tushgan nochor kushning xolini,

Ozod yurgan burgut bilmas xech qachon.

Qafasdagi bulbul nolishin esa,

Yor-la brga kaptar sezmas begumon.

«Uni ozod qil! Ishqda shunday xosiyat borki, u kishini

lotofatli, nazokatli va xushyor qiladi!».

Bayt:

Xar kimsaning bog ila bustonlari bulsa xam,

Xushnud emas gar xargiz unda yori bulmasa.

Ko’ngil bermoq birovga, Xayotning uzi shuldir, Jonsiz suvratlar kimning gul‘uzori bulmas!

Категория: Hikoyalar | Просмотров: 1189 | Добавил: Nodira | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 2
2 Nargiza  
0
cry

1 SHum bola  
0
o'ylamagandim bananasda sevgi haqida ham maqolalar qo'yiladi deb

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]