Hamyon puch, talabasiz, buning ustiga ko’ngilda bir huliqo siymosi. Ostonada esa bayram eshik qoqib turibdi. Savol ham abadiy: “Nima qilmoq kerak?..” Qarz ol, deysizmi? Kimdan? Talaba zoti borki, bir-biridan qarzdr. Ayniqsa, bayram oldidan qaysi ahmoq sizga qarz beraman deb pulini tayorlab turibdi?! Shunday paytlari “yangi o’zbek”larga juda havasim keladi. To’g’ri-da, yonida ketvorgan qiz bilan restoranning “dodo”sida, sigaretning eng qimmatini labiga qistirib, men mazasini umrimda tatib ko’rmagan spirtli yoki spirtsiz suyuqliklarni yaraqlagan qadahlarni hoplab o’tirishning o’zi bir jannat emasmi! Hulas, oshiqman, sevgan qizimga hech bo’lmaganda, bir dona gul sovg’a qilishim kerak. Yotoqda shiftga qarab hayol surib yotaverish jonimga tegdi. Izlaganimni ko’chadan topib oladigandek, kiyindimu tashqariga chiqdim. Xayolimga “hali bir haftabor-ku, hudo bir joydan berib qolar”, degan fakir yarq etib keldiyu, sal yengil tortganday bo’ldim. Lekin aminmanku, bu turmushga pul biron joydan o’z oyog’i bilan kelib qolmaydi. Tlabalar shaharchsida o’zi zig’irdek, lekin narx-navosi so’lokmonday bozorcha bor. Boshim shu tarafga og’ib ketdi. Bozorga yetmasdan yo’lakchaning yonginasida gul bozori bor. Sotuvchi ayollar yonida do’mboqqina, lekin chiroyli gullar yonida beo’xshovgina bo’lib turgan sotuvchi bola oldiga borib, ahvolimni tushuntirsammikin deb o’yladim. Lekin unga qarab turib, meni anglashini hudo biladi, degan fikrga keldim. Nogoh ayollardan orqada iymanibgina turgan qizga ko’zim tushdi-yu, tavakkal deya shu tomomga yurdim. - Yaxshimiz, - dedim qizning yoniga kelib huddi eski tanishlarday gapirishga urinib. - Assalomu alaykum, - javob qaytardi qiz. - Nahotki tanimagan bo’lsangiz? Qiz yelka qisib qo’ydi. - Men sizdan o’tgan hafta gul olgandim, eslolmaysizmi? – deb yolg’on gapirdim unga. – O’sha gullar huddi manavi yoningizdagiday hali ham ochilib turibdi. - So’lib qolmadimi? - havotirlanib so’radi u. - Birdan jon ham ato etgan ekansiz… - Unad yoniga yana qo’shing. Jon ato etaman. - So’zingizdan qaytmaysizmi? Gulag jon qo’shib berasizmi? Qiz kipriklarini pirpiratib, bir zum o’ylanib qoldi. So’ng: - Jon qimmat turadi, _ dedi hazil aralash. - Bitta umr yetadimi? - Agar nasiya bo’lmasa… - Unda, berdim. - Bo’ldimi? - Yana qoshayinmi? - Katta narsa guvohlar shohidligida beriladiku. - Unada hamkasblaringizni guvohlikka chaqiramiz. - Ularning guvohligi o’tmaydi. - Nega? - Guvohlar mahsus siz tomondan, keyin men tomomndan bo’lishi kerak. - Unda odamlaringizni tayorlang, biznikilar bir necha “nortuya”da yo’lga chiqadi. - Shoshilmang, avval ularni elchilikka ko’ndirmaysizmi? - Ko’ndirishdan osoni yoq. Ularning o’zi tezroq elchilkka boraylik, deb meni holi jonimga qoyishmayabti. - Unda, o’zimiznikilarni ko’dirishga menga fursat kerak. - Qancha? - Bor-yo’g’i bir yil. - Ni-ma?! Qiz tabassumiga shiringina kulgi qo’shib: - Kammi? – deya so’radi. - Unda, men cho’lu biyobonga ketdim! - U yoqda nima qilasiz? - Majnunsifat yurishim kerakmi, axir?! - Unda, manavi gullardan olib keting. - Nega? - Eslab yurasiz. - Kuygan jonimni battar kuydiribmi? - Unda, o’zingiz bilasiz. - Olib ketaman, faqat joningizni qo’shib bersangiz. - Unda, kutasiz. - Bir hafta yetadimi? - Ko’ramiz. - Bo’lmasa, sizga bir hafta muddat. Xo’pmi? Qiz indamadi. Demak, rizolik belgisi. Men xayrlashib, uning yonidan uzoqlashdi. Qiziq Gulnozani ko’ndirib olishga bir yildan ko’proq vaqt ketgandi. Bu qiz darrov rozi bo’lib qo’yaqoldimi? Yo’q, bo’lishi mumkinmas. Biz hazillashdik, xolos. Ertasiga darsdan qaytayotganimda yana o’sha qizning yoniga bordim. Yana shunday hazil-huzil. Keyin, yana bordim. Oradan uch-to’rt kun o’tib esa o’zimning u qizga o’rganib qolayotganimi seza boshladim. Aksiga olib, cho’ntakka hech qayerdan pul kelib tushmayapti. Agar pulim bo’lganida balki bormasidim?.. Yanayam kim biladi deysiz. Bayram kuni tongdanoq qizning yoniga bordimda: - Vaqt tugadi, - dedim. - Yana biroz qo’shmaysizmi? – deb soradi u. - Shunchasiga bazo’r chidadim. - Ochigini aytsam sizga. Agar gaplaringiz chin bo’lsa, men bilmayman. Uydagilarda ihtiyorim. Menga qolsa…. - Unda gullarga jon ato etib bering! U chiroyli guldastalardan birini yuzlari qizrib, hayojonlanib uzatdi. - Qancha turadi? – dedim, ishqilib, pulini aytmasin-da, degan xavotirda. - Jon ato etilgan tekin, - dedi u ko’zlarini bir menga, bir menga tikib. Nazarimda, u menga ishonganday edi. Men esa undirish maqsadida har hil chuchmal gaplarni gapiryotganimga bir achinsam, bu yolg’onlarga qizning chippa-chin ishonib qolayotganiga ikki achinib ketdim. Lekin sir boy bermaslikka harakat qilib, yonidagi gullardan bir dastasini oldim-da: - Bayram bilan tabriklayman, - deya qizga tutdim. U qo’limdagi gulni olarkan, mayin jilmaydi va ipakdek ovozda: - Rahmat, - dedi. Biz bir necha fursat jim qoldik. Keyin men ketish taraddudida hayr-ma’zurni quyuq qila boshladim. Qiz bo’lsa xavotirlanib: - Ketasizmi? – deb soradi. - Hozircha. Lekin tez qaytib kelaman. Avval manavi gullarni avvalgilarining yoniga qo’shaman, keyin ozgina ishim bor, o’shani bitirib kelaman. Xo’pmi? Qiz nigohlarini yerga qaratdi. Lekin hech bir so’z aytmadi. Men u bergan gullarni bag’rimga bosgancha boshqa GUL yoniga qanot qoqdim. Biroz yurgach, ortimga qaradim. Taxmin qilganimday, hamrohlari qatoridan oldinroqqa chiqqan gulchi qiz ortimdan termulib turardi. Shoshib ko’zlarimni olib qochdim... Muallif: Nuriddin Ismoilov “Odomlar orasidagi odamlar” kitobidan Maryamjon Bobojonova tomonidan lotin alifbosiga o’griib ko’chirib bosildi.