Пт, 2024.11.15, 07.02
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Август 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

"Bananas" nimasi bilan yaxshi?

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 30
Главная » 2006 » Август » 17 » ZOMBI: Afsonami yoxud haqiqat
ZOMBI: Afsonami yoxud haqiqat
00.22
Maqolani inson aqli bovar qilmaydigan voqeadan boshlaymiz. AQShda nashr etiladigan "Deyli Uorld Nyus" jurnalining muxbiri Avstriyadan kishi aqlini lol qoldiruvchi xabar yuborgan. Unda yozilishicha, ushbu mamlakatning Bruk shaharchasidagi qabristondan ikki yuz nafar o'liklar (!) o'z qabrlaridan chiqib shaharchaga yaqin joylashgan qishloq ko'chalaridan saf tortib o'tishgan. Ushbu holatni ko'zlari bilan ko'rgan qishloqning oltmish nafar fuqarolari keyinchalik bu haqda mahalliy polisiya xizmatiga guvohlik berishgan.
"Men nima va qachon yuz berganligini hamon to'la tushuna olganimcha yo'q", deydi ushbu holatni tekshiruvchi guruh boshlig'i, polisiya kapitani. Ammo barcha guvohlar bir xil mazmunda gapirishmoqda. Fuqarolarning aytishicha, qishloqning shar-qiy qismida joylashgan ko'lga kattakon porloq meteroit tushganini aytishdi. Oradan o'n besh daqiqa o'tar-o'tmas, qishloqning g'arbiy chekkasida joylashgan qabristondagi qabrlar ichidan ko'plab o'liklar - erkaklar, ayollar va bolalar chiqib qishloqqa kirib kelishgan. Bu haqiqatga to'g'ri kelmaydi, biroq aynan ana shunday hodisa yuz bergan", degan mahalliy matbuot vakillariga polisiya zobiti.
Guvohlardan biri Georg Graber voqeani shunday izohlagan: "Men dastlab murdalarni qishloqqa kirib kelishayotganliklarini ko'rib aqldan ozib qoldim. O'liklar ichida turli buzilishlardagi (o'zgarishdan) jasadlar bor edi. Ularning badanidagi kiyimlari burdalab tashlanganday ko'rinishga ega edi. Ular ongsiz maxluqlar (zombilar) singari bazo'r qadam tashlab borishardi. O'liklar ichida bundan ikki yil oldin o'lgan xotinimni ko'rib, dodlab yubordim. U mo'miyolangan jasadga o'xshab qolgandi. Biroq xotinim mening borligimni hatto sezmadi ham. Ular atroflaridagi hech nimaga e'tibor bermasdan, meteorit tushgan ko'l tomon yurib borishardi. Keyin ular ko'lga tushib, to'lqinlar ichida g'oyib bo'lishdi".
Polisiya xizmatchilari va sud tibbiyot ekpertlaridan iborat komissiya a'zolari esa sinchkovlik bilan o'tkazgan tekshiruvlardan hech qanday natija chiqmagan. O'liklar na qabristondan, na ko'l ichidan topilmagan...
Xuddi shunga o'xshash hodisa Hin-distonda - bir qishloqqa ikki meteorit tushgandan keyin sodir bo'lgan. Bu yerda ham meteorit tushgan joyga oz emas, ko'p emas, naqd besh yuzta o'lik qabrdan chiqib borishgan. Ular juda uzoq - bir necha mil bosib qishloqdan, ekinzorlardan o'tib nihoyat meteorit tushgan o'rmon ichiga kirib ko'zdan g'oyib bo'lishgan. Bu yerda ham xuddi Avstriyadagi kabi o'rmonda ham, qabristonda ham birorta o'lik qoldiqlarini uchratishmagan...

Zombi fanga qarshi
Zombi tushunchasiga oqilona izoh, sharh berish mumkinmi? Ushbu savolga Garvard universitetining etnobotanika mutaxassisi Uayd Devis javob berishga urinib ko'rgandi. U gaitilik afsungarlar tomonidan o'tkaziladigan vudu (o'likni tiriltirish) ritualida (marosimida) ishlatiladigan zaharning asosiy tarkibiy qismini dengiz itidan olinadigan metrodotoksin moddasi ekan. Keyin bu moddaga qurbaqadan olinadigan maxsus modda qo'shiladi. Tayyor bo'lgan zahar asab impulslariga ta'sir etadi. Natijada u inson ruhini tizginlab zudlik bilan uni axmoqqa aylantirib qo'yadi.
Tibbiyot fanlari doktori, ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan anesteziolog-vrach Boris Rachkinni ta'kidlashicha, barcha uchun mumkin bo'lgan kataleptik effektni keltirib chiqaradigan o'nlab preparatlar borki, ularni xohlagan dorixonadan bemalol sotib olish mumkin. Ya'ni, ular yordamida insonni zombiga aylantirish mumkin.
Ehtimol, zombi holati hali-hamon tibbiyot davosini topa olmagan letargik uyqu kasalligidir. Og'ir hollarda, letargik uyqu holatini bir-biridan farqlash amalda juda qiyindir. Letargik uyqu kasalligida "o'lgan" kishining terisi sovuq va rangi oqimtir bo'ladi. Ko'z gavhari yorug'likka hech qanday aks ta'sir ko'rsatmaydi. Nafas olish va chiqarish esa juda sustlashadi va bir daqiqada atigi bir necha marta nafas olib, chiqaradi. Tomir urishi ham xuddi shu kabi bo'ladi (odatdagi bir daqiqada 60-90 marotaba o'rniga). O'sha holatda bemor, hatto qattiq og'riqni ham sezmaydi. Biroq bemor letargik uyqu holatida nimani eshitsa, o'shani mukammal esida saqlay qoladi. Ammo eshitgan so'zlariga javob qaytara olmaydi. Letargik uyquda uyg'onganda bemor ko'pincha, oldingi holatiga qaytmaydi. Zero, bunday holatda uning ruhiy holatida jiddiy o'zgarishlar yuz beradi...
O'tgan davrlardan qolgan rivoyatlar, xotiralar, romanlar va dahshatli filmlardan ma'lumotlarni bir chekkaga yig'ib, tartib bilan joylashtirsak, zombining qiyofasi quyidagicha tus oladi. Zombi - bu kimningdir, nimaningdir ta'sirida tirilgan o'likdir. U barcha oddiy harakatlar-harakatlanish, ko'rish-eshitish, ba'zida gapirish qobiliyatiga ega bo'ladi. Ammo u atrofida yuz berayotgan holatlarni tahlil eta olmaydi. Tirik kishi qiyofasidagi zombini tanib olish mumkin. Ular qadam tashlab yurganlarida, lapanglab yurishadi. Ba'zi bir maqsadsiz, ongsiz harakatlarni sodir etadi. Qarashlari ham maqsadsiz bo'lib, ovozi g'ayritabiiy holda chiqadi.

Oxirat kunining xabarchilari
Qabridan chiqib keladigan o'liklar, necha o'nlab yillardan buyon yozuvchilar uchun ilhom manbai bo'lib kelayotgan mavzu bugungi kunda kinosan'atkorlar uchun ham bosh mavzuga aylanib bormoqda.
1932 yilda ekranlarga Gaitida yashovchi va o'liklarni qulga aylantirib olgan yovuz qora afsungar haqidagi "Oq zombi" kartinasi ekranlarga chiqariladi. Oradan ko'p o'tmay, (1936 yil) "Zombilar qo'zg'oloni" nomli film ekranlarda namoyish etiladi. Biroq 1968 yilgacha zombi mavzusi dahshatli filmlarning bosh mavzusiga aylangan-vampirlar, arvohlar, ajinalar panasida qolib ketadi.
Rejissyor Jorj A.Romeroning "Tirik murdalar bazmi" kartinasi vaziyatni butunlay o'zgartirib yuboradi. Aslini olganda ushbu film J.Romeroning kinodagi debyut ishi bo'lib, u kartinani do'stlari yordamida shaxsiy mablag'i hisobidan havaskorlik kinokamerasida suratga oladi. Filmda bir necha kishilar qabristonda tungi paytda qabrdan chiqib kelayotgan o'liklarni ko'rishlari epizodi namoyish etish bilan boshlanadi.
Oradan o'n yil o'tgach, (sobiq sovet qo'shinlari Afg'onistonga bostirib kirgan yil) Jorj Romero yana shu mavzuga qaytadi. Uning yangi filmi "O'liklar tongi" deb atalib, oldingi filmidagi syujet qayta gavdalanadi. To'rt kishi yetti qavatli supermarket binosida qamalda qolib, zombilar hujumini qaytarishardi. Film real holatga yaqinlashtirib suratga olingani bois, jahon bo'ylab shuhrat qozonadi. Ayni kunga kelib zombi mavzusida yuzdan ortiq film suratga olingan bo'lsa-da, hali-hanuz ushbu holat to'la sirligicha qolmoqda. Zero, Nyu-York portiga dengizdan kelgan ichi bo'm-bo'sh dengiz yaxtasi yoxud Buyuk Britaniyadagi AQSH harbiy havo bazasiga eson-omon qo'ngan, biroq ichida biror bir tirik mavjudot bo'lmagan samolyot hamon sirligicha qolmoqda. Demak, mavzu atrofida izlanishlar hali davom etadi.

Прикрепления: rasm 1 · rasm 2 · rasm 3
Категория: Hikoyalar | Просмотров: 2026 | Добавил: Nodira | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 1
1 shuxrat  
0
salom!
manga saytila yoqdi.
ayniqsa zombila xaqidagi hikoya.
kelgusi ishlarilada omad

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]