Пт, 2024.11.15, 08.54
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Август 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

Bananas zo'r bo'lishi uchun nima qilish kerak?

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 62
Главная » 2006 » Август » 16 » 18 yoshli yigit zinokorlikda qotil deb topildi
18 yoshli yigit zinokorlikda qotil deb topildi
23.44
Demak marhumaning nomusi poymol qilingan. O’limi oldidan anxorga tashlangan. Suvga tashlangan paytda xarakat qilish imkoni bo’lmagani uchun cho’kib o’lgan. Tinimsiz izlanishlar natijasida marhumning shaxsi aniqlandi. U endigina 15 yoshga to’lgan Anna Konovalova. Annaning onasi S.Konovalova shunday deydi:

- Qizim kechki soat beshda dugonasi Daryaning uyida yotib qolishini aytib, uydan
chiqib ketdi. Biroq ertasiga tush paytida Daryadan Annani so’raganimda, qizim uning
uyida yotmaganini aytdi. O’sha kuni ular Chilnzor "E" daxasidagi pivobarda Zarina tanishlari Jamol, Temur va boshqa bolalar bilan pivo ichib o’tirishgan ekan. Kechqurun Annani Temur uyga kuzatib qo’yish uchun anxor bo’ylab olib ketgan.

Kalavaning uchi topildi. O’sha kuni Anna bilan pivo barida ichkilikbozlik qilganlarning barchasi
so’roq qilindi.

- Anna mening dugonam edi, dedi Darya Shiryaeva. - 6-uyda joylashgan kafeda pivo icha-
yotgan edik, yonimizdagi stolda o’tirgan uch notanish yigitlardan biri Annaga yoqib qoldi. Ularni biz bilan birga o’tirishga taklif qildik. Ular o’zlarini Rustam, Sasha deb tanishtirishdi. Oradan biroz muddat o’tgach, safimizga tanishim Jamol, Katya, Anya va Temur kelib qo’shildi. Ular ikki shisha aroq ichishdi. Annaning kayfi oshib qoldi. Taxminan soat 22-23 atrofida Temur
Ismoilov Annani uyi tomonga kuzatib, anxor buylab ketdi.

- Annani ortiqcha qiliqlarsiz uyiga kuzatib qo’y, - deb ogoxlantirdim men Temurga. U
esa gapimga javob bermay, Anna bilan birga ketdi. - Tungi soat 24 larda T. Ismoilov uyimizga kelib, meni chaqirdi, - deydi Jamol Kamolov. - Chiqsam, Annani uyiga kuzatish uchun anxor bo’ylab ketishayotganida Anna o’zi ketmoqchi bo’lganligini aytgan. Shu sababli qizni qodirib,
ortiga qaytganini bildirdi. Kafega qaytib, tijoratdo’konidan sigaret olib chekib tursa, Annani kuzatib kelgan tomondan baqkirik ovozi eshitilibdi. Yugurib borsa, anxordan tovush eshitilibdi. Qarasa, Anna suvda cho’kayotganmish. Darhol o’zini suvga tashlab, uni qirg’oqqa olib chiqibdi.
Qarasa, Annaning kiyimlari echilgan, yuzlari qontalash holatda. Uning yuzini yuvib, keyin ko’rqqanidan o’sha qirg’oqda qoldirib, to’g’ri mening oldimga kelibdi.

- Temurni uch yildan beri taniymiz, - deb ko’rsatma berishdi David Petrosyan bilan
Vladimir Yegay. – O’sha kuni uy oldidagi xovlida gaplashib o’tirgandik. Yarim tunda Temur
bilan Jamol keldi. Temurning egnidagi kiyimlari xo’l. O’zi xovliqqan. Yuzida qon dog’lari ko’zga tashlanib turardi. Temur, Anna hali tirik bo’lishi mumkin, deb uning yoniga borishimizni
iltimos qildi. Birozdan so’ng esa yana fikridan qaytib, yolg’iz o’zi Annaning oldiga ketdi. Birozdan so’ng Vladimirni chaqirdi. Vladimir borgach, Temur anxor qirg’og’iga tushib, u yerdan qo’lida krossovka bilan jinsi shim ko’tarib chiqdi va Annadan shu narsalar qolganini aytdi...

Ertasi kuni ko’chada Temurni uchratdik. Uning qo’llari timdalangan. Uyiga borishga qo’rqib yurganligini aytib, bizdan pul so’radi. Oradan ikki kun o’tgach, anxordan Annaning o’ligi topilibdi.

Qotillik ro’y bergan kuni kafeda birga ichkilikbozlik qilgan ulfatlarning aytganlari
yuqoridagilarning ko’rsatmalari bilan bir xil edi. Ma'lumot berish Temur Ismoilovga keldi. U
tergovga chaqirilganida qilmishlarini tan olishdan boshqa chorasi qolmadi:

- Men Annaning kayfi oshib qolganidan foydalanib, uning nomusiga tegishni rejalashtirdim, - dedi u afsuslanib. - Anxor bo’ylab ketayotib xilvat joyga borganda maqsadimni aytdim. U ko’nmay qarshilik ko’rsatdi. Mening xam kayfim bor edi. Urishib ketdik. Bir payt qarasam u xushidan ketib yotibdi. Darxol yechintirib, maqsadimga yetdim. Keyin uni xech kim ko’rmasligi uchun anxor qirg’og’iga olib tushdim. Kiyimlarimga tekkan qonlarni yuvdimda, Annani suvga botgan xolda qoldirib ketdim.

Sud majlisida esa T.Ismoilov tergovdagi bu ko’rsatmalaridan tonib, Annaning nomusiga tegmagani, urmaganligi va boshqa muloxazalarni bildirib, o’zini oqlashga urindi.

Sud to’plangan daliliy ashyolar, guvoxlarning ko’rsatmalarini chuqur o’rganib, Temur Ismoilovning dastlabki tergovda bergan ko’rsatmalarini to’g’ri deb topdi. Sud majlisida bergan ko’rsatmalarini esa jazodan qutulib qolish uchun o’ylab topilgan uydirma, deb baholadi. Pirovardida uni zinokor qotil deb topib, 20 yilga ozodlikdan maxrum etdi. 18 baxorni ko’rgan navqiron yigit bu jazo muddatini umumiy tartibdagi koloniyalarda o’tashga majbur.

Bu voqeani eshitib, umri xazon bo’lgan kiz va xatto, yigitga ham achinasan. Nima uchun tuppa-tuzuk oilaning farzandi bo’lmish bu yigit shunday mudxish jinoyatga qo’l urib, shunchalik og’ir jazoga mubtalo bo’ldi? Sababi nimada? O’sha kungi ichkilikbozlikda emasmi? Shunday ekan, uning bu xarakatini oq aroqning qora qilmishlari, deb baholashga xaqlimiz.

Abduraxmon KURBONOV,
jinoyat ishlari bo’yicha
Toshkent shaxar sudining sudyasi

Murod KALONXON, jurnalist

Категория: Habarlar | Просмотров: 1486 | Добавил: Nodira | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 1
1 dila  
0
ox yoman bupti

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]