Пт, 2024.11.15, 07.20
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Август 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

Bananas zo'r bo'lishi uchun nima qilish kerak?

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 62
Главная » 2006 » Август » 15 » Mustaqillik kuni oldidan Toshkent "begonalardan" tozalanmoqda
Mustaqillik kuni oldidan Toshkent "begonalardan" tozalanmoqda
12.58
O'zbekistonda mustaqillik bayramiga tayyorgarlik har safardagidek Toshkent shahrini viloyatdan kelgan fuqarolardan tozalash ishlari bilan boshlangan. Militsiyaga ko'ra bu borada hukumat qarori chiqqan. Huquq himoyachilariga ko'ra esa tozalash ishlari fuqarolar huquqi buzilishining qo'pol na'munasidir.

Tozalash ishlari poytaxtning har bir tumanida viloyatdan kelgan fuqarolarni ushlash, ularni jarimaga tortish, poytaxtadan qaytarib yuborish bilan amalga oshirilmoqda. Jarima eng kam ish haqi miqdorida - 10 ming so`m atrofida belgilangan.

Militsiya xodimlarining tekshiruvlari natijasida poytaxtning turli chekklarida qo`yilgan avtobuslarga ortilgan O`zbekiston fuqarolari ichki ishlar boshqarmalariga olib boriladi, jarima to`lashga puli bo`lmagan fuqarolar esa Qo'yliq dahasidagi ixtisoslashgan hibsxonaga yetkaziladi.

Bunday fuqarolar jarima to`lash uchun qarindoshlari etib kelguncha hibsxonada saqlanadi hamda bu muddatda shaharni obodonlashtirish yoki boshqa qurilishlar bilan bo`gliq ishlarga jalb qilinadi.

Poytaxtga viloyatdan keluvchilarning asosiy qismini ish izlab kelgan odamlar tashkil etadi. Asosan mardikor bozorlarida ish topayotgan bu fuqarolar deyarli har kuni militsiya tomonidan reyd uyushtirilayotganligini ta`kidlashadi.

Ovozi yozilishini istmagan bir mardikorga ko`ra militsiya xodimlari mardikor bozoridagi ishchilardan deyarli doimiy ravishda pul olib turadi, biroq ayni kunlarda bu pul miqdori yanada ko`tarilgan. Asosan bozorga yaqinda chiqqan yigitlar olib ketilmoqda.

Mardikorning aytishicha, Rossiya va Qozog`istonda ham o'zbekistonlik ishchilarga bosim oshgan.

“Faqat pora talab qilinadi, tirikchilik uchun zo`rg'a topilayotgan mehnat haqidan berish hamisha o`g'ir, biroq aynan tirikchilik uchun murosa qilish lozim”,- deydi u.

Unga ko`ra qorni och odam uchun hech qanaqa bayramning ahamiyati yo`q. Mardikor bozoridan olib ketilayotgan yigitlar esa mustaqillik arafasida topshirilishi ko`zda tutilgan bir qator inshootlardagi tozalash ishlariga jalb qilinadi. Albatta bu majburiy ish uchun hech qanday haq to`lanmaydi.

Poyataxt ko`chasida fuqarolarni tekshiruvdan o`tkazayotgan militsiya noziriga ko`ra mustaqillik bayrami munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori chiqarilgan. Tekshiruvlar aynan shu qarorga muvofiq o`tkazilmoqda. Qaror bayram paytida xavfsizlikni ta`minlashni nazarda tutadi.

Huquq himoyachilariga ko`ra esa hukumat tomonidan chiqarilgan qaror Konstitutsiyaga mutlaqo xilof, chunki u fuqarolarning o`z vatanlaridagi oddiy huquqlarini cheklaydi.

O`zbekiston Demokratlari tashkilotining vakili Shuhrat Ahmedovga ko`ra posport tizimi politsiya davlatiga xos ko`rinish.

“Ta`qiqlovchi modda kiritilishi [hukumat] uchun boyish mexanizmi. Qanaqadir ma`lumotnoma olib keling deyishadi, bunday ma`lumotni olgancha “ona sutinggiz og`zingizdan keladi. Terrorchi ermasligingizni ularga isbotlashingiz kerak. O`zbekistonda o`zi terrorchiman deganlari deyarli yoq, lekin ana shunaqa quv-quvlardan norozi bo`lgan odamlar million. Ana shu norozi bo`lgan odamlarga kuch ishlatib, vahimaga solib, pul ishlashadi, ataylab shunday narsalarni o`ylab topishadi",- deydi Shuhrat Ahmedov.

"Shu orqali terrorizm bo`limidagilarning soni ko`payadi, ularning soni ko`payib xalqni talashning imkoniyatlari paydo bo`ladi. Avtoritar politsiya tizimi ana shunga asoslanadi; tayziqlar ko`rsatadi. Propiska sistemasi politsiya tuzimining asosiy ildizlaridan biri”, - dey qo'shadi u.

Jurnalist Dilmurod Sayyidning aytishicha, uning uyiga Surxondaryodan tashrif buyurgan ikki do`sti hukumat qaroriga ko`ra 10 ming so`mdan jarima to`lashga majbur bo`lgan. Jurnalist O`zbekiston konstitutsiyasida fuqarolar huquqi kafolatlanganligini ta'kidlab o`tadi:

“Men o`zim Uchtepa trumanida ko`zim bilan ko`rganim, odamlarninmg hammasi ish bilan kelgan, bu inobatga olinmaydi. Aslida bunday qarorlar ommaviy axborot vositalari orqali e`lon qilinishi kerak. Biroq e`lon qilingani yo`q, maqsad faqat pul to`plash. Konstitutsiya nuqtai nazaridan ularda asossiz ravishda biron fuqaroni to`xtatib, sumkalarini tekshirishga haqqi yo`q”.

Advokat Rustam To`lganov deydiki, “Fuqarolar o`z huquqlarini himoya qilishlari kerak. Shu bilan bir qatorda davlat idoralari ham mavjud qonunlarga hurmat ko`rsatishlari lozim. Lekin militsiya xodimlari qaysi qonunga asoslanib bunday qilishayapti, men bilmayman. Bu inson huquqlarining buzulishi. Yurist sifatidagi fikrim, bu tadbirlar noqonuniydir. Bunga prokuratura o`z munosabatini bildirishi lozim edi. Nega viloyatdan kelayotgan fuqarolarning huquqi buzilmoqda? Lekin prokuratura militsiyaga bu narsa mumkin emas, deyish o`rniga 10-15 kunga ushlash uchun sanksiya yozib bermoqda”.

Ma'lumotlarga ko`ra, mustaqillik bayramini nishonlash arafasida poytaxt Toshkent va viloyatlarni bo`glovchi qatnovlar mutlaq to`xtaydi va poytaxtdagi yirik bozorlarda ham faoliyat to`xtashi mumkin.

Malik Mansur
Toshkent

Категория: Maqolalar | Просмотров: 1272 | Добавил: Nodira | Рейтинг: 3.0/1 |
Всего комментариев: 2
2 O'zbek  
0
Assolumu alekum Malik Mansur,
Avvalom bor sizga shunday muhim masala yuzasidan yozgan ma'qolangiz uchun katta raxmat. Men o'zim talabaman, va ilmiy ishmni O'zbekistondagi mardikor bozorlari xaqida yozayapman. Agar vaqtingiz bo'lib email orqali siz bilan bir ikkita savollar bo'yicha suxbatlasishga rozilik bersangiz, men sizdan mamnun bo'lgan bo'lar edim. Samimiyat ila.
Olisdagi O'zbek.
adresse mirzob@yahoo.fr

1 Салом  
0
Режимимизнинг ифлос ишлари, унинг шундоккина тоталитар эканлиги хакиди ёзадиганлар хам бор экан-ку

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]