Пт, 2024.11.15, 07.44
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Август 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

Sevib qolish uchun qayer qulay?

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 91
Главная » 2006 » Август » 10 » Men sizni olislarga olib ketaman!
Men sizni olislarga olib ketaman!
00.03
Men sizni olislarga olib ketaman!

So’lim bog’ ichida Yigit va Qiz bir-birlariga termulgancha, shirin suhbat qilishardi. Atrof go’yo muhabbatdan entikib nafas olayotgandek sokin edi, faqatgina gullarga mahliyo bo’qib sayrayotgan bulbulning sho’x ovozi eshitilardi… Yigit qizning ko’zlariga boqib dedi:
- Jonim, Men sizni olislarga olib ketaman!

Qiz shiringina bir jilmayish qilib so’radi:
- Olislarda nima bor, Begim?

Yigit ham yuziga yarashgan bir jilva ila javob berdi:

Olisda oy botmaydi aslo,
Quyosh doim nurin sochadi.
Unda hukm surar oliy Baxt,
Yomon doim yo'ldan qochadi.

Olisda suv oqadi tiniq,
Yer yuzida ko'rinmaydi gard.
Har insonning yuzida kulgu,
Ular uchun bilinmaydi dard.

Olisda yosh to’kmaydi ko’zlar,
Mehr bilan boqar tabiat.
Sevishganlar ulug’lanarlar,
Inoqlikda yashar jamiyat.

Olisda kun bo’yi bulbullar,
Parvarishlab o’tar gullarni.
Muhabbatga oshno qalblar,
Sehrlaydi mudom dillarni.

Olisda men kabi Majnunlar,
Gullar tutar Laylilariga.
Jonlarini to’kib berarlar,
Suyuklisin mayillariga.

Olisda gul ulashar bahor,
Gul ufori olamni tutar.
Umr to’lib borar mazmunga,
Qalblar abad yasharib ketar.

Olisda yoz qaynoq taftini,
Bizlar bilan baham ko’radi.
Mo’jaz rangga bo’yab olamni,
Go’zallikdan tortiq qiladi.

Olisda kuz xazonrezgida,
Muhabbatga bo’yaydi bag’rin.
Mayin shamol entikib unda,
She’rlar aytib erkalar bargin.

Olisda qish oppoq qorlarin,
Muhabbatga o’rab to’kadi.
Sevishganlar baxtli boshiga,
Oq niyatli qordan tegadi.

Olisda ishq atalgan tuyg’u,
Quyosh kabi nurlarin sochar.
Ikkimizdek sevishganlarga,
Baxtli hayot quchog’in ochar.

Qiz Yigitning bu javobiga mamnuniyat ila jilmayib, Yigitning yelkasiga bosh qo'ydi. Bir-birining qo'llaridan ushlagan holda ikki Yosh bog'dan sokin qadamlaru baxtiyor nigohlar ila chiqib ketishdi...

Germany, kuz oylari 2004

Категория: She'rlar | Просмотров: 775 | Добавил: Shohruh | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]