Пт, 2024.11.15, 08.43
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Август 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

Saytimizni baholang

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 247
Главная » 2006 » Август » 8 » Mahalla faoli pora oldi
Mahalla faoli pora oldi
16.42
gullagan yashagan bog'u-bo'stonimiz - O'zbekistonimiz bu

Mahalla mutasaddisi kim, u qanday odam bo’lishi haqida gap ketganda, eng avvalo uning haqiqatgo’y, pok vijdonli, o’z fuqarolari manfaati yo’lida fidoyi bo’lish kabi xislatlari dastlabki shart sifatida sanaladi. Bizningcha, bu faoliyatga nomzodi ishonib ko’rsatilgan har bir yurtdoshimizning o’zi ham bu xislatlarga ega bo’lishi lozimligini yaxshi biladi.

Ha, yaxshi biladi. Bizningcha, Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Kaptarli mahallasi fuqarolar yig’ini kotibi Allanazarov ham buni aksini qilish, jumladan, pora olish jinoyat ekanligini bilmagan bo’lishiga hech kim ishonmaydi. Shuning uchun bugun uning ustidan jinoyat ishi qo’zg’atildi. U o’z mahallasidagi kam ta’minlangan oilalardan ularni moddiy yordam oluvchilar ro’yxatiga qo’shish bahonasida ta’magirlik qilib, 64 ming so’mni pora sifatida olayotganda prokuratura xodimlari tomonidan ushlandi.
Yurtimizda fuqarolar yig’ini, xususan, mahalla yig’inlari jamiyatimiz, xalqimiz manfaati yo’lida faol, ayni paytda eng odil tashkilotlardan deb tan olingan. Ammo Kaptarlining mas’ul kotibi Allanazarov kabilarning qilmishi bu ishonchga tushgan dog’dir.

Категория: Habarlar | Просмотров: 1161 | Добавил: Nodira | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]