Andijonda raqamlangan qabrlar topilgan. Yangi ko'milgan qabrlar shaharning "Bog'ishamol" tumanidagi qabriston yonidan topilgan. Ushbu manzarani o'z ko'zi bilan ko'rgan jurnalist Markus Bensmanning so'zlariga ko'ra, raqamlangan 49 yangi ko'milgan qabrlar ochiq dalada joylashgan.Malik Boboyev uznews.net uchun Andijondan. "Bu joylar qabristonga o'xshamiydi, va hech narsa bilan o'ralmagan. Men odamlardan so'rab bilishga urinib ko'rdim, biroq ular yo qo'rqishaypti yoki rostdan ham bu qabrlarning qachon paydo bo'lgani haqida hech narsa bilishmaydi. Bu qabrlar 14- 15 may kunlari paydo bo'lgan bo'lsa kerak", - deydi Markus Bensmann. Shuningdek, jurnalistning so'zlariga ko'ra, qabrlarning yettitasidan jasadlar kovlab olib ketilgan, bu narsa ularning qarindoshlari tomonidan amalga oshirilgan bo'lishi mumkin. Eslatib o'tamiz, Andijondagi qonli otishma oqibatida turli ma'lumotlarga ko'ra minga yaqin kishi halok bo'lgan, ular asosan tinch aholi vakillaridan bo'lishgan. Uznews.net muhbirining andijondan olgan so'ngi ma'lumotlariga ko'ra, shahardagi otishmada halok bo'lganligi tahmin qilinayatgan va ularni qidirayotganlarning soni ko'p.Yo'qolganlarning yaqinlariga ko'ra, ular shahardagi barcha o'likxonalarni ko'rib chiqishgan, biroq yaqinlarini hech qayerdan topa olishmagan. Shaharda esa 13-14 may kunlarida halok bo'lgan kishilar jasadlari ortilgan yuk mashinalari noma'lum tomonga va jasadlar noma'lum joyda ko'mib yuborilgan dagan mish-mishlar yuribdi.
|