O'zbek rassomining Rossiya prezidentiga sovg'asi O'zbekiston xalq rassomi, O'zbekiston va Rossiya badiiy akademiyalari a'zosi, professor Rahim Ahmedov tomonidan Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinga hadya etilgan suratning topshirilish marosimi bo'lib o'tdi. Bu voqeadan sal ilgari, Moskvadagi Markaziy rassomlar uyida Rahim Ahmedovning 85-yilligiga bag'ishlab, uning shaxsiy ko'rgazmasi o'tkazilgan edi. Mazkur tadbir «O'zbekiston san'ati va madaniyati forumi» jamg'armasi, Rassomlar uyushmasi xalqaro konfederasiyasi, O'zbekiston Badiiy akademiyasi va Davlat san'at muzeyi ko'magida tashkil etildi. Ko'rgazma nihoyasiga yetgach, Rahim Ahmedov Rossiya va uning xalqiga o'z chuqur minnatdorligi belgisi sifatida asarlaridan birini ushbu mamlakat rahbariga taqdim etishga qaror qildi. V.V. Putinga yo'llagan maktubida rassom O'zbekistonda tasviriy san'at kasbiy maktabini rivojlantirishda hamda o'zining shaxsiy ijodiy ha±tida rossiyalik hamkasblari katta rol o'ynaganini ta'kidlagan. «Rassom, ijodkor sifatida men zamonaviy dunyo to'qnash kelgan barcha larzalardan so'ng, aynan san'atning madaniy muloqot ramzi va vositachisi etib tanlanganini his eta±tganimdan behad mamnunman», – deb qayd etadi qalam ustasi o'z maktubida. Rossiya prezidentiga sovg'a sifatida rassom o'zining so'nggi asarlaridan biri – jonajon o'lkamizning boyligi, ona zaminga nisbatan mehr va muhabbat aks ettirilgan «O'zbek zamini in'omlari» natyurmortini tanladi.
|