Ananas - yaramas Xozirda ishtiyoq bilan yeydigan mevalarimdan biri ananasdir. Bugun, ananas yeyayotib, esimga u bilan bog'liq bir xikoya tushdi. 1997 yil, Avgust oyining oxirlari edi chamasi, xullas, Oliy O'quv Yurtlari kirish imtihonlari natijasi e'lon qilinadigan kun. Men "NarXoz"ga, jiyanim Alisher esa "InYaz"ga topshirgan edik. Alisher ertalabdan ishtiyoq bilan chiqib ketti. Men esa, asabiylashdim chog'i, kechroq borishga qaror qildim. Alisher yaxshi xabar ko'tarib, xursand, kirib keldi. Mening natijamni bilish niyatida, peshinda meni "NarXoz"ga yetaklab olib ketti... Xullas, o'sha kuni ikalamizning ham kayfiyatimiz a'lo; uyga kelib, "yuvish"ga qaror qildik. Osh qilib, men rubobni, Alisher esa doirani ko'tarib yallo boshladik. Valloh, o'sha kunga ham to'qqiz yil bo'lipti... Alisher xolodilnikning bir burchagidan ananas topti. Na Alisher na men oldin ananas yeb ko'rgan bo'lsak. Uni bir amallab tozaladik, dasturxonga qo'yib, ta'tib ko'rdik. Avvaliga ikalamiz ham mazasiga tushunmadik. Ikkinchi bo'lagini yeb, ikalamizning ham ko'nglimiz aynidi. Ilova: Ananas qayerdan kelib qolganligiga, keyinchalik qiziqsak, Rustam amakim bizlarga tashlab ketgan ekanlar. Ularga minnatdorligimizni bildirgan bo'lsak-da, ananasning taqdiri nima kechgani shu kungacha sir edi. Avvaliga qimmat narsa deb, axlatga tashlashga andesha qildik. Alisher sharbat uskunasi orqali sharbatini chiqardi. Mazasi hali ham o'sha-o'sha. "Yaramas meva ekan" dediku, o'zini ham, sharbatini ham ahlatga uloqtirdik. O'shandan beri Alisher bilan bozorda ananasni ko'rsak, o'sha kunni eslab miriqib kulardik. To'qqiz yil o'tgach mazasi hali ham o'sha. Ammo bugun ananas ko'nglimni aynitmaydi.
|