Пт, 2024.11.15, 07.32
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Август 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

"Bananas" nimasi bilan yaxshi?

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 30
Главная » 2006 » Август » 6 » O'zbek jinnixonasi
O'zbek jinnixonasi
03.26
Toshkentdagi jinnihonada
— Sen kimsan o'zi?
— Rim papasi.
— Kim senga aytdi, sen papasan deb.
— Xudoning o'zi.
Shu payt suhbatga yana bir bemor qo'shildi:
— Uning hamma gapi yolgon. Men buni unga hech qachon aytmaganman.

— Pul bizga pistaning po'chog'i. Faqat o'tgan haftaning o'zidayoq, erim poygada ikki marta birinchilikni oldi.

AHVOLI YAXSHILANAYAPTI

— O'zini Lyudovik XIV deb atagan bemorning ahvoli qalay?
—Ancha durust. Endi u o'zini Lyudovik XIII deb atayapti.

TIMSOH YEB QO'YDI

— Doktor, mening karavotim tagida timsoh yashaydi.
— Sizga shunday tuyulayotgan bo'lishi mumkin. U yerda hech qanaqangi timsoh yo'q. O'zingizni shunga ishontirishga harakat qiling.
— Yaxshi, doktor. Harakat qilaman... Oradan bir necha kun o'tgach, vrach bemorning xotiniga qo'ng'iroq qildi:
— Turmush o'rtog'ingiz o'zini handay sezayapti?
— Kecha uni timsoh yeb qo'ydi,— xotirjam javob berdi ayol.

XOTIRJAM BO'LDI

Nyu-Yorklik taniqli psixiatr-vrach ho'ngrab yig'layotgan ayolga tasalli berar, u esa xiqillagancha derdi:
— Uning miyasiga faqat to'pponchalar, qora niqob, qotillik qilish o'rnashib qolgan. O'g'limni bir amallab davolamasangiz bo'lmaydi, doktor.
Vrach bolani tekshirib ko'rib, dori yozib berdi.
— Sizdan iltimos qilaman, xonim,— dedi ayolga,— o'g'lingizni bir oydan so'ng huzurimga olib kelasiz. Endi o'zingizga kelsak, sizga tinchlantiruvchi dorilardan yozib beraman. Ularni muntazam ichib turasiz.
Oradan bir oy o'tgach, ona o'g'lini yana vrach huzuriga olib keldi.
— Xo'sh, o'g'lingiz o'zini qanday his qilayapti? — so'radi vrach.
— U bilan nima ishim bor. Bilganini qilmaydimi, endi bu meni mutlaqo qiziqtirmaydi, — dedi javoban ona.

MENING O'ZIM...

Bir ayol psixiatr vrach xonasiga hayajonlanib kirib keldi.
—Doktor!— dedi u hayajonini bosa olmay.
— Erimni ko'rib qo'ymasangiz bo'lmaydi. Unda ishonib bo'lmaydigan holat yuz berayapti.
— Qanaqa holat?
— Uningcha, u — men emishman.
— Bu judayam qiziq-ku,— dedi vrach.— Uni marhamat qilib huzurimga boshlab keling.
— Uni boshlab kelishimning nima hojati bor,— dedi ayol ajablanib.— Axir mening erim — o'zim-ku.

Категория: Latifalar | Просмотров: 830 | Добавил: Nodira | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 1
1 gulruh  
0
Nodira umuman chumadim bu jinilarga cry jinilarga rahmim keladi da

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]