- Tom, sinfingizda eng yalqov kim? - Bilmayman. - Hamma yozayotganda kim yozmay qarab o'tiradi? - O'qituvchimiz... ++++++++++ O'qituvchi: - Jonni, nega sen maktabga xar kuni kechikib kelasan? Jonni: - Men vaqtida yetib kelishga harakat qilaman, lekin muyulishdagi «Maktab! Tezlikni sekinlat!» degan yozuvga ko'zib tushib qoladi-da. +++++++++ Xola: - Jimmi tarixdan imtixonni yaxshi topshirib oldimi? Ona: - Koshki edi... Lekin bu uning aybi emas. Bolamdan o'zi tug'ilmasdan oldingi bo'lib o'tgan voqealar haqida so'rashibdi, shuyam adolatdanmi? ++++++++ Avtomaktab oldida ogohlantiruvchi plakat osib qo'yilgan: «Maktab o'quvchilarini urib ketmang!» Pastida esa bolalar qo'li bilan o'yib yozilgan yozuv: «Yaxshisi o'qituvchilarni kutib turing!» +++++++++++ O'qituvchi bolalarga yil fasllari haqida tushuncha bermoqda: «Qish - sovuq. Bahor – hammayoq gullagan. Yoz – issiq. Kuz esa meva va sabzavotlarga boy». So'ngra savol berdi: - Piter, qani aytchi, olma yeyish uchun qachon eng yaxshi payt xisoblanadi? - Qachonki bog'da hech kim bo'lmasa, it ham bog'langan bo'lsa, mazza qilib olma yeyish mumkin. ++++++++++++ O'qituvchi: - Bizning oxirgi tishlarimiz qanday nomlanadi? O'quvchi: - Sun'iy. ++++++++++++++++++++ O'qituvchi: - Valijon, Vatan bu nima? Vali: - Vatan – bu o'rmonlar, dalalar, daryolar, bog'lar... O'qituvchi: - Yo'q, sen yanglishding, Vatan – bu sening onang. QAni endi Anvarjon sen aytchi Vatan nima ekan? Anvar: - Vatan – bu Valining onasi ekan. O'qituvchi: - Yo'q sen ham yanglishding, Vatan – bu sening ham onang. Tushundingmi? Anvar: - Ha, tushundim. O'qituvchi: - Nimani tushunding. Anvar: - Men Valini ukasi ekanligimni. +++++++++++++++++ Oyisi o'g'lini urishyapti: - Buncha dangasasan?! Geografiyadan olgan «ikki»ngni tuzatmapsan-ku, xali. - Allaqachon tuzatganman... - Qanaqasiga? - Keyingi sahifasidagi «bir»ni nahotki ko'rmadingiz?!
|