Пт, 2024.11.15, 07.27
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Август 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

"Bananas" nimasi bilan yaxshi?

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 30
Главная » 2006 » Август » 6 » OMON MATJON
OMON MATJON
03.14
OMON MATJON

1943 yilda Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tug'ilgan.O'rta maktabni tugatgach,Samarqand Davlat universitetida tahsil olgan. 'Ochiq derazalar' (1970), 'Karvon qo'ng'rog'I' (1973), 'Yonayotgan daraxt' (1977), 'Yarador chaqmoq' (1979), 'Haqqush qichqirig'i' (1979), 'Seni yaxshi ko'raman' (1983), 'Gaplashadigan vaqtlar' (1986), 'Imon yog'dusi' (1994), 'Saylanma' (1997) va boshqa she'riy kitoblari nashr etilgan.
Omon Matjon 1993 yilda 'O'zbekiston xalq shoiri' unvoni bilan taqdirlangan.

Omon Matjon ijodidan namunalar

* * *

Odam bir kun
G'o'la ixtiro etdi.
Teshik topdi o'ylab,
O'q ham birkitdi.
Yana nelarnidir
Topib u arang,
Arava kashf etdi.
Kashf etib, qarang,
O'z yo'liga yana
Piyoda ketdi.

1968

FIRUZA

Kelmading.
Qushlar ko'chib ketdi qoshimdan,
Tushlar cho'chib ketdi yoshimdan,
Hushlar uchib ketdi boshimdan,
Kelmading.

Xazonlar to'p bo'ldi yillab men uchun,
Osonlar yo'q bo'ldi yillab men uchun,
Armonlar ko'p bo'ldi yillab men uchun,
Kelmading.

G'amlarning bariga to'zdim - chidadim,
Namlarning bahrida suzdim - chidadim,
Damlarning shahdidan o'zdim - chidadim,
Kelmading.

Kunlarim hijronga o'qdek yoqqanda,
Ruhim oti qonga cho'g'dek botganda,
So'nggi o'qni jonga o'zim otganda,
Sen kelding uzr so'rab:
Sen kelding nechun?!

1968

* * *

Кo'zlaringni yashirgin mendan,
O'tib ketay yoningdan befarq,
O'tib ketay yoningdan bedard,
Кo'zlaringni yashirgin mendan.

Borligimni payqama, mayli,
Burchaklarda,mayli, qayrilma,
Meni deb tinchingdan ayrilma,
Borligimni payqama, mayli.

Nomim bo'lsa qalbingda agar,
Otib tashla, mayli, tuproqqa.
...Har kuni o't shu yo'lni toptab,
Nomim bo'lsa qalbingda agar.

1967

ESHIGINGDAN O'TAMAN...

Kuz yoysa ham yo'llarga xazon,
Qor ko'msa ham borliqni butun,
Ko'klam kelib,ursa ham xandon,
Eshigingdan o'taman bir kun.

Sochlaringga tushsa hamki oq,
Peshanangni bossa ham ajin,
Kirganda ham gavdangga titroq,
Eshigingdan o'taman bir kun.

Mayli,shunda tanimasang ham,
Yoki desang ko'rmayin turqin,
Yoshim yutib,boshim qilib xam,
Eshigingdan o'taman bir kun.

Meni demay yumsang ham ko'zing,
Xonang qolsa zulmatga tutqun,
Xotirangga sham bo'lib o'zim,
Eshigingdan o'taman bir kun.

Vaqtim etib chiqsa bu jonim,
Dardlarimga yasalsa yakun,
Bu dunyoni tark rate onim
Eshigingdan o'taman bir kun.

1965

'SENI YAXSHI KO'RAMAN' TURKUMIDAN

4

Ko'p kezma daraxtzor bog'lar ichinda,
Daraxtlar dil do'sting bo'lolmas sening,
Chorlasang kelolmas,yonib qucholmas,
Sen faqat mening bo'l,
meniki,
mening.

Ko'p qolma jarang suv buloq bo'yinda,
Buloq ham dil do'sting bo'lolmas sening,
Qaynashim chashmadan teran joydandir,
Sen faqat mening bo'l,
meniki,
mening.

Ko'p titma muhabbat kitoblarini,
Kitoblar dil do'sting bo'lolmas sening,
Bu ishqning tarixi mening qalbimda,
Sen faqat mening bo'l,
meniki,
mening.

10

Umr o'tar,vaqt o'tar,
Xonlar o'tar,taxt o'tar,
Omad o'tar,baxt o'tar,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
Sening yurishlaring,sening kulishlaring.

Bahorda bog' na go'zal,
Qor tushsa tog' na go'zal,
Bu yoshlik chog' na go'zal,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
So'zsiz qarashlaring,holim so'rashlaring.

Oy chiqar goh zaholi,
Do'stlar ko'pdir vafoli,
Hayot shundan safoli,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
Sokin so'zlashlaring, pinhon izlashlaring.

Umr - yo'l, qayrilish ko'p,
Uchrashish, ayriliq ko'p,
Unutish, aytilish ko'p,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
O'sha kulishlaring, o'sha kelishlaring...

1979

Категория: She'rlar | Просмотров: 991 | Добавил: Nodira | Рейтинг: 5.0/1 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]