Пт, 2024.11.15, 07.26
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Август 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

Saytimizni baholang

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 247
Главная » 2006 » Август » 5 » O'zbekistonda besh yuz dollar evaziga oliy oquv yurtiga kirish.
O'zbekistonda besh yuz dollar evaziga oliy oquv yurtiga kirish.
20.44
O'zbekistondagi oliy ta'lim: besh yuz dollar evaziga oliy o'quv yurtiga hech qanday muammosiz kirish mumkin.
28.07.2006 18:24 msk

O'z Axb.
O'zbekiston oliy o'quv yurtlariga hujjat topshirish davri ortda qoldi.Endi bazi abiturienlar kechayu kunduz kitob titish bilan bandlar, boshqalari esa orzusidagi oliygohga kirishning yengilroq yo'llarini qidirib topishga harakat qilayaptilar.
Masalan ular test topshiriqlarining tayyor javoblarini,bo'lganda ham, aynan imtihonda tushadigan savollarning "kalit'larini sotib olishga urinmoqdalar.

Ma'lum bo'lishicha, Namanganda bugungi kunda testlar uchun kalitlardan foydalanishni o'rgatadigan mahsus guruhlar tashkil etilayotgan ekan. Bunday guruhga abiturient faqat "tanish-bilishlar" orqali,sir saqlashning barcha qoidalariga rioya qilgan holda kira olishi mumkin ekan. Guruhlar mazkur maqsad uchun atayin ijaraga olingan uylarda yig'ilar ekanlar, u yerda abiturientlar tajribali repititorlar rahbarligi ostida shug'ullanar ekanlar. "Farg'ona.ru" axborot agentligi muhbiri bir abiturientning otasi qiyofasida ana shunday guruh tashkilotchilaridan biri bilan uchrashishga muvaffaq bo'lgan.

MUAMMOLARINGIZNI "PROFESSOR" HAL QILADI.

Shunday qilib, men go'yo oliy o'quv yurtiga joylash kerak bo'lgan bir takasaltangning otasiman.Bu ishda menga yordam bermoqchi bo'lgan kishi bilan uchrashish haqida kelishgan paytimda menga borishim kerak bo'lgan uyning manzilini aniq manzili aytmadilar."Professor" (men hamsuhbatimni shu nom bilan atadim, chunki u ilmiy darajalarga qiyinchilik bilan erishgan o'qituvchiga juda o'xshardi) bilan uchrashuvga meni bir kishi boshlab bordi.Biz Namangandagi dongdor mahllalardan biri ko'chalaridan o'tib, qandaydir hashamatli bir uyning oldida to'xtadik.

"Professor" meni ochiq chehra bilan kutib oldi, biz salom alik qildik,mahalliy urf odatlarga ko'ra hol ahvol so'rashgan bo'ldik hamda darrov bizlarni qiziqtirgan masala- "mahsus" guruhlardan biriga joylashtirish masalasini muhokama qilishga o'tdik.Men go'yo biz tanlagan oliy o'quv yurtining nomini aytdim. ma'lum bo'lishicha, hamsuhbatim mutlaqo boshqa oliy oquv yurtiga abiturient tayorlayotgan ekan.Ammo shu arzimagan narsa tufayli mening g'am chekishimga yo'l bermadilar.

- hech qisi yoq! testlar mamlakatning barcha oliy o'quv yurtlari uchun bir xil, -deya ishontira boshladi meni "Professor".Faqat kirish baholari har hil. Mening bilishimcha "sizning" oliy oquv yurtingizdagi narhlar bizning institutdagi narhlardan bir yarim, hatto ikki barobar yuqori. Bu odamlarning ochofatligi sabablidir. Darvoqe, u yerda sizga tanish oqutuvchilar bormi?

Tasdiq javobini olgach, hamsuhbatim so'zida davom etti:

- Bizning shartlarimiz juda oddi:siz "ko'k"iga besh yuz to'laysiz, biz sizning o'glingizni yangi guruhlardan biriga qo'shib
qo'yamiz.Guruhlar katta emas- har birida besh oltidan odam bor. bolalar tajribali repetitotlar kuzatuvuda shug'ullanadilar hamda testlarni kalit yordamida tez muddat ichida yechish texnikasini o'zlashtiradilar.Avval bilimdon kishilar o'glingizning bilim va qobilyatlarini tekshirib, baholaydilar, keyin esa uni imkon boricha har bir fan bo'yicha testga tayorlaydilar. Mashg'ulotlar mahsuz kvartiralarda o'tkaziladi, uning ijara puli - har bir abiturientdan o'ttiz ming so'mdan - alohida to'lanadi.Darvoqe bunga tushlik puli ham kiritilgan.

"Professor'ga ko'ra, imtihon kuni tong saharda Toshkentdagi Davlat test markazidagi avvaldan gaplashilgan kanallar orqali unga test kalitlari yetkazib beriladi. Mahsus guruhda guruhda oqiyotgan bolalar shu shu testlar bilan ta'minlanadilar.Imtihondan oldingi tunda "Professor"vasiylikka olgan abiturienlar o'zlari shug'ulllangan kvartiralarda qoladilar, tong saharda esa ular ortikcha etibor jalb qilmaslik uchun mashinalarda imtihon topshriladigan joyga olib borib qoyiladi.

Mahsus guruhda shug'ullangan bolalarning ko'pchiligi, "Profossor"ning ishontirishicha, testlarni muvaffaqyatli yechadilar, byudjet o'rinlariga kiradilar' juda bo'lmaganda, ular uchun shrtnoma asosida o'qish kafolatlangan.Bundan tashqari, mabodo kimdir yetarlicha ball to'play olmay qolsa, "Profressor'ning odamlari salohiyatli muassasalar bilan bog'lanib, muammoni ijobiy hal qilib beradilar.Mabodo shunda ham mijoz, shuncha harakatga qaramasdan, imtihondan yiqilsa unga to'langan besh yuz dollardan uch yuz dollar qaytarib beriladi.

-Hamma narsa bo'lishi mumkin, - deydi "Professor", - imtihonda uning shpargalkasini tortib olishlari mumkin...Shuning uchun siz avval yaxshilab o'ylab, uydagilar bilan maslahatlashib ko'ring, ertaga esa qanday qarorga kelganingizni aytarsiz.

Biz u bilan muloyim hayirlashdik. Men ketayotganimda "Professor"ning uyi yonida yana bir moshina to'xtadi. "Mana yangi mijozlar ham kelib qolishdi",- deya so'z qistirdi hamsuhbatim.Мен кетаётганимда «профессор»нинг уйи ёнида яна бир машина тўхтади.

Прикрепления: rasm 1 · rasm 2 · rasm 3
Категория: Maqolalar | Просмотров: 1582 | Добавил: Nodira | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]