Пт, 2024.11.15, 07.45
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Август 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

Bananas zo'r bo'lishi uchun nima qilish kerak?

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 62
Главная » 2006 » Август » 5 » O`zbekiston “Meguro Riversayd” festivalida
O`zbekiston “Meguro Riversayd” festivalida
16.34
O`zbekiston “Meguro Riversayd” festivalida
05.08.2006 11:19

Yaponiya poytaxtida «Meguro Riversayd» festivali bo`lib o`tdi. Unda Tokio shahri ma`muriyati, Yaponiyaning jamoat tashkilotlari, qator xorijiy mamlakatlar diplomatiya vakolatxonalari, jumladan, O`zbekiston elchixonasi vakillari ishtirok etdi.

Aytish joizki, Tokioda an`anaviy tarzda o`tkaziluvchi «Meguro Riversayd» festivali xalq diplomatiyasining yorqin namunasi bo`lib, turli xalqlar o`rtasidagi do`stlik va hamjihatlik, o`zaro tushunish tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Festivalda Kunchiqar mamlakatda faoliyat yurituvchi xorijiy diplomatlarning ishtirok etishi esa uning nufuziga nufuz qo`shadi. Shu o`rinda bir necha yil davomida O`zbekiston elchixonasi tomonidan tashkillashtiriluvchi ekspozisiya «Meguro Riversayd» ishtirokchilari va mehmonlarida katta qiziqish uyg`otib kelayotganini aytish darkor. Yurtimiz vakillarining festivalda erishgan muvaffaqiyatlariga berilgan yuksak baho sifatida bu yilgi shodiyonaning ochilish marosimida Yaponiyadagi diplomatiya korpusi nomidan so`zga chiqish huquqi O`zbekistonning ushbu mamlakatdagi elchisi Mirsobit Ochilovga berildi. $IMAGE2$

O`z chiqishida elchi O`zbekiston bilan Yaponiya o`rtasidagi madaniy aloqalar jadallik bilan rivojlanayotganini ta`kidladi. Jumladan, o`tgan bir necha yil davomida «O`zbekiston-Yaponiya», «Fukuoka-O`zbekiston», «Fukushima-O`zbekiston» do`stlik jamiyatlari hamda boshqa tashkilotlar bilan sheriklikda Yaponiyaning qator shahar va prefekturalarida mamlakatimizga bag`ishlangan ko`plab taqdimotlar hamda madaniy tadbirlar o`tkazildi. Yaqinda Tokioda «O`zbekiston madaniyati va san`ati forumi» jamg`armasining vakolatxonasi ochilgani ham ikki mamlakat munosabatlaridagi yorqin voqea bo`ldi. Yaponiya jamoatchiligi yurtimiz madaniyati, Samarqand, Buxoro, Xivadagi tarixiy yodgorliklarga ulkan qiziqish bildirayotgani ham quvonarli holdir.

Festival davomida minglab yaponiyaliklar ko`rgazmaga qo`yilgan O`zbekiston xalq amaliy san`ati, kulolchilik va ipak mahsulotlari namunalaridan bahramand bo`ldilar.

Категория: Habarlar | Просмотров: 1140 | Добавил: Nodira | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]