Rossiya 13 o'zbekistonlikni ekstraditsiya qilmoqda Rossiya Bosh prokuraturasi O’zbekiston tomonidan terrorizm va ekstremizmda ayblangan 13 o’zbekistonlikni vataniga ekstraditsiya qilishga qaror chiqardi. O’zbekiston rasmiylariga ko’ra, ularning barchasi o’tgan yil may oyida Andijonda sodir bo’lgan voqealarga aloqador. Inson huquqlari faollari ularning O’zbekistonda qiynoqlarga solinish ehtimolidan xavotirda. Rossiya bosh prokurori kecha bayonot chiqarib, unda O’zbekiston 13 nafar gumondor vataniga chiqarilgan taqdirda qiynoqlarga solinmasligini va o’lim jazosiga tortilmasligini kafolatlaganini ta’kidlagan.
|