Пт, 2024.11.15, 06.34
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Август 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

Sevib qolish uchun qayer qulay?

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 91
Главная » 2006 » Август » 5 » Davron Ergashevning Hayoti
Davron Ergashevning Hayoti
15.24
Ergashev Davron Bahodirovich

Davron Ergashev 1978 yil 14 fevral kuni Toshkent shahrida tavallud topgan.

Aslida yoshligida san'atga unchalik ham qiziqmagan kichik Davronni fikru-hayoli futbolda edi. Biroq, unga fotbolchi bo'lish nasib qilmagan ekan. Sababi, kunlarning birida bolakay Davron stadionda to'p tepib yurganida onasi Ra'no Ergasheva stadionning o'zidan yetaklab to'g'ri "Glier" nomli musiqa maktabiga yetaklab olib borgan.
Ming afsuski, bo'lajak yulduzimiz o'qish imtixonlarini topshira olmagan. Chunki, hali musiqa borasida hech qanday bilimga ega emasdi. Qolaversa, kim ham tayyorgarliksiz imtixon topshira oladi, deysiz.
So'ng 1988 yil 28-musiqa maktabiga o'qishga kirdi. 28-musiqa maktabidan so'ng, Hamza nomidagi musiqa bilim yurtini 1993 yil tamomladi.

1994 yil san'atga mehri tushgan Davron Ergashev Doniyor Toshmuhammedovga shogirdlikka tushdi. Bir-ikki yil san'at sirlarini Doniyor Toshmuhammedovdan o'rgangach, Ulug'bek Otajonovga shogirdlikka tushdi. Bu ikki inson hozirgacha o'zining ustozi deb biladi.

1999 yili Davron yakkaxon ijodni boshladi va afg'on xalq kuyi asosida kuylagan "Boz omadi" nomli ilk taronasini chiqardi. Mashhurlikni esa unga "Yoqimtoy" qo'shig'i olib keldi. Shu orada Toshkent Sharqshunoslik Institutining Xalqaro Iqtosodiyot fakultetiga o'qishga kirdi. Biroq, u yerda faqatgina 3 kursgacha tahsil oldi, xolos. Chunki, san'at o'qishdan ko'ra ustunlik qila boshlagan edi. Ijodiy izlanishlar, har kuni studiya, el xizmati degandek... O'qishdan ko'ngli sovuganligi sabablimi yoki boshqa sabab institutni erta tark etganidan afsuslanmaydi. Bu yil Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetiga imtixon topshirish niyati ham yo'q emas.

Davron Ergashevning ijodidagi katta burilish 2005 yili yuz berdi. Ya'ni, odatiy uslubidan chetlashgan holda bir oz AQSHning mashhur yo'nalishlaridan bo'lmish "R and B", "Reggi" kabi ijodiy uslublarda o'zini sinab ko'rdi(AQSHga 3 marotaba borishning ta'siri, bo'lsa ajab emas). Aynan mana shu yo'nalishda ijro etilgan "Zakonniy", "Mario" qo'shiqlari juda ham qisqa fursat ichida xalq orasida ommalashdi. Buni hatto Davron Ergashev ham kutmagan edi, lekin umid qilgan. Buni qarangki, bugungi kunda ushbu yo'nalishda ijod qiladigan yoshlarimiz ham ko'payib qoldi. Albatta bu talabga qarab, taklifning natijasi bo'lsa kerak.

Прикрепления: rasm 1 · rasm 2 · rasm 3
Категория: Maqolalar | Просмотров: 1417 | Добавил: Nodira | Рейтинг: 5.0/1 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]