Пт, 2024.11.15, 04.39
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Май 2007  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

"Bananas" nimasi bilan yaxshi?

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 30
Главная » 2007 » Май » 1 » Umida Niyozovaning sudi boshlandi
Umida Niyozovaning sudi boshlandi
00.02
Umida Niyozovaning sudi boshlandi
Malik Mansur
Amerika Ovozi
30/04/2007

Toshkentda kutilmaganda huquq himoyachisi Umida Niyozova ustidan sud jarayoni boshlangan. Umida Niyozova o’ziga qo’yilgan ayblardan faqat bittasini, chegarani noqonuniy kesib o’tganlikni tan oladi xolos.

Umida Niyozovaning sudi boshlanganidan uning opasi Shafoat Niyozova tasodifan xabar topgan va inson huquqlari bo’yicha Human Rights Watch tashkilotining Toshkentdagi vakili Andrea Bergni ogohlantirgan.

Niyozova ustidan boshlanishi kutilgan jarayon noma’lum sabablarga ko`ra qoldirilgan edi. 30 aprel kuni boshlangan jarayonda esa Niyozovaning opasi va Andrea Berg ishtrok eta olgan xolos.

“Jarayon Umidaga nisbatan ayblov xulosasini o’qish bilan boshlandi. Umidaning o`zi began izohlarga ko`ra u faqat bitta aybni - chegarani noqonuniy kesib o`tganlikni tan oladi. Boshqa ayblovlarni rad qilmoqda. Sud raisi mahkama jarayoni davomida biron narsa yozishni ta`qiqladi. Sudning to`satdan o`tkazilishi sababi esa mustaqil kuzatuvchilarning bo`lmasligini ta’minlash", - deydi Andrea Berg.

Umida Niyozova chegarani noqonuniy kesib o`tganlikdan tashqari aksilkonstitutsiyaviy materiallarga egalik qilganlikda, jamoat xavsizligiga tahdid soluvchi maqolalar tarqatganlikda va diniy ekstremistik tashkilotlar bilan aloqadorlikda ham ayblanmoqda.

Niyozova yanvar oyidan beri hibsda saqlanadi. Kuzatuvchilar nazarida Umida Niyozovaga soxta ayblovlar qo`yilgan. Uning jornalistik va huquq himoyachisi sifatidagi faoliyati hukumatga yoqmagan deyishadi ular.

Категория: Habarlar | Просмотров: 1327 | Добавил: Nodira | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]