Пт, 2024.11.15, 07.16
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Январь 2007  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

Saytimizni baholang

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 247
Главная » 2007 » Январь » 12 » Yulduz Usmonova nima uchun ta'qiqlandi?
Yulduz Usmonova nima uchun ta'qiqlandi?
21.51
"Iymon" klipidan
Taniqli xonanda Yulduz Usmonova O`zbekistonda ta’qiqqa uchradi. Bu muxlislarning turli taxminlariga sabab bo`lmoqda. Yulduz Usmonova Amerika Ovozi bilan suhbatda o`z qo`shiqlarining nima uchun keng ommaga avvalgidek keng havola etilmayotgani sabablarini izohlaydi.

Yulduz Usmonova O`zbekiston televideniyesida ta’qiqilanganidan, milliy bayramlar va tadbirlarda ishtirok etmayotganidan u qadar qayg’urmayotganini aytsada, ijodiy safarlarga to’sqinlik qilayotgan bu kabi ta’qiqlarni adolatsiz hisoblaydi:

“Men shunqay deb o`ylayapman, chunki o`sha Ashgabatdan keyin shunday [bo`lmag`ur] gaplar tarqaldi. Lekin uni ham noto`g`ri yetkazganlar bo`lishi mumkin. To'g’ri, men Ashgabatga bordim. Masalan, shahar bedarvoza emas, meni Tashqi ishlar vazirligi yuborgan, elchimiz taklif qilgan, xalqi, podshosi yaxshi kutib oldi.”


2006 yilgi konsertlardan
Yulduz Usmonovaning so’zlariga ko`ra, Ashgabatga ijodiy safaridan so`ng ikki oy o`tib, uning qo`shiqlarini davlat tele-radiokanallari orqali efirga uzatish, matbuotda u haqda ma`lumot chop etish man qilingan.
Xonanda Turkmanistonda O`zbekiston hukumatiga nomaqbul qanday gap aytgan bo`lishi mumkin?

Yulduz Usmonovaning aytishicha, u turkmanistonliklarni O`zbekiston nomidan tabriklagan, xolos:

“O`zi nima deding, degan gap yo`q, nimaga bording, degan gap. Bizning nima ishimiz bor, har bir davlat o`zichasiga ko`karayapti. Eng keraklisi, yiqilmay ko`karayapsizlar, deb tabriklab keldim. Shuni menga davlat arboblari gapirishdi, nega bordingiz deb. Nega bormasligim kerak? Bunga ortiqcha to`xtalgim yoq. Yanayam o`zi biladi. Davlat kanallarini men uchun berkitib qo`ygani bilan men ijod qiladigan odamman. 1996-97 yillarda tijorat kanallari ham yo`q edi, radioda ham berilmagan, 1992-93 yillarda zapislarimni sotganlarni ham jarimaga tortishgan. Xudo beraman desa, haq berganni, xalq ololmaydi",- deydi xonanda.

O`zbekistonda san`atkorlarga nisbatan ta’qiq odatda qanday amalga oshiriladi?

"Lekin san'atkorman deb ko'krak kerib yurganlar, o'n yildan keyin qanday non topib yeydi?"
“Qanday amalga oshiriladi? Tepadan kimdir qo`ng’iroq qiladi yoki aytib qo`yadi – “og`zaki” buyruq, deydi. Televideniye davlatniki-ku, o’sha joyda o`tirgan ijro qiladi. Kim buyruq berganini hech qachon bilmaysiz. Keyin taxmin qilib yurishingiz mumkin. Gumon iymondan ayirar, degandek. Men bu safar nihoyatda xotirjam yondashdim. Mendan ham ayb o'tgandir. Ehtimol, men ruxsat so`rab ketishim kerak bo`lgandir, lekin men Tashqi ishlar vazirligi orqali ketdim-ku? Men qanday gunoh ish qildim? Shuning uchun televideniyada ta'qiqlanishim noto`g’ri deb o`ylayman”, - deydi Yulduz Usmonova.

Xonanda o`z faoliyati mobaynida bir necha bor ta’qiqqa uchragan bo’lib, buning sababini faqat rost gapni aytishga o`rganganida deb hisoblaydi.

Yulduz Usmonova sobiq deputat va atoqli san`at arbobi sifatida O`zbekistonda san`atkorlar, jumladan, qo’shiqchilarning tez-tez bosim ostiga olinishini shunday izohlaydi. Xalq artisti o`zbek estradasining buguni, qo`shiqchilik san`atining istiqboli haqida shunday mulohaza yuritadi:

“Men o`zimning fikrimni aytib, ertaga yana baloga qolaymi? Albatta, o`zimning fikrim bor. San`at hech qayoqqa ketayotgani yo`q, yaxshi san`at baribir qoladi, bugun bo`lmagan taqdirda ham. Lekin san`atkorman deb ko`krak kerib yurganlar, o`n yildan keyin qanday non topib eydi? Nima karomat ko`rsatayapti bular, ertaga gadoy bo`ladimi? Bozorga chiqib eski-tuski sotish bilan kun o`tkazadimi? Yoshlik o`tadi, ertaga ular orqasida turgan buyuk-buyuk arboblar, sponsorlar, ular ham yoshlarni ta`minlaydi. Kimga kerak bo`ladi, qanday kun ko`radi. Yoshlarga achinaman, ko`r-ko`rona ergashib ketayapti", - deydi san'atkor.

Yulduz Usmonova uning qo`shiqlari va she’rlari aynan diniy ruhiyatga yaqinligi uchun senzura qilingani haqidagi ma`lumotlarni inkor etadi.

Xonanda ayni paytda muxlislari uchun yangi qo`shiqlar yaratmoqda va noyabr oyida yangi albomini taqdim etish niyatida. Uning so’zlariga qaraganda, san’atkor O`zbekistonda birinchi bor ta’qibga uchrayotgani yo`q. Ta’qiqlar o`tkinchi, shunday ekan, bu bosqichdan ham o`tish kerak, deydi u.

Категория: Habarlar | Просмотров: 1598 | Добавил: Nodira | Рейтинг: 2.0/1 |
Всего комментариев: 4
4 Nigora Yadgarova  
0
Man uchun yulduz Usmonovaning qöshiqlari judayam muhim. Ohirgi 3 oy ichida ayniqsa Yulduz Usmonovaning qöshiqlarini tinglamay turolmidigan bölib qolganman. Uning ba'zi qöshiqlari meni hayotda köp narsalarni anglab yetishga undadi. ayniqsa yurtdan olisda, ota-ona bag'ridan uzoqda yurgan damlarda Yulduz opaning qöshiqlari tög'ri yöl körsata oldi desam adashmayman. Yulduz Usmonovaning qöshialari xalq qalbidan shunchalik chuqur egallaganki, uni kimladir tanqid qilgani bilan bari foydasiz. Biz muhlismiz! Biz Yulduz Usmonovaga yana yangi ommaviy mavzudagi qöshiqlar yaratishlarida qanot bölamiu, ilhom bag'ishlaymiz! deyl Kornegi. Tanqid shuning uchun ham foydasizki, u odamni mudofaaga ötishga, özini oqlashga majbur qiladi. Tanqid shuning uchun ham havfliki, u insonnig g'ururiga zarba beradi, shahsiy ahamiyatini oyoqosti qiladi, hafa qiladi.

3 nazoket  
0
Assalomu alekum Yulduz obla ban istanbuldan NAZAKET SİZİN ŞARLARiz duydım ban beyandim sağ olunğ

2 feruza  
0
Men Y.Usmonovani juda yoqtiraman, uni san'ati haqiqiydir. Chunki, u qancha dovonlar oshib, to'siqlarni yengiz kelayapti. Bu birinchi ta'qiq emas. Lekin uni xalq qalbidagi san'atini qanday taqiqlar ekan. Men Y.Usmonovani san'atiga yana-yana omad tilayman. Chet el mamlakatlarini o'zbek tilida kuylatgan san'atkorni eshitish mumkinmas-u, yuqoridagilarni tavsiyasi bilan ma'naviy xordiq olamiz shekilli. SH.Jo'rayev,... xalq qalbi faqat sof san'atni qadrlaydi. Balki, shaxsiy ish ham,... lekin u o'z yo'ligada.

1 Rustam Ozod  
0
Men uzim TVda ishlayman va shu yerda ishlab turib Yulduz Usmonovaning qushiq va kliplaridan foydalanaolmayotganim juda achinarli. Yurtimiz tarixida juda kop manaman degan sanatkorlar utgan Lekin shubxasiz oxirigi 20 yillikning eng zur qushiqchisi bu aynan Y.Usmonovadir. Yulduz universal sanatkor va shuning uchun shuncha paytdan beri unga raqobatchi topilmayabdi. yoqimli va jonli ovoz, raqs va ommabop mavzulardagi qoshiqlar unga katta omad keltirdi. U juda metin irodali ayol shuncha taziyyiqqa qaramasdan baribir niyatidan qaytmaydi. Lekin unutmaslik kerak bunday taqiqqa uchragan faqat u emas. Yana bir el sevgan mashxur inson hamon keng ijodiy faoliyat olib borolmaydi. Sherali Jurayev. lekin shuni unutmaslik lozim xalq baribir uziga keragini qidirib topadi va bu insonlarning qoshiqlarini targib qilishni qanchalik cheklashmasin ular muhlisalri qalbidan urin egallab bolgan.
A.Navoiy: "Men uni yirtib tashladim, lekin xalq uni allaqachon yod olib bolgan".

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]