Turkmanistonda 11 fevralga belgilangan prezident saylovlari kampaniyasi boshlandi. Prezidentlikka olti kishi da’vogar. Ulardan biri vaqtinchalik prezident Qurbonguli Berdimuhammedov. U davlat televideniyesida kampaniya uchun unga ajratilgan vaqtdan raqiblari foydasiga kechganini ma'lum qildi. Shu bilan birga Berdimuhammedov saylangan taqdirda Internetga kirish imkoniyatlarini kengaytirishga va nafaqa miqdorini oshirishga va’da berdi. O’tgan yili marhum prezident Niyozov 100 mingdan ziyod kishini nafaqadan mahrum qilgan edi. Bundan tashqari kasallik hamda homila va onalik ta’tili, ya’ni dekret bo’yicha to’lovlar ham bekor qilingan edi. Berdimuhammedov ta’lim tizimini yaxshilashga ham chaqirdi. Turkmanistonda maktablar 2003 yildan buyon ko’p mamlakatlarda bo’lgani kabi 10 yillik emas, 9 yillikdir. Amerika Ovozi
|