Пт, 2024.11.15, 09.30
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Декабрь 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

"Bananas" nimasi bilan yaxshi?

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 30
Главная » 2006 » Декабрь » 6 » Hindi-O'zbek bhay-bhay - Hindistonlik san’atkorlar tashrifi
Hindi-O'zbek bhay-bhay - Hindistonlik san’atkorlar tashrifi
03.04
Hindi-o'zbek bhay-bhay


Mamlakatimizda taniqli hind kino arbobi Raj Kapur xotirasiga bag‘ishlangan o‘zbek-hind do‘stligi musiqiy kechalari boshlandi. Ushbu madaniy tadbir “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Hindistonning mamlakatimizdagi elchixonasi hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

O‘zbek va hind xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi. Istiqlol yillarida xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar yangicha mazmun kasb etib, yanada yuksak pog‘onaga ko‘tarildi. Bunda davlatlarimiz rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Hindistonda har yili o‘zbek san’atkorlari musiqiy dasturlarining keng namoyish etilishi, yosh musavvirlarimiz ijodi namunalarining “Shankar” xalqaro bolalar rasmlari ko‘rik-tanlovida muntazam sovrinli o‘rinlarni olishi hindistonliklarning milliy san’atimizga bo‘lgan katta qiziqishidan dalolatdir.

Ayni paytda xalqimiz hind kinosi, musiqa va raqs san’atini qadrlaydi. Raj Kapur xotirasiga bag‘ishlab tashkil etilayotgan madaniy tadbirlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Ularda taniqli san’atkorning farzandlari – Randxir va Rishi Kapur, shuningdek, hind kino san’atining bir guruh namoyandalari ishtirok etadi. O‘zbek san’atkorlari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan konsertlar poytaxtimizdagi Xalqlar do‘stligi, «Turkiston» saroylaridan tashqari Samarqand, Namangan shaharlaridagi san’at koshonalarida ham namoyish etiladi.

- Biz otamiz Raj Kapur bilan O‘zbekistonga ilgari ham bir necha bor kelgan edik, - dedi Randxir Kapur jurnalistlar bilan suhbatda. - Otamizning O‘zbekistonga, san’atsevar o‘zbek xalqiga mehri juda baland edi. Bu mehr bizning qalbimizga ham bolalikdan jo bo‘lgan.

- O‘zbekistonga to‘rtinchi bor kelishim,- deydi Rishi Kapur.- Oilamizning barcha a’zolari Toshkentda bo‘lgan. Poytaxtingiz misolida yurtingiz tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib, juda go‘zal qiyofa kasb etganiga guvoh bo‘ldik. Bu mamlakatingizda barcha sohalarda, jumladan, madaniyat va ma’rifat jabhasida ham amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar berayotgan samaralar deb bilamiz.

N. Usmonova

Категория: Habarlar | Просмотров: 1038 | Добавил: Anahon | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]