Пт, 2024.11.15, 07.03
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Декабрь 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

Sevib qolish uchun qayer qulay?

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 91
Главная » 2006 » Декабрь » 6 » Hozirgi o'zbek qo'shiqchiligi: bema'ni matn va kliplar
Hozirgi o'zbek qo'shiqchiligi: bema'ni matn va kliplar
02.59
Bizga Trali-vali kerakmas-zamonaviy kuylardan chaling

Kuyga, qo‘shiqqa ishtiyoqmand xalqmiz. Ashula, ohangsiz kunimiz o‘tmaydi. Ba’zan qo‘shiq aytib yoki ijrochiga jo‘r bo‘lib dardimizni to‘kib olamiz. Ilgarilari musiqa, qo‘shiq shinavandalari hozirgi tinglovchilarday istaganini eshitib, rohat qilishavermagan. Radio yoki televizordan qaysi qo‘shiqni qo‘yishsa, shuni tinglagan. Harholda, u vaqtda televidenieda ham, radioda ham juda yaxshi qo‘shiqlar berilardi-da. Shundanmi, ular sog‘inch bilan kutilardi.
Bugun-chi? Endi zamon ancha o‘zgardi. Shunga yarasha qo‘shiqlar ham. Ularning ko‘pligidan qaysi birini tinglashni ham bilmaysan. Yoqqanini eshitadi-da, deyishingiz mumkin. Ammo dilga yoqadiganini topib olish kerak-da.
Qo‘shiqning ko‘pligi yaxshi. Yaxshi qo‘shiq bo‘lsa, bosh ustiga. O‘ylab ko‘ring-chi, bugungi yaratilayotgan qo‘shiqlarning yaxshisi ko‘pmikin, yomonimi? Umuman olganda, qo‘shiqning yomoni bo‘lmaydi. Yomonmi, demak, u qo‘shiq emas. Nima dedingiz?

LIBOSINGIZ KIMNIKI?

Qo‘shiq, avvalo, ohangi bilan go‘zal. Undagi musiqa qanchalik yaxshi va dilga yaqin bo‘lsa, qo‘shiq shuncha muvaffaqiyatli chiqadi. Musiqa — qo‘shiqni bezab turuvchi libos. Libosning mos kelgan-kelmaganligini san’atkor bilishi kerak. Bo‘lmasa, «libos egasi»ni elga ko‘z-ko‘z qilishdan ne foyda?
Hozir yarashsayu yarashmasa, duch kelgan «libos»ni qo‘shiqqa «kiydirish» hollari ko‘p uchramoqda. Ya’ni, musiqasi matnga mos kelmaydigan qo‘shiqlarning sanog‘i ortib boryapti. Hijron mavzusidagi she’rlarni sho‘x musiqa bilan qo‘shiq qilib barmoqni qarsillatib o‘ynayotgan xonandani tushunolmaysiz: yo yoridan ayrilganiga xursandmikan? «Muxlislar»i ham unga «hamdardlik bildirib» raqsga tushyaptilar.
Endi xorij qo‘shiqlarining musiqasini ko‘chirib olib, unga matn (she’r emas) yozib aytadiganlar ham ko‘payib qoldi. Hozir hindcha yoki turkcha qo‘shiq tinglayman, deb zavq bilan o‘tirganingizda, birdaniga o‘zbekcha so‘zlar yangray boshlaydi. Hayron bo‘lasiz — boshqa qo‘shiq qo‘yib yuborildimikan?! Yo‘q, yana o‘sha musiqa, keyin o‘zbekcha so‘zlar: «sevar edim», «kelmading, jonim», «qomatlari barno yor, qilding meni xoru zor»... Tutaqib ketasiz. «Libos»ni «ijara»ga olgan ekansiz, aytib qo‘ymaysizmi? Birovning libosi yarashsa ham, baribir, birovniki-da, o‘zingiznikidan qo‘ymasin.
Yana bir qo‘shiq eshitiladi. Qiziq, uning «libos»i kimniki ekan? Ishqilib, o‘zinikimikan?

KLIPLAR NEGA BIR XIL?

Efir orqali namoyish etilayotgan kliplarni tomosha qilgandirsiz. Bir kunda qancha-qancha klip beriladi, axir?!
Yaxshi ishlangan klip, albatta, ko‘pchilikka yoqadi. Qo‘shiq mazmunini boyitish, ta’sir doirasini kuchaytirishda klipning ahamiyati kattaligini e’tirof etamiz. Ammo badiiy jihatdan past, mazmunan sayoz ishlangan kliplar-chi? E’tibor bergan bo‘lsangiz, juda ko‘p kliplar deyarli bir xil. Muhabbat haqidagi qo‘shiqlarga ishlangan kliplar ba’zi muxlislarga yod bo‘lib ketgan. Klipi uchun qo‘shiq eshitadiganlar ham topiladi. Ularning stsenariysi haqida qisqacha aytib o‘tsak. Albatta, chiroyli qiz bo‘ladi. Uning «oshig‘i» rolida kelishgan bir yigit. Voqealar tizimi (agar uni bor deyish mumkin bo‘lsa) hind kinolaridagidek ko‘pchilikka oldindan ma’lum: yo qiz boshqasini yaxshi ko‘radi, yo yigit... Yoinki ularning ra’ylariga ota-onalari qarshi chiqishadi... Yo bo‘lmasa, qahramonlardan biri avtohalokatga uchraydi. Qisqasi, qo‘shiqlar singari kliplar ham bir-biriga juda-juda o‘xshaydi. «Serial-klip»lar ham paydo bo‘ldi. Bunga sabab nima? Klip rejissyorlarimi yoki xonandalarning o‘zlari shuni xohlashadimi? Ayrim kliplar (afsuski, ularning soni ko‘p) faqatgina ochiq-sochiq kiyingan qizlarning xonanda atrofida girdikapalak bo‘lib yurishi bilan o‘tib ketadi. Hadeb qator-qator mashina, dang‘illama uyni ko‘rsataverish nima uchun kerak? Umuman, yaxshi qo‘shiq uchun klip shartmi? Odatda, bitta klip ishlash uchun ham ozmuncha pul sarflanmaydi. Klip bilan qo‘shiqdagi kamchiliklarni berkitmoqchi bo‘lishar, balki.
Demoqchi bo‘lganimiz, kliplar qo‘shiqqa mos holda ishlanib, mavzuni yanada boyitishga, ijrochi dardini ochib berishga xizmat qilsin. Aks holda, ortiqcha xarajatga ne darkor?

«BOSHI YERDA, OYOG‘I OSMONDA»

Yaxshi qo‘shiq, albatta, yaxshi she’r asosiga quriladi. Tanqid qilinayotgan ko‘pgina qo‘shiqlarning matni she’r emas, uslubiy jihatdan ham, mazmunan ham g‘aliz bo‘lgan gaplar, «boshi yerda, oyog‘i osmonda» jumlalar. Fikrlarimizni tasdiqlash maqsadida misollar keltiramiz:
Harorat yonadi, yonadi,
Xayolim tonadi, tonadi...
... soya bormi yuragingda...

***

Hammadan zo‘r, boshqachasan, jonginam,
tamom qilding-ku sen meni.
Men seni, jonim seni, sevging xohlayman-ku seni,
Qanchalar azob berasan, kuydirasan-ku meni... va hokazo.
Bu haqda shoir Rustam Musurmon shunday deydi:
— Hozir ko‘pgina qo‘shiqlarning musiqasi hind, arab yoki turk ohanglaridan ko‘chirilgan. Tayyor musiqaga matn yozib, uni qo‘shiq qilib kuylashyapti. Qo‘shiqning musiqasi milliy bo‘lmagandan keyin matn ham yaxshi bo‘lmaydi, mantiqsiz jumlalar ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham matn musiqadan emas, musiqa matndan kelib chiqishi kerak.
2004—2005 yillari O‘zbekiston televideniesi «Musiqa» direktsiyasining badiiy kengashida ishlaganman. Taqdim etilgan juda ko‘p qo‘shiqlar matni sayozligi tufayli efirga berilmagan.
Fikrimizcha, o‘zbek tilini mukammal bilmasdan turib, o‘zbekcha qo‘shiq aytmaslik kerak. San’atkorlar ham, avvalo, o‘zbek tilini juda yaxshi bilishlari zarur.

SIZ BITTASIZ, LEKIN...

Xonandalar orasida ayollar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Ularning yaxshi qo‘shiqlari, jozibali raqslari e’tiborni tortmay qolmaydi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, keyingi paytlarda «Men, baribir, boshqachaman», «Men bittaman», «Hech kim menga o‘xshamaydi» qabilidagi quruq gaplar ko‘plab ayol xonandalar tomonidan qo‘shiq qilib aytilayapti. Hatto qo‘shiq orqali «Mendan go‘zal qizni onam boshqa tug‘maydi» deyishgacha borganlar ham bo‘ldi. Qo‘shiq shunchaki o‘zini ko‘z-ko‘z qilish yoki «husnda tengsiz» ekanligini aytish uchun ijro etilmaydi-ku?! Biz nazarda tutayotgan qo‘shiqlar esa, faqat shuning uchun aytilayotganday. «O‘zim bir donaman, yagonaman» deya takror-takror aytilavergandan keyin shunday xulosaga boradi kishi. Qiziq, ayollar uchun qo‘shiq aytishga bundan boshqa mavzu yo‘qmi?

Категория: Maktublar | Просмотров: 1173 | Добавил: Anahon | Рейтинг: 5.0/1 |
Всего комментариев: 1
1 ildar  
0
шащвар буларни хаммаси,хамма нарса бекорчиликдан келиб чикади,дангасалик биз узбек халкини урф-одатига айланиб бормокда,савиямиз тушиб кетган,факат уйин кулги билан умримиз утиб кетяпти,миллат равнаки,ривожига умуман эътибор йук,халк кашшоклашиб боряпти, минглаб оилалар четга иш кидириб,корин гамида узга юртларда сарсон хор булиб юришибди. уйлаб курилар

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]