AQShda Shukrona kuni nishonlandi Amerika Ovozi 23/11/2006 Amerikaliklar Shukrona kunida dasturxon atrofida yig'ilib, yaratganga shukrona aytadilar AQShda Shukrona kuni nishonlanmoqda. Har yili noyabr oyining so'nggi payshanbasida o'tadigan bu bayram ko'pchilik amerikaliklar uchun oilaviy yig'ilish va kurkali taom demakdir. Shukrona kunida jamoatchilik va oila qadrlanadi. To's-to'kinlik uchun shukr qilinadi. Amerikaliklarning Shukrona kuniga ingliz mustamlakachilari 1621 yilda asos solgan. Mahalliy hindu qabilalar bilan tinchlikka erishib, shu zamindan hosil ola boshlagan kelgindilar yangi vatan va to'kin dasturxon uchun xudoga shukr qilamiz,' deya angi an'ana boshlagan. Shukrona kunini hatto AQShning Afg'oniston va Iroqdagi askarlari ham an'anaviy dasturxon atrofida o'tirib, nishonlaydi. Ko'pchilik uchun bu ayyom mehr-muruvvat kuni. Shukrona kunida boshpanasiz va yo'qsillarning boshini silashadi.
|