Arab alifbosida "Lyli" xarflari bilan ifodalansa-da, bu ism aslida "Laylo" deb talaffuz qilinadi, "Layli" emas! Bugun Navoiyning Layli va Majnun asarini qo’limga olayotib, bitta qiziq fakt esimga tushib qoldi. To’g’ri, “Layli” so’zini Navoiy Arab yozuvida lyli xarflaridan foydalanib yozgan. Ammo u “Layli” deb emas, “Laylo” deb talaffuz qilinadi. Agar gapim yolg’on bo’lganida edi, biz “Iso”ni “Isi”, “Muso”ni esa “Musi” deb talaffuz qilayotgan bo’lardik, zero ikala ism ham Arab yozuvida -i xarfi bilan tugaydi, ammo o’qilganida -o deb o’qiladi. Kundalik xayotimizda shlatiladigan "Yahyo", "mustasno", "hatto" so’zlarning barchasi arabcha so’zlar bo'lib, yozuvda oxirgi xarfi -i bo’lib, o’qilganda barchasi -o shaklida o’qiladi. Ammo “Laylo” so’zi O’zbek tiliga kimsalarning xato translyatsiyasi tufayli “Layli” shaklida kirib kelgan. Ilova: rasmiy arab imlosida ushbu "yoy" xarfining i va y tovushini beradigan "yoy" xarfidan farqi shunda-ki, u har doim so'zning oxirida kelib, ostidagi ikkita nuqtasi yozilmaydi. "Yoy" xarfining ushbu shakliga arab tilida "alif maqsura" deyiladi, zero u sal-kam "alif"ning vazifasini bajardi. Ammo qo'l yozmalarda, shuningdek, Qur'oni Karimda "yoy" xarfi so'z oxirida nuqtasiz yoziladi. Bu esa uni "alif maqsura"dan farqlashni qiyinlashtiradi. Arab va Fors tillari O’zbek tiliga ta’siri eng chuqur bo’lgan tillardan xisoblanadi. Bu tillarni o’rganish bizni o’z tilimizning ildizlarini tushunishga yordam beradi, bizni tilimizga yaqinlashtiradi; natijada, uning jamiyatdagi o’rnini mustahkamlaydi. Kim nima desa desin, ammo “O’zlikni tanish” o’zlikimizni tashkil qiladigan elementlarni chuqur o’rganish va tahlil qilishdan boshlanadi. Ona tilimiz o’sha elementlardan biridir. O'quvchilarning mulohazalari 18 December, 2004 12:23 PM Bilasizmi Sherzod menga fikrlaringiz yoqdi, umuman jumlalaringiz ham marjondek terilgan, aniq tiniq. Va kuchli ishonch bilan aytilmoqda. Manimcha siz shunga ba'zi bir manbaa'lardan keltirsangiz sizni qalamingiz olmosdan ham o'tkirroq bo'lar ekan. Men sizni qisman taniyman lekin men filolog eki faylsuf emasman hatolarim bo'lsa uzur. Keyinroq albatta o'zimni tanishtiraman. Sherzod Ruzmetov 26 January, 2005 12:24 AM WEB: http://author.handalak.com/about-me Maqolaga ta'luqli bo'lgan Fors maqollaridan biri esimga tushdi: Layloro bo chashme Majnun boyad did. Mazmuni: Layliga Majnunning ko'zi bilan boqish kerak asror 15 April, 2005 11:58 PM WEB: http://www.navoiy.com Menga forslarning "Layliga Majnunning ko'zi bilan boqish kerak" degan ma'qoli yoqdi. Ya'ni har kim go'zallikni o'zi kashf etadi.
|