Пт, 2024.11.15, 06.41
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Ноябрь 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

Bananas zo'r bo'lishi uchun nima qilish kerak?

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 62
Главная » 2006 » Ноябрь » 21 » Yagona imlo - turkiy birlashuv yo'lidagi muhim omil
Yagona imlo - turkiy birlashuv yo'lidagi muhim omil
12.06
Qadimgi Orxon alifbosi. Ilk turkiy alifbo

Turkiy davlatlar rahbarlarining Antaliyadagi sammitida turkiy xalqlarning ta`lim borasidagi hamkorliklarini yo’lga qo’yishga alohida e’tibor qaratilgan. Lotin alifbosiga tayangan umumiy imloni yaratish ushbu yo’nalishdagi asosiy vazifalardandir. Ayni paytda turkiy davlatlardagi ta’lim asosan lotin va kirill alifbosida yuritilmoqda. Turkiy xalqlarning yagona imloga o`tishi haqidagi avvalgi tashabbuslar O`zbekiston rasmiy doiralarida kuzatilmaydi.

Turkiy davlatlar rahbarlarining milliy birlik va hamkorlikni kuchaytirish haqida bildirayotgan bayonotlari hozircha aniq bir natijalar bergani yoq, turkiy xalqlar turli alifbolarda ta’lim olishda davom etmoqda.

Markaziy Osiyoda faqat Turkmaniston lotin alifbosiga to’laligicha o`tgan. Qozog`iston prezidenti yaqinda mamlakatning lotin alifbosiga o`tish ehtiyojini o`rganib chiqish lozimligi haqida ko’rsatma bergan.

O`zbekiston lotin alifbosiga 1990-yillar boshida o’tganiga, hozirda o`rta-maktab o`quvchilari maktabni lotin alifbosida bitirayotganliklariga qaramasdan, mamlakatda rasmiy va amaliy imlo kirilldaligicha qolmoqda.

O`zbekiston 2005 yildan boshlab lotin alifbosiga mutlaq o`tishi kerak edi, keyinchalik bu qonunga o`zgartirishlar kiritilib, 2010 yilgacha cho`zilgan. Kuzatuvchilar buning sababini davlat rahbariyatining siyosiy kayfiyatida ko`rishadi.

Bu haqda demokratlar gurungi tashkiloti vakili Shuhrat Ahmedovga ko`ra, Markaziy Osiyo turkiylari faqat birlashibgina o`z madaniyatini saqlab qolishi mumkin.

“Hozir dunyoda globallashuv ketyapti. Bunday sharoitda yagona turkiy yozuv – lotin imlosi asosidagina madaniyatni saqlab qolish mumkin. Lekin prezidentimiz va uning atrofidagilar haliyam kirillda o`qishyapti, lotinni o`rganishga xohishi yo’q, shuning uchun ham 15 yil bo`lganiga qaramay lotin imlosiga o`ta olganimiz yo`q,” – deydi Shuhrat Ahmedov.

Ayni paytda lotin imlosiga o`tish borasidagi tayyorgarlik ishlari to`xtatilgan, lotin alifbosida o`qiyotgan o`quvchilar uchun adabiyotlar yetishmaydi.

Bu muammo o`zbek ziyolilarining turli munozaralariga sabab bo`lmoqda. Lotin imlosiga o`tishning nechog’lik o`rinli ekani haqida qarama-qarshi fikrlar bildirilmoqda.
Nursulton Nazarboyev Qozog'iston lotin alifbosiga o'tishini ma'lum qilgan. Maxsus hukumat komissiyasi 2007 yil 15 martigacha bu bo'yicha taklif kiritishi rejalangan
Tarixchi olim Nasimxon Rahmonga ko`ra, lotin alifbosiga o`tish haqidagi qaror o`tgan asrning 30-yillarida ham, hozir ham xato bo`lgan.

“Qozo`giston ham lotin imlosiga o`tish harakatida emas. Hamkasblar bilan aloqalashib turamiz. Ularning aytishiga qaraganda, lotin imlosiga o`tishning foydasi yo’q. Ozarbayjon yoki Turkmanistonning lotin alifbosiga o`tishiga to`xtalsak, bu o`sha vaqtdagi inersiya oqibatida bo`lgan, lekin buning bironta ilmiy asosi yoq. Keljakda nima beradi shu narsa?” – deydi tarixchi olim.

Nasimxon Rahmonga ko`ra, Yevropaga imlo bilan emas, aql bilan chiqish kerak, hozirda esa lotin alifbosi bo`yicha adabiyotlar yetishmasligi muammo bo`lib turibdi, nashr qilish katta mablag`ni talab qiladi.

Jamiyatshunos Komron Aliyevning aytishicha, lotin alifbosi mintaqa ziyolilarining kengashini talab etadi va shundagina bu boradagi muammolarni hal etish mumkin.

“O`zbekiston lotin alifbosiga o`tganda qo’shni mamlakatlarda o`qiyotgan o`zbek maktablarini darsliklar bilan ta’minlash masalasi mutlaqo inobatga olinmagan. Hozir ikkinchi xalqaro til rus tili bo`lib qolayotgani aniq, shuning uchun maktablarda ham lotin, ham kirillda o`qitib borilishi kerak. Lekin agar Qozog`istoning lotin alifbosiga o’tish borasidagi harakatlari rost bo`lsa, bu narsa boshqa davlatlarni ham lotinga o`tishini tezlashtirishi mumkin”, - deydi Komron Aliyev.

Tilshunos olim Baxtiyor Isabekka ko`ra, kirilldan lotinga o`tish jarayonining tugamaganiga ham aynan shunday qarashlarning yuzaga kelayotgani sabab.

“Lotin yozuviga o`tishni nima uchun qandaydir 50 yillik madaniy merosdan voz kechish deb izohlanyapti, tushunmayman. Lotinni bilgan odam kirillni bemalol o`qiy oladi”, - deydi Isabek.

Tilshunos olimga ko`ra, lotinga o`tish faqat siyosiy sabablar uchun, rus madaniyatini ushlab qolish uchun qilinayotgan siyosiy harakatdir.

Uning aytishicha, Qozog’iston prezidentining lotin imlosiga o`tish lozimligi haqida yaqinda bildirgan tashabbusi tahsinga sazovor.

“Qozog`iston turkiylikni umumiylashtirish uchun yaxshi qadam bosdi va bu narsa munosib baholanishi kerak”, - deydi Baxtiyor Isabek.

Mutaxassislarga ko`ra, ayni paytda hukumat siyosatining milliy ehtiyojlarga javob bermayotgani mintaqa davlatlari uchun eng dolzarb bo`lgan umumturkiy birlashuv haqidagi tashabbuslarga ham to`siq bo`lmoqda.

Категория: Maktublar | Просмотров: 978 | Добавил: Anahon | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]