Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboev o‘yinxona va qimorxonalarni respublikaning Qapshag‘ay va Shuchinsk shaharlariga ko‘chirishni taklif qildi. Prezidentning mazkur qarori haqida uning rasmiy sayti orqali xabar tarqatildi. Nursulton Nazarboev parlamentga “Ko‘ngil ochish va o‘yinxonalar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini zudlik bilan ko‘rib chiqishni tayinlagan. Qonun loyihasida 2007 yilning 1 yanvaridan ko‘ngil ochish joylari va o‘yinxonalar Olmaotaning janubiga va Ostonaning shimolidagi shaharlarga ko‘chirilishi kerak. Moliya vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, hozir Qozog‘istonda 132 qimorxona, 2 ming o‘yinxona mavjud.