Islom dini va unga munosabat Dunyodagi barcha dinlar mohiyatan quyidagi o`ziga xos xususiyatlarga ega: din dunyoga qarashda muqaddas narsalarga hurmat-izzat va qo`rquv ehtiroslarini paydo qiluvchi ta`lum ramzlar yeg`indisinning mavjud bo`lishini talab qiladi.Dunyoviy dinlarning biri islom dini eramiznning VII asrida yashagan Muhammad payg`ambar ta`limotidir. Islomga ko`ra, Olloh yagona bo`lib u butun tabiatni va jamiyatni boshqaradi. "Islom arkonlari" - bular musulmonlar rioya qiladigan besh diniy majbo`riyatlar b`lib, ulardan birinchisi "Ollohdan boshqa iloh yo`q; Muhammad Xudoning elchisi" deb ihmon keltirish. Ikkinchisi - kuunda besh marta namoz o`qish. Namozdan oldin tahorat olinadi. Namoz o`quvchi yer sharinig qaysi joyida bo`lmasin, uning juzi muqaddas Makka shahri (Saudiya arabistoni)ga qaratiladi. Uchunchisi - ramazon oyida ro`za tutish bo`lib unda kun chiqishdan to oqshomgacha ovqat eyish, ichimlik ichish ta`qiqlanadi. To`rtichisi - shariat tomonidan joriy etilgan majburiy hayr ehson qilish, ya`ni zakot berish va nihoyat beshinchisi - har bir inson imkoni bo`lsa, bir marta makkaga haj qilish zarurdir. Musulmonlar Ollohning muhammadgacha o`tgan payg`ambarlar, shu jumladan Muso va Isolar orqali odamlarga o`z kalomini yetkazib turhganiga ishonishadi. Hozirgi vaqtda islom keng yoyilib, unga e`tiqod qiluvchilarning umumiy soni dunyoda 600 million kishidan oshib ketdi. Islomning bunday keng yo`ilishini nima bilan ifodalash mumkin? buning sababini anglab etish uchun ikkita jihatni nazarda tutish lozim. Bir tomondan islom an`anaviy din hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, islom qonun qoidalari hayotning barcha jabhalariga chuqur singib ketgan mamlakatlar ham sekulyarizatsiya(jamiyat hayotida diniy ta`sirning kamayib borishi) jarayonida chetda qolmadi. Islom xuddi nasroniylik dini singari dindorlarning faoliyatini doimiy rag`batlantiruvchi din hisoblanadi. Musulmonlarning muqaddas kitobi Qur`onda "Olloh yo`lida kurash"ga da`vatlar ko`p uchraydi. Bu kurash kofirlar va musulmon jamiyatini buzuvchilarga qarshi olib borilishi lozim. Yuzlab yillar davomida islomda islohotlarning yangi avlodlari maydonga keldi va islom dini bir nechta yo`nalishlarga bo`lindi. Ortodoksal(an`anaviy) islomning asosiy yo`nalishlaridan birinchi, xorijiylar va shialar ajralib chiqdi. Xorijiylar - islomdan ajralgan ilk oqim edi. Ular barcha musulmonlarning teng huquqligi uchun qat`iy kurash olib borgan, mulkiy tengsizlikni adolatsizlik deb hisoblagan va "dindan qaytganlarga" nisbbatan murosasiz bo`lgan. Bu oqim uzoq yashamadi, biroq fundamentalistlar(aqidaparastlar)ning qayta tiklash harakatlari yuzaga kelishiga asos sodi. Boshqa bir yirik mazhab - shialik esa o`z ta`sirini saqlab qoldi. Shialar o`zkelib chiqishlarini VII asrdagi diniy va siyosiy arbob, Muhammad s.a.v. ning amakisi va kuyovi hazrati Aliga boglaydilar. Hazrati Ali o`zdavridagi hukmdorlardan yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan va Ollohga sidqi dildan xizmat qilgan deb hisoblanadi. Shialar musulmonlarni o`sha paytda hokimiyat tepasida turgan sulolalar emas, hazrati Alining avlodlari boshqa kishi lozim deb hisoblashgan. Shialik XVI asrdan boshlab Eron(avvalgi Fors davlati)da davlat diniga aylandi. Hozirgi paytda boshqa Yaqin Sharq mamlakatlari, xususan Iroq, Turkiya, Saudiya arabistoni, shuningdek Hindiston va Pokistonda ko`plab Shialar istiqomat qiladi. Biroq mazkur davlatlarda islom hokimiyati diniy ko`pchilikni tashkil qiladigan sunniylar qo`lida. Sunniylar Qur`on asosida yuzaga kelgan an`analarga amal qiladi.Ularning urf - odatlari, oz raqiblariga nisbatan murasasizlik bilan ajralib turuvchi shialarnikidan farqli ravishda turli diniy qarashlar birgalikda do`stona murosada mavjud bo`lishini nazarda tutadi.
|