Latifalar xalq og’zaki ijodining hajm jihatidan kichik nasr ko’rinishida yaratiladigan kulgili ommaviy janri hisoblahadi. “Latifa” atamasi arabcha lutf so’zidan olingan bo’lib, nozik fikrlash, yaxshilik qilmoq, muruvvat ko’rsatmoq, sharaflamoq kabi ma’nolarni anglatadi. Turkiy xalqlarda latifa janri dunyodagi xalqlar kabi juda qadimda yaratilan. Olimlar bunday janr namunalarining ayrimlari, hatto IX-XI asrlarda yaratilganini ko’rsatib o’tishgan. Professorning Hodi Zarifovning qayd etishicha latifalarning bevosita Nasriddin Afandi nomi bilan bog’lanishi asosan O’zbekistonda matbaaning paydo bo’lishi bilan, Nasriddin Afandi latifalarini kitob tarzida nashr etilishi bilan ommaviy tus oldi. Jumladan, o’zbek xalqining Nasriddina Afandi, Mulla Nasiriddin, Xo’ja Nasriddin degan nomlar bilan mashhur bo’lgan latifa qahramoni hindlarning Birbol, turklarning Jo’xa kabi qahramonlari bilan o’xshashdir. Bu qahramonlar haqidagi asarlarda podshohlar, amaldorlar, qozilar, bolalar va oila kabi mavzularning alohida-alohida turkum tarzida kelishining o’zi ham fikrimizning dalillidir. O’zbek Nasriddin Afandi latifalarida bosh qahramon o’ta hozirjavob, o’ta zukko, o’ta dono va tadbirkor inson sifatida gavdalanadi. Hayotda uni mot qiladigan hodisa yo’q va bo’lishi ham mumkin emas. Chunki dono va mutafakkir Nasriddin afandi qiyofasida butun xalqning, butun millatning so’zga chechanligi zakiy, ya’ni nozik fikrlash o’z ifodasini topgandir. Latialarning e’tiborli, tinglovchini o’ziga jalb qiluvchi fazilati shundan iboratki, ularda savol javob qilayotgan taraflar bir-birini butkul yechimi topilmas vaiyatda qoldirishga urinadilar. Bu ko’rinishdagi eng og’ir qismat asosan Nasriddin Afandi peshonasiga muhrlab qo’yilgandir. Nasriddin Afandining so’zga chechanligi shundan iboratki, u hamisha vujudga kelgan vaziyatdan o’ta chiroyli tarzda yechim topib o’z qismatiga yengillik bag’ishlaydi. Afandi latifalarida biz o’zbek xalqining asrlar davomida shakllangan kulgini sevish tabiatiga guvoh bo’lamiz. Afandi latiflari xalqimiz og’zaki ijodidagi kulgi yaratuvchi hajm jihatidan kichik go’zal durdonalar hisoblanadi. O’zbek xalqining donoligi, hozirjavobligi, o’z taqdiridagi murakkab vaziyatlarga bo’lgan vaziyatlarga bo’lgan munosabatlari haqida ma’lumot olmoqchi bo’lgan inson ana shu latifalar bilan tanishishi mumikin.