Beshinchi ummon 08 Noyabr 2006 00:46 KIM QANDAY SHIOR TANLAGAN? Mashhur olim Plutarx esa: “Harakat — hayot omborxonasi”, degan iboraga sodiq qolgan. Mendeleev: iste’dod ahli haqida: “Jon fido qilib ishlamasa, na iste’dodlar, na daholar yuzaga chiqadi”, deb aytgan. Betxoven: “Iste’dodli va mehnatga muhabbatli odamning yo‘lini hech narsa to‘solmaydi”, degan fikrlar bilan o‘z san’atini jahonga yoygan. B. Shou: “Tirishqoqlik ilm sari yagona yo‘ldir”, deya ta’kidlagan. Aksariyat mashhur kishilar hayotini kuzatsangiz, ular ma’lum bir hikmatli gapni o‘zlariga shior qilib butun umri davomida unga amal qilib o‘tganliklarining guvohi bo‘lasiz. Balki bu shiorlar ularning mashhur kishilar bo‘lib yetishishlari uchun turtki bo‘lgandir. Buyuk bobokalonimiz Amir Temur o‘z saltanatini “Kuch adolatdadir” degan g‘oya asosida qurishga harakat qilgan. Yunoniston davlat arbobi Salon: “Hech bir narsa me’yoridan oshib ketmasligi kerak”, degan so‘zlarni hamisha yodda tutgan. Frantsuz yozuvchisi Viktor Gyugo: “Ishlash va qayta ishlash zarur”, degan gapni bot-bot takrorlab yurgan. Venger kompozitori Ferents List: “Yozsang yaxshi asar yoz, bo‘lmasa yozma”, deb aytilgan so‘zlarga amal qilgan. Frantsuz shoiri va tarixchisi Alfons Lomartin: “Tanangda joning bor ekan — umid qil”, degan gapni doimo ta’kidlab yurgan. Mashhur olim Plutarx esa: “Harakat — hayot omborxonasi”, degan iboraga sodiq qolgan. Mendeleev: iste’dod ahli haqida: “Jon fido qilib ishlamasa, na iste’dodlar, na daholar yuzaga chiqadi”, deb aytgan. Betxoven: “Iste’dodli va mehnatga muhabbatli odamning yo‘lini hech narsa to‘solmaydi”, degan fikrlar bilan o‘z san’atini jahonga yoygan. B. Shou: “Tirishqoqlik ilm sari yagona yo‘ldir”, deya ta’kidlagan. Bulardan shunday xulosa qilish mumkinki, har qanday inson hayotda biror yutuqqa erishishni istasa, o‘z oldiga aniq va mustahkam maqsad qo‘ymog‘i lozim. Yuqoridagi hikmat va shiorlar buyuk zotlarning ulkan yutuqlarga erishishi uchun poydevor bo‘lgan edi deyish mumkin. Abdulaziz RUSTAM o‘g‘li
|