Пт, 2024.11.15, 07.15
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Ноябрь 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

Bananas zo'r bo'lishi uchun nima qilish kerak?

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 62
Главная » 2006 » Ноябрь » 14 » Qornimga emas, qadrimga yig'layman...
Qornimga emas, qadrimga yig'layman...
14.58
QADR TASHVISHI

Voyaga yetmagan o‘g‘limning shunchaki ta’kidi, rosti, dilimni o‘rtab yubordi:
— Oyi, siz kasbni noto‘g‘ri tanlagan ekansiz. Hozir hech kim bunaqa maoshga ishlamaydi. Oddiy aravakash ham kuniga o‘n ming topmaguncha uyi­ga kirmaydi.
Bolaga kasbingizning qanchalar xayrli, savobli ekani, obro‘si haqida tushuntirishga harkatingiz zoe ketadi. Chunki farzandimizni o‘zimizdan tashqari atrof-muhit, tengdoshlari, hisobsiz kundalik xarajatlar ham “tarbiyalab”, pishitib qo‘ymoqda.


Esimni tanimay, oq-qorani ajratmaydigan chog‘imizdan boshlab qulog‘imizga tinimsiz quyishardi: “Yaxshi o‘qigin, ilmli, bilimdon bo‘lgin. Bunday odamlar eng hurmatli sanaladi. Hammadan yaxshi yashaydi. Birovga aslo muhtoj bo‘lmaydi. Olim bo‘lsang — olam seniki!..” va hokazo.
Ota-onamizning, kattalarning so‘zi qonun edi. Hamma yerda a’lochi bo‘lishga, elning oldida yurishga harakat qilardik. Miyamizga puldor bo‘lish, davlat va mansab ketidan quvish emas, balki boriga sabr qilish, baraka tilash, eng muhimi — halol va to‘g‘rilik singari tushunchalar shunchalar qattiq singdirilgan ediki, uncha-muncha sharoit, hatto zamonaning o‘zgarishlari ham ongimizni yangilay olmadi.
Har bir davrning yozilmagan tartib-qoidalari, fuqarolari dunyoqarashida o‘ziga xoslik bo‘lar ekan. Ba’zan hozir kishining kimligi, qandayligi uning obro‘-e’tibori, ma’naviyati bilan baholanmay, topish-tutishi, moddiy ahvoli bilan o‘lchanadigan vaqtda yashayapmiz, deb o‘ylab qolaman.
Savdogar qo‘shnining do‘koniga kirganimda xaridimni o‘rab berar ekan, u gap qotdi:
— Ancha yillardan beri gazetada ishlaysiz. Oyligi­ngiz ikki yuz ming atrofida bordir-a?
Savoldan ichimda ijirg‘andim-u, unga savol bilan javob berdim:
— O‘zingizniki-chi?
— Meniki har xil. Lekin yuzdan yuqori.
Yuz, ikki yuz minglarni eshitib, kapalagim uchdi. Lekin sir boy bermadim:
— Bizniki besh yuz ming!
— Yo‘g‘-e, rostini ayting-chi.
— Aytsam — barakasi ketib qoladi!
Tavba, odamlarga hayronman. Qaerga borsam, kim bilan gaplashsam, darrov maosh bilan qiziqadi. “Ha endi olarsiz-a ancha! Axir yostiqday-yostiqday maqolalaringiz bosilib turadi!” Ba’zan hazilga olaman, ba’zan eshitmaganlikka.
Yaqinda maktabni zo‘rg‘a bitirgan sinfdoshimni uchratdim. O‘g‘il bola ekan-da, yo‘lini topib ketibdi.
— Mana qassobxonam, hayvonlarga yem sotadigan do‘konlarim bor. Uydan uch-to‘rtta buqani uzmayman. O‘g‘lim o‘tgan yili moyi artilmagan “Dons” olib berdi.
Barakalla, mehnat qilib topibdimi — qaddini ursin! Ammo bir sahifa maqolani kunu tun o‘ylab, fikrlab, yozib, qator chig‘iriqlardan o‘tkazib, chop ettirib, elga manzur etish ham osonmikan? Jurnalistdan molboqar yoki fermer chiqarish mumkindir, lekin o‘sha do‘kondor yo pixini yorgan biznesmendan jurnalist chiqarib bo‘larkanmi?!
Boriga shukr qilish, dunyoga ruju qo‘ymaslik — asl ma’naviyatli, e’tiqodi butun insonlarning a’moli. Biroq nafsi o‘pqon hoyu havaslar, ma’naviyat bilan moddiyat o‘rtasidagi keskin ziddiyatli dunyoqarashlar intilishlarga ta’sir etmasdan qolmaydi.
Qanchalik uzoqlashishga harakat qilmang, gap ilojsiz tirikchilikka, demakki, maosh masalasiga taqalaverarkan.
Voyaga yetmagan o‘g‘limning shunchaki ta’kidi, rosti, dilimni o‘rtab yubordi:
— Oyi, siz kasbni noto‘g‘ri tanlagan ekansiz. Hozir hech kim bunaqa maoshga ishlamaydi. Oddiy aravakash ham kuniga o‘n ming topmaguncha uyi­ga kirmaydi.
Bolaga kasbingizning qanchalar xayrli, savobli ekani, obro‘si haqida tushuntirishga harkatingiz zoe ketadi. Chunki farzandimizni o‘zimizdan tashqari atrof-muhit, tengdoshlari, hisobsiz kundalik xarajatlar ham “tarbiyalab”, pishitib qo‘ymoqda.
Yaxshi yashash uchun ko‘proq mehnat qilish, qo‘shimcha ish topish kerak. Bu — to‘g‘ri. Ammo hammaning qo‘lidan bunday ishbilarmonlik kelavermaydi. Boshqa sohalarda bo‘lishi mumkindir. Lekin ikkita tahririyatda ishlaydigan jurnalistning jamoaga bo‘lgan mehri bo‘linadi. Ishida unum, baraka, yuragida sidqidil xizmat bo‘lmaydi.
Qornimga emas, qadrimga yig‘layman, degan gap bor. Avvallari maosh taqsimotida mutaxassisning ma’lumoti, bilimi, mahorati, tajribasi, mehnat stajiga qarab baholanardi. Endi esa... Bir-ikki, o‘n yil ishlagan xodim bilan o‘ttiz-qirq yillik tajribaga ega muxbir ham bir xil maosh olaveradi. Mansab razryadi bir bo‘lsa bo‘ldi.
Vaqti kelsa kompyuterchi, kotibalar yo boshqa texnik xodimlar ma’lumotli mutaxassisdan ko‘proq manfaatdor. Shularni ko‘rib-bilib turgan yoshlarda oliygohlarga qiynalib kirib, o‘qish istagi pasaymaydimi? O‘qisa ham, shu sohada ishlashga yuragi dov beradimi?
Boshqa ko‘plab sohalarda bo‘lganidek, jurnalist mutaxassislarning mehnat stajiga iste’dodiga, erishgan ijodiy yutuqlariga qarab kasb toifalari berilmasligi, adolatdanmi? Shuningdek, nav­batchilik, dam olish kunlarida ishlaganlik uchun imtiyoz ustamalarning joriy etilmagani-chi? Aslida-ku, qalam egasining yumushi yigirma to‘rt soatdan ham ko‘p-ku.
Yana bir muammo. Men anchadan buyon kuzataman. Butun umrini hukumat matbuotida qora mehnatga sarflagan, tunni kunga ulab navbatchiliklar qilgan, o‘z vaqtida maqolalari bilan “shov-shuv”lar ko‘targan, el tanigan, xizmat ko‘rsatgan jurnalist bilan oddiy hisobchi yo kotiba bo‘lib ishlaganning qarilik nafaqalarida ham deyarli farq yo‘q. Nega desangiz, pensiya miqdori oylik, yillik maoshlariga qarab belgilanadi. Texnik xodim bir payt­ning o‘zida bir necha joyda ishlashi mumkin. Muxbirning esa bunga imkoni ham, iloji ham yo‘q. Ammo oqibatda ikkovining nafaqasidagi farq unchalik ko‘p emas.
Bu nimasi? Shunday ekan, umr bo‘yi aqliy zahmat chekmay, shunchaki yengilroq ish qilib yashab o‘tsa ham bo‘laverarkan-da!
Men bu bilan texnik kasb egalarini kamsitmoqchi emasman? Aksincha, qalamga suyangan, qalam kuchi bilan rizq topayotgan hamkasblarim qadr-qimmatining yuksalishini istayman.
Yana bir muhim masala xususida. Ma’lumki, har bir nashrning muassisi — egasi, ya’ni otasi bor. Bu uning “peshonasi”ga qayd etib qo‘yilgan. Bu borada ko‘plab tarmoq gazetalari xodimlariga havasim keladi. Gazetalarining saviyasi haminqadar bo‘lishiga qaramay ularning maoshlari ancha yuqori, obuna ko‘rsatkichlari ham faloncha! Bu muassislarning o‘z
nashrlariga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rliklarining natijasidir.
Viloyat, tuman gazetalarida esa ahvol boshqacha. Ular o‘sha hudud oynasi bo‘lib, butun hayotini aks ettirsalar-da, davlat va hukumat siyosatining jonkuyar targ‘ibotchisi bo‘lsalar-da, obuna masalasida hamisha qiynaladilar. O‘zlarini o‘zlari boqishning uddasidan chiqsalar-da, hamon qo‘l uchida kun ko‘radilar.
Ana shunda ota-muassisning g‘amxo‘rligi nechog‘li ahamiyatli ekani seziladi.
Yigirma yillik ish tajribamda shu haqiqatga amin bo‘ldimki, jurnalistlikning qattiq nonini yeb, eson-omon nafaqa yoshiga yetib olish ham mushkul ekan. O‘tgan yillar davomida birga ishlab, bir havodan nafas olib turgan o‘nga yaqin hamkasbimizning taqdiri shunday yakun topdi! “Kuy avjida torlari uzildi”.
Ammo ko‘nglimda bir taskin paydo bo‘ladi. Nima bo‘lganda ham qudratli ulug‘ Alloh bizga o‘zimizning va o‘zgalarning manfaati yo‘lida qalam kuchi bilan aziyat chekishni buyurgan ekan, shuning o‘zi katta Baxt, ulug‘ Imkon. Ana shu amalni halol bajarar ekanmiz, tansiq ne’mat — qalb xotirjamligiga muyassar bo‘lg‘usidirmiz. Axir Mustaqillikni mustahkam ushlab turuvchi ustunlardan biri, yomon ko‘zlardan, nosiq so‘zlardan asraguvchi Siz bilan biz emasmi, aziz Hamkasb?!
Risliqxon MAJNUNOVA,
“Namangan haqiqati” gazetasining
maxsus muxbiri
Категория: Maktublar | Просмотров: 986 | Добавил: Anahon | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]