Пт, 2024.11.15, 07.53
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Ноябрь 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

Bananas zo'r bo'lishi uchun nima qilish kerak?

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 62
Главная » 2006 » Ноябрь » 14 » ASLIDA BOSHQACHA BO‘LGAN...
ASLIDA BOSHQACHA BO‘LGAN...
14.51
ASLIDA BOSHQACHA BO‘LGAN...
Shundan so‘ng ushbu avtomobilda yo‘lovchi sifatida bo‘lgan fuqaro kelib: “Senlar nega yo‘lning chetiga yashirinib olgansanlar, haydovchining haydovchilik guvohnomasini qaytarib beringlar, men jurnalist­man, sendaqalarning nechtasini pogonini yuldirib tashlaganman”, deb do‘q urib turib olgan. YPX inspektori I. Usmonov haydovchiga ma’muriy bayonnoma tuzganligini, haydovchilik guvohnomasini qaytarib bera olmasligini aytganidan so‘ng ular ketishgan.
Jurnalist To‘ra Bek To‘razodaning gazetada bosilmagan “Yo‘l tuzarmi yoki yo‘l to‘sar” sarlavhali maqolasi Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasida atroflicha o‘rganib chiqildi.
Mazkur maqolada ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida quyidagilar aniqlandi: 2006 yil 3 sentyabr kuni Toshkent viloyati IIB YHXB YPXB
2-otryad YPX inspektori katta serjant Usmonov Ilhomjon Ubaydullaevich, ushbu otryad YPX inspektori katta serjant Isaev Alisher Turg‘unovich bilan Bo‘ka tumani Turkiston sh/x hududida xizmat o‘tashayotganda “Tiko” rusumli, davlat belgisi
12 A 32 32 avtomobili haydovchisi yo‘l harakati qoidasining 12.2 bandi “Aholi yashaydigan joylarda transport vositalari tezligini soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishiga ruxsat etiladi” talablarini buzib, 78 km/soat tezlikda harakatlanib kelayotganligi uchun to‘xtatgan. YPX inspektori I. Usmonov haydovchining oldiga borib qo‘lini bosh kiyimiga qo‘yib o‘zini tanishtirgan, to‘xtatish sabablarini tushuntirgan. Haydovchi B. Abdukarimov aybini tan olib, shoshib ketayotganligini bildirgan. Shundan so‘ng unga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Ma’muriy bayonnomaga “tezlik 78” deb yozib qo‘yilgan.
Shundan so‘ng ushbu avtomobilda yo‘lovchi sifatida bo‘lgan fuqaro kelib: “Senlar nega yo‘lning chetiga yashirinib olgansanlar, haydovchining haydovchilik guvohnomasini qaytarib beringlar, men jurnalist­man, sendaqalarning nechtasini pogonini yuldirib tashlaganman”, deb do‘q urib turib olgan. YPX inspektori I. Usmonov haydovchiga ma’muriy bayonnoma tuzganligini, haydovchilik guvohnomasini qaytarib bera olmasligini aytganidan so‘ng ular ketishgan. Oradan taxminan 40 daqiqalar o‘tgandan so‘ng ular yana qaytib kelib, haydovchining haydovchilik guvohnomasini qaytarib berishni talab qilgan, agar qaytarilmasa, ustlaridan arz qilishini bildirgan. YPX xodimlari unga ma’muriy bayonnoma haydovchi aybini tan olgani uchun tuzganligi, haydovchilik guvohnomasini yashash joyidan YHXB ma’muriy amaliyot bo‘limidan olishini qayta tushuntirgan. Shundan so‘ng yo‘lovchi To‘ra Bek To‘razoda: “Baribir ustlaringdan arz qilaman”, deb ketgan.
Maqolada aytilgan “Barer-2M” rusumli tezlik o‘lchagich asbobidan ichki ishlar idoralarida umuman foydalanilmaydi. Hozirgi kunda faqat “Iskra-1” va “Barer-2U” rusumli tezlik o‘lchagich asbobidan foydalanishga ruxsat etilgan.
2006 yilning 3 sentyabr kuni YPX inspektori I. Usmonovga “Iskra-1V” rusumli tezlik o‘lchagich asbobi biriktirilgan bo‘lgan. Ushbu “Iskra-1V” rusumli 8312 raqamli tezlik o‘lchagich asbobi 2006 yilning 18 may kuni “O‘zstandart” agentligi metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi tomonidan tekshirilib, Davlat qiyoslovi haqidagi TV-1/8-raqamli guvohnoma berilgan va foydalanishga yaroqli deb topilgan.
Tekshiruv jarayonida ins­pektor I. Usmonov tomonidan fuqaro B. Abdukarimov sodir etgan huquqbuzarlik yuzasidan rasmiylashtirilgan UZ-05 seriyali
11-872659-sonli ma’muriy bayonnoma IIVning me’yoriy hujjatlari talablariga to‘g‘ri va asosli deb topildi.
O‘z navbatida, YPX inspektorlari I. Usmonov va A. Isaev xizmat o‘tashlari lozim bo‘lgan YPX maskaniga bormasdan, ish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida yo‘lda tezlik o‘lchagich yordamida transport vositalari harakati ustidan nazorat olib borishgan. Ularni bunday xatti-harakatlari Toshkent viloyati IIB YHXB YPXB 2-otryad shaxsiy tarkibi orasida muhokama etilib, tegishli choralar ko‘rildi.
Shuningdek, rahbariyat tomonidan kelgusida shaxsiy tarkib orasida bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik borasida nazorat kuchaytirildi.
M. ADILOV,
Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
Категория: Maktublar | Просмотров: 1200 | Добавил: Anahon | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]