Пт, 2024.11.15, 07.40
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Ноябрь 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

Bananas zo'r bo'lishi uchun nima qilish kerak?

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 62
Главная » 2006 » Ноябрь » 13 » Obid Asomovning dardi bitilgan maktub
Obid Asomovning dardi bitilgan maktub
19.55
Obid Asomovning tushuntirish xati

Maqolani o'qish uchun chap tarafdagi suratga bosing

Respublika paxtakorlari qurultoyi qatnashchilariga katta konsert berilib (Navoiy teatrida) unda Respublika xukumatining o’sha davrdagi rahbarlari ham qatnashayotgan edi. Yusufjon Qiziq bilan Oxunjon Qiziq har xil kinoyali gaplar bilan xalqni kuldiryapti. Nomer tugagach, sahna ortiga o’tishsa rejissor qovog’idan qor yog’ib – "...nima, bu sizlarga choyxonami? Sahna bu muqaddas! Necha marta aytish kerak, sahnada ramkadan chiqmanglar, deb?..." Qiziqchilarni kayfiyati tushib ketdi. Konsert dasturida ularni yana bir chiqishlari bor edi. Navbatlari kelganda rejissor yana bir qaytardi: "Bola-chaqamiz bor, iltimos ramkadan chiqmanglar! "

Parda ochilganda Yusufjon Qiziq va Oxunjon Qiziqlar bo’ynilariga bittadan rasm ramkasidan osib olib, kallalarini xam qilib o’tirar edilar. Sukunat ancha davom etdi. Xalqni sabri tugab, shovqin boshlandi. Rejissor sahnaga chiqib, - "Bu nima qilganlaring 10 daqiqa bo’ldi, nega jimsizlar? "– dedi. "Axir o’rtoq rejissor, ramkadagi odamdan qanday kulgi chiqadi" - deya javob berishdi qiziqchilar.

Zalda o’tirgan Yo’ldosh Oxunboboev o’rnidan turib shunday dedi:

- Qiziqchilar bo’ynidagi ramkalarni olib tashlang, ular beramka gapirmasa xalq kulmaydi!

(Oxunjon Xuzurjonov esdaliklaridan Xalq merosi nashriyoti 1993 yil)

"San’at komillik yo’limi?" maqolasi muallifi
Toshkent Davlat Yuridik Instituti
o’qituvchisi Gulira’no Boboevaga

Tushuntirish xati.

Avval boshi sizga shuni ma’lum qilmoqchimanki, sizni maqolangiz bizni “O’zbeknavo” otliq ishxonamizda katta shov-shuvga sabab bo’ldi.Men viloyatda gastrol safarida edim. Telefon qilib qolishdi. - Nima bo’ldi? – desam, - tez kelib tushuntirish xati yozib ketar ekansiz, gazetada sizni ham yozishgan! Darhol gazeta sotadigan joydan “Xalq so’zi”ni olib, o’qib chiqdim. Jinoyatim uncha katta emas ekan, bor yo’g’i 500 so’m bilan qo’lgan tushibman. Shuning uchun tushuntirish xatini ishxonaga emas, sizga yozishga axd qildim.

Yuridik sohasida bilimingiz puxtaligiga shubham yo’q, axir domla ekansiz(darvoqe, Valijon Shamshiev degan hamkasbimiz ham sizlarda tarbiya oladi). San’at, xususan qiziqchilik sohasidan ham ozgina tushuncha berib qo’ymoqchiman, bepul.
Xo’sh, bir chekkadan boshlasak, qisqagina ma’lumot: qiziqchilik va askiyachilik boshqa-boshqa. Sizlarni tilingizda sudya bilan prokurordek. Ya’ni, siz nomlarini zikr qilgan men Obid Asomov, Shukrullo Isroilov(Mirzo teatrini aktyori, ukamiz) qiziqchilarmiz! Sahnada qiziqchilik qilamiz, askiya aytmaymiz! Askiya, soddaroq tushuntirsam odatda ko’pchilik bilan mavzu tanlanib, shuni atrofida ko’p ma’noli so’zlar bilan kuldiriladi. Va oxir oqibat raqiblardan biri g’olib keladi. Askiya (Zakiy so’zini ko’pligi, “tiniq zehnga ega” degan ma’noni beradi) odatda sayillarda, Navro’z bayramlarida, bazm, ya’ni sunnat to’ylarida aytiladi. Ikki-uch kishi gohida 10 kishi! Biz monolog, latifa, kimningdir boshidan o’tgan qiziq voqealarni, xalqdan olib, xalqqa yetkazamiz, xolos.
(O’zim haqimda qisqacha ma’lumot 1980 yildan beri qiziqchilik bilan shug’ullanib kelaman)

Endi aynana sizni e’tiboringizga kelsak, Yulduzxon bilan 20 yillik do’stmiz. Har yili konsert dasturlariga chaqiradilar. Kamina esa baholi qudrat, gohida 10 daqiqalik, gohida ikki marotaba 15 daqiqadan (har yili har xil) chiqish qilaman. Sizni g’azablantirgan gul haqidagi hazilimni 4-5 yildan beri ko’p tomoshalarda ishlatganman. Sababi, bizga o’zi 10 daqiqa vaqt berilgan! Sahnaga chiqish bilan hali gapirmasdan gul chiqishni boshlaydi. (ayniqsa yosh bolalar orqali) va siz gapingizni to’xtatib, gul olishingiz kerak, tomoshabinni hayoli buziladi. Vaqt esa ketyapti, yana kimdir rasmga tushmoqchi bo’ladi. Asli madaniyatli, rivojlangan mamlakatlarda gul tomosha tugagach, keyin topshiriladi. Bizda o’zbekchilik. Germaniya, Rossiyada ko’zim bilan ko’rganman, uyali telefonlarni o’chirib keyin kiritishadi, tomosha zaliga, rasmga olish mumkin emas! Konsertdan keyin marhamat, lekin PULLIK! Turkiyada Ibrohim Totlisas bilan rasmga tushish 20$! O’sha pul emas, pul beraqolinglar degan hazilni paydo bo’lishidan maqsad tomoshabin iloji bo’lsa, sahnaga chiqmasa (qo’pol qilib aytganda halaqit qilmasa) ya’ni, men sahnada – O’rtoqlar iltimos, men gapirmayotganda gul olib chiqmasin hech kim, sizlar arzonga sotib olgan gullar kechagi konsertdan qolgan! Plastmas gullar esa odatda xristianlar mozori ustiga qo’yiladi, artistga berilmaydi! Umuman kechgi konsertlarga yosh bolalarni olib kelish yaxshi emas! – desam, bu qiziqchilik emas “otalar so’zi, aqlning ko’zi” bo’lib qoladi va berilgan o’n daqiqa tugaydi. “Turkiston” saroyida kimdir 500 so’mdan olib chiqib berdi deb yozibsiz, maqolangizda. Meni hayron qoldirgan narsa birinchidan 500 so’mligini qaydan bildingiz (sahna bilan tomoshabin orasida anchagina masofa bor), ikkinchidan 500 so’mniku kimdir rozi bo’lib beribdi., siz nega siqilasiz! Ustoz Orif ota Alimqulov aytardilar – o’g’lim san’atkorni xalq boqadi, 1 so’mdan bersa to’ydiradi, bir mushtdan ursa o’ldiradi, - deb. San’atkorlarga e’tiqod qilish masalasida mening shaxsiy fikrim san’atkor payg’ambar emas (ruschasiga ideal emas demoqchiman). Biz ham sut emgan bandamiz. Faqat yaratgan ozgina san’atni yuqtirgan xalos. Shukrullo ukamiz aytgan latifa xususida shuni aytishim mumkinki, bu juda eski latifa, rus qiziqchilari 10 yildan beri biri olib, biri qo’yib aytib yurishibdi, Rossiya sahnalarida. Lekin rus mintaliteti bilan bizni mintalitetimiz orasida juda katta farq bor. Ya’ni, uyat, andisha, oriyat, odob deganlari o’zbekni qon-qonida! Shukrullo ukamiz shuni xisobga olmagan ko’rinadi! U yog’ini so’rasangiz o’sha bachkana latifa, beparda kulguni ham xaridori shinavandasi bor, bo’lmasa shuncha latifalar sahnalarda aytilarmidi?! Shou-biznes degan gapni eshitgansiz! San’at ham bir bozor! Bema’ni, ya’ni, ma’nosiz qo’shiqqa xaridor bormi, darrov bozorga yetqazib, keragicha sotiladi. Bema’ni latifaga xaridor bormi – marhamat! Bozor iqtisodi – bu! Xo’p, biz nima qilaylik yoqmasa, - deyishingiz aniq! Afisha, e’lonlar radiodan, televizordan bekorga reklama qilinmaydi. Yoqmaydigan san’atkormki? – bormaysiz! Bozor! Yoqsa olasiz, yoqmasa boshqa bozorni ko’rasiz! Xo’sh, endi “Shovvozlar” guruhi debsiz! E, bunaqa guruhlarning son-sanog’i yo’q. To’ylarga kam borsangiz kerak, endi ko’ribsiz. Ular ham aytib qo’yay, bekorga kelmagan, pulga, to’y egasini bergan puliga kelgan. Demak, o’sha sizga yoqmagan “Voy erim keldi” degan latifa to’y egasiga yoqqan va u pul to’lab olib kelgan shu “artist”larni! Yurakni kengroq qiling, hurmatli yurist!
O’zbek ayoli iffatini, oriyatini yozibsiz. Bu bor yo’g’i latifa, lekin latifa ham hayotdan olinadi.”Afandi ko’chada ketayotsa, qo’shni ayol qoshini qoqib, imo bilan uyiga taklif qilibdi. Afandi ham erkak, darrov ko’nib, endi ichkari kirgan ekan, boyagi ayolni eri kelib qolibdi. Jon shirin, qochish kerak, iloji yo’q! Ayol ustalik qilib, Afandini moy juvozgi eshshak o’rniga bog’lab qo’yibdi. Bechora Afandi ertalabgacha juvozni aylantirib chiqibdi. Ertalab amallab qochib qolibdi. Oradan bir haftalar o’tgach, haligi ayolning o’g’li Afandini uyiga chiqib, - “Sizni onam chaqiryaptilar, kechqurunga, - desa, Ha, yog’ing tugadimi o’g’lim?” degan ekan. Bu latifaga kamida 100 yil bo’lgan. Endi sizga savol – qani o’zbek ayolini iffati, oriyati? Badiiy kengash o’sha Afandi davrida ham bo’lmagan, hozir ham kerak emas! Kengash a’zolarini qorni yo’q deysizmi? Yaxshi eyishni, yaxshi kiyinishni xohlaydi ular ham. Televidenieda bor badiiy kengash, xo’sh, hamma ko’rsatilayotgan qo’shiqlar zo’r saviyadami? Gapni ketini gap ochadi. Qo’ying men boshlamay, chuqurlashib ketamiz. Menimcha badiiy kengash har bir san’atkorni ichida bo’lishi kerak. Yoshlarni san’at orqali tarbiyalashga kelsak, ertalab ko’zini ochgan bola televizordan nimani ko’radi? “Tom va Jerri”ni, “Chip va Deyl”ni, “Monstrlar”ni, “Chelovek pauk”ni, ketidan “Oshin”, “Esmeralda”, “Qish sonatasi”, chalasiga “Brigada”, “Qora bumer”, “Banditskiy Peterburg”larni.
“Noxotpolvon”, “Muqbil toshotar”, “Bunyod”, “Zumrda va Qimmat” qani? “Uch og’a-ini botirlar”chi? Siz bo’lsangiz milliy qadriyat deysiz. Men o’zim shaxsan oltita o’zbek ijodkorlari yaratgan milliy multfilmga ovoz berganman. Qani? Televizordagi SMS tanlovlarni aytmaysizmi? Shu qo’shiqqa ovoz bering!!! U xonandani o’zi birinchi ko’rishim, qanday ovoz beraman? SMS televideniega mo’maygina daromad keltiradi. Har bitta SMS - pul! Endi ashulachi qizlarni kiyinishi haqida indamayman, insofini o’ziga bersin! Feruzani qo’shig’iga kelsak bir binoyi xalq qo’shig’i Respublikamizni eng katta sahnasida o’sha siz aytgan kengashdan o’tib aytilgan. Yer yuzini 54 mamlakati ko’rib tushungan siz o’zbek, ziyoli yurist bo’lib tushunmadim desangiz uyat bo’lar?!
Adabiyot kitoblarini ham o’qishni maslahat berardim sizga. Bu xalq qo’shig’iku. Hazilni tushunish ham Allohdan berilgan inom! Hazil qo’shiq, hech nimaga sha’ma qilinayotgani yo’q. Qisqasi hurmatli Gulira’no Boboeva maqol bilan gapirsam, kengga keng dunyo-torga tor dunyo! Ustozlarni nomini tilga olibsiz. Lekin faqat o’lganlarni emas, tiriklarni ham qadriga yetish kerak. Yo’ldosh A’zamov buyuk rejissor, lekin Jahongir Qosimov, Zulfiqor Musoqovlar kam emas, o’zbek kinosini dunyoga tanityapti. Tamaraxonim, Halimaxonimni yozibsiz. Yulduzxonchi? - Gollandiyada o’zbekcha “Dunyo” kuylagan Butun dunyoga! Yulduz desa, o’zbek deydi. O’sha sizga yoqmagan Feruzani Afg’oniston, Pokiston, Eron, Amerika, Saudiya Arabistonida millionlab shinavandalari bor. O’sha bemaza Shukrulloni ikki-uch marotaba Amerika o’zbeklari Navro’zga chaqirganlaridan xabaringiz bormi? Maqtanishga yo’ysangiz ham aytay: Yusufjon qiziq 1937 yili Moskvaga borib, Rossiyani kuldirgan ekanlar, kamina 3 yildan beri “Anshlag”, “Krivoe zerkalo”, “Smexopanorama”larda chiqib, o’zbekda ham qiziqchi borligini isbot qilib kelyapman. Ruschasiga “V sporax rojdetsya istina” degan maqol bor. Bu mening shaxsiy fikrlarim edi. Siz fikringzini aytdingiz, men o’z fikrimni aytdim. Baho berish gazeta mushtariylari(sayt foydalanuvchilari)ga havola. Menimcha millat ma’naviy yetuk bo’lishi uchun har bir soha egasi o’z joyida o’z kasbini halol bajarishi kerak. Hofiz ham, qiziqchi ham, domla ham, yurist ham.
Xatimni eski latifa bilan tugatsam: Bir odam gunoh qilib qo’yibdi-yu, ishi qozixonaga tushibdi. Oldindan borib qoziga uchrashib, ishni meni foydamga hal qilasiz, - deb, qirq tanga pora beribdi. Da’vogar ham undan bexabar yuz tanga porani qoziga berib ishni to’g’ri ko’ring deb ketibdi. Ertasi hamma yig’ilgan, ish ko’rilyapti, qozi mujmallanib, dovdirab gapirayotganmish,. Qirq tanga bergan odam jahli chiqib – Qozi domla qirqqib-qirqqib gapirmaysizmi (qirq tangaga sha’ma qilib) desa, Qozi “Qirqqib gapirardim bu kishini yuzidan o’tolmayapmanda”, - degan ekan.
Bu latifa, yana noto’g’ri tushunmang, iltimos!

Matbuotning epchil hodimlari va jurnalistlar diqqatiga: Saytimizdagi malumotlardan foydalanaganingizda bir o'g'iz ruxsat so'rashni unutmasangiz, iltimos!

Hurmat bilan, Obid Asomov.

Категория: Maktublar | Просмотров: 1513 | Добавил: Anahon | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]