Obid Asomovning tushuntirish xati. 2006 yil may oyida "Xalq so'zi" gazetasida "San'at komillik yo'limi?" nomli maqola chop etildi. Ochig'ini aytsam maqola muallifidan sira hafa bo'lganim yo'q, chunki har kimni o'z shaxsiy fikri bor! Maqolani o'qiboq ertasi kuni javob xatini qog'ozga tushirdimu, "Xalq so'zi" tahririyatiga yugurdim. Tahririyat hodimlari: - Javob xatingizni albatta gazetamizda chop etamiz" deb "qo'ynimni puch yong'oqqa to'ldirib" hursand qilib jo'natib yuborishdi. Mana 3 oy ham o'tayaptiki ushbu maqola chop etilgani yo'q. Maqolaga javob hatini o'z saytim orqali shinavandalarim e'tiboriga taqdim qilaman. Obid Asomov