Пт, 2024.11.15, 08.32
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Октябрь 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

Sevib qolish uchun qayer qulay?

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 91
Главная » 2006 » Октябрь » 22 » Amerika musulmonlari islom targ'ibotiga jiddiy yondashmoqda
Amerika musulmonlari islom targ'ibotiga jiddiy yondashmoqda
15.33
Amerika musulmonlari islom targ'ibotiga jiddiy yondashmoqda

Amerika Ovozi
16/10/2006

AQShning Minnesota shtatida dunyoning turli chekkalaridan kelgan minglab musulmonlar istiqomat qiladi. Boshqa muhojirlar singari ro’zg’or tebratadilar. Biroq hozirda bu jamoa oddiy amerikaliklarga islomning asl mohiyatini tushuntirishni ham asosiy vazifa deb hisoblaydi.

Bolalar shifokori Haydar Muhammad Xon 30 yil oldin Hindistondan Qo’shma Shtatlarga ko’chib, Minneapolis shahrida panoh topgan. O’sha paytlarda namoz o’qish uchun joy topish mushkul edi. Hozir esa bunday joylar yetarli, deydi u.

“Shaharda juma kunlari namozxonlar uchun 25-30 ta maxsus joy hozirlanadi. Bu yerning o’zida 12 masjid bor.”

Blumington shahridagi musulmonlar markazi rahbari Ikrom ul-Haqning aytishicha:

“Minnesotaning o’zida 33 ga yaqin musulmon tashkiloti va 21 ta masjid bor. Maxsus tashkilot oilada zo’ravonlikka uchragan qiz-juvonlarlar muammosi bilan shug’ullanadi. Oilalar boquvchisini, turmush o’rtog’ini yo’qotgan holatlarda biz yolg’iz qolganlarni turar-joy bilan ta’minlaymiz. Ayrim tashkilotlar odamlarni ish bilan ta’minlab, moliyaviy qo’llab-quvvatlaydi.”

Bu idora va tashkilotlar Minnesotada yil sayin kattalashib borayotgan musulmon jamoasiga xizmat qiladi, deydi ul-Haq.

“1998 yilgacha Minnesotada musulmon jamoatchiligi taxminan besh-olti m ming kishidan iborat edi. 1998 yilda shtat aholisi 70 mingdan ortiq somalilik muhojirga ko’paydi. Oradan ko’p o’tmay Bosniya va Kosovodan yana 15 ming odam ularning safiga kelib qo’shildi. Ularga siyosiy boshpana berildi. Menimcha, norasmiy hisob-kitoblarga ko’ra, Minnesotada musulmonlar soni 150 mingdan ortadi.”

2001 yilning 11 sentyabrida Nyu-York va Vashingtonda ro’y bergan terror hujumlari Amerikada yashayotgan barcha musulmonlar kabi Minnesota musulmon jamoasiga ham ta’sir etmay qolmadi. Haydar Xonning ta’kidlashicha, hukumat mahalliy musulmonlarning bak hisobotlarini tekshira boshladi.

“11 sentyabr voqealaridan so’ng bizning huquqlarimiz turli yashirin, pinhona yo’llar bilan poymol etildi. Fikrimcha, bu butun Amerika xalqini tashvishlantiradigan masala.”

Musulmon yetakchilar atrofdagi insonlarga islom haqida imkon qadar ko’p ma’lumot berish zaruratini his qilmoqda.

“Masalan, biz Islom tadqiqot guruhiga asos soldik. Guruh maktab va cherkovlar bilan ishlaydi. Masjidlarga boshqa din vakillari taklif qilinmoqda”, - deydi musulmonlar markazi rahbari janob ul-Haq.

Shuningdek, amerikalik musulmonlarni huquq va majburiyatlardan ogoh qilishga ehtiyoj sezildi, deydi Minneapolisdagi musulmonlar jamiyati imomi Asad Zamon.

“Yilda bir marta o’tkaziladigan Musulmonlar kunida esa rasmiylar bilan uchrashib, “Biz musulmonmiz. Biz sizning vakolatingizdagi hududda yashaymiz. Saylovchi sifatida bizni quyidagi masalalar tashvishlantiradi”, deb ochiq aytamiz.”

Категория: Maqolalar | Просмотров: 999 | Добавил: Anahon | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]