Пт, 2024.11.15, 08.56
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Октябрь 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

Sevib qolish uchun qayer qulay?

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 91
Главная » 2006 » Октябрь » 22 » Angliyadagi voqealar
Angliyadagi voqealar
01.24
Mazkur yilning 26 sentyabridan 2 oktyabrigacha OBID ASOMOV Angliya poytaxti - Londonga tashrif buyurdi. Bir o'zi emas o'zbek estrada yulduzi Samandar Hamroqulov bilan, o'zidan o'zi emas - "Chaqirilmagan joyga yo'nilmagan tayoq" deganlaridek, balki shaxsan Shaxzoda Charlz va onalari Qirolicha Elizavettaning taklifiga binoan.

O'zbekiston xavo yo'llarining "Boing 767" xavo kemasi Toshkentdan ko'tarilib 8 soatdan keyin eson omon Londonning chekkasidagi Xitrou aeraportiga qo'ndi. Aeraportda Obid Asomovni Angliya qirolichasi Elezavetta va Shaxzoda Charlz kutib olishmadi. Chunki Qirolicha qarichilik qursin eslaridan chiqib qolibti (skeleroz). Shaxzoda Charlz esa yaqinda uylangan, xotinlari javob bermabtilar.
Lekin O'zbegimdan qo'ymasin! Sa'natkorlarimiz ko'chada qolishgani yo'q!

Ularni O'zbekiston Elchixonasi vakillari va Angliyada o'qiyotgan, ishlayotgan xullas yashayotgan vatandoshlarimiz juda katta tantana bilan kutib olishdi.

Sa'natkorlarni birinchi xayron qoldirgan narsa ular chiqqan avtomobilda sho'pir yo'qligi edi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha Angliyada yo'l xarakati sag'al boshqacharoq, ya'ni sho'pir o'ng tarafda o'tirar ekan.

Sa'natkorlarimiz yaxshilikka-yaxshilik deganlaridek vatandoshlarmizni mexmondo'stligiga javoban Londonning katta restoranlaridan birida juda chiroyli konsert berishdi.

Konsert 4 soatdan oshiq davom etdi.

Samandarni qo'shiqlariga o'ynamagan, Obid Asomovni gaplariga kulaverib ko'zlaridan yosh chiqmagan odam qolmadi.

Ertasiga esa sa'natkorlarimizni Tyusso xonim uyiga taklif qilishdi. U yerda dunyoni jamiyki mashxur insonlari bu ikki sa'natkor bilan rasmga tushish sharafiga muyassar bo'lishdi.

Yuqorida siz rasmlardan bazilarini ko'rdingiz, qolganini Saytning Foto galereyasida ko'rishingiz mumkin.

"London zo'r" -deydi Obid Asomov. Lekin Toshkentga Gap-yo'q!!!

Категория: Habarlar | Просмотров: 829 | Добавил: bananas | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]