Пт, 2024.11.15, 10.15
SITE LOGO

 

Меню сайта
Разделы новостей
Habarlar
Maktublar
She'rlar
Hikoyalar
Latifalar
Maqolalar
Kim? qachon? Qaerda?
G'oya mualiifi Maryamjon Bobojonova
Календарь новостей
«  Октябрь 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Поиск
Друзья сайта
Статистика
Наш опрос

Saytimizni baholang

[ Natija · Arkhiv ]

Javoblar: 247
Главная » 2006 » Октябрь » 18 » TURK YOZUVCHISI — NOBEL MUKOFOTI SOHIBI
TURK YOZUVCHISI — NOBEL MUKOFOTI SOHIBI
12.40
TURK YOZUVCHISI — NOBEL MUKOFOTI SOHIBI

2006 yilgi adabiyot sohasidagi xalqaro Nobel mukofoti turk yozuvchisi O‘rxon Pamuqqa berildi. Besh roman va yana ko‘plab nasriy asarlar muallifi bo‘lgan O‘rxon Pamug‘ nafaqat Turkiya, butun dunyo­da nom qozongan ijodkorlardan biri.
Nufuzli mukofotning adabiyot yo‘nalishidagi bu yilgi tanlovi qizg‘in o‘tdi. Nobel mukofoti uchun O‘rxon Pamug‘dan tashqari amerikalik Filipp Ross, isroillik yozuvchi Amos Oz, suriyalik shoir Adonis, polshalik jurnalist Rishar Kapushchinskiy nomzodlari ilgari surilgandi. Oxir-oqibat g‘arbcha qarashlari bilan tanilgan turk yozuvchisi Shvetsiyadagi xal­qaro akademiya tomonidan mukofot uchun eng loyiq nomzod deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, hozirga qadar musulmon olamidan birgina Misr yozuvchisi Najib Mahfuz adabiyot yo‘nalishidagi Nobelni qo‘lga kiritgandi. Turk ijodkori O‘rxon Pamug‘ bu borada ikkinchi shaxs bo‘ldi.
54 yoshli O‘rxon Pamug‘ning dastlabki romani «Oq qasr» uni dunyo­ga mashhur qilgan. Roman voqealari XVII asrda Istambulda kechadi, asarda tarixiy voqelik va badiiy to‘qima uyg‘unligida inson fe’l-atvorining murakkab jihatlari ochib berilgan. Yozuvchining «Mening ismim — Qirmizi» va «Qor» romanlarida ham o‘tmish va bugun, Sharq va G‘arb, diniy va dunyoviy jamiyat muammolari qamrab olingan. O‘rxon Pamug‘ning asarlari qirqdan ziyod tilga tarjima qilingan.
Yevropa davlatlarining yuksak ehtirom ifodasi sifatida Nobel sovrindori bo‘lgan O‘rxon Pamuqqa o‘z mamlakati — Turkiyada jinoiy ish ochilgan. O‘z asarlarida har doim ham ziddiyatli muammolarni qalamga olgan ijodkor Birinchi jahon urushi davrida armanlarning qirib tashlanishi mavzusidagi talqini uchun tergovga tortilgan.
Категория: Habarlar | Просмотров: 1044 | Добавил: Anahon | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]