Shoir Sobit Madaliyev Manba: ferghana.ru Bir tomchi yosh kabi titraydi dilim, Yashadim, deyishga bormaydi tilim. Ollohni eslagan kunlarim yorug’, Tundan ham qorong’u qolgan kunlarim. Bu shoir Sobit Madaliyevning o’zbekchada ijod qilgan ruboiysi. Aslida Sobit Madaliyev 70-yillar o’zbek adabiyotiga rus tilida ijod qiladigan o’zbek shoiri sifatida kirib kelgan. MUXBIR: Sobit aka, siz bir ziyoli sifatida demokratik jamiyat qurayotgan O’zbekistondagi ziyolilar o’rnini qanday baholagan bo’lardingiz? SOBIT MADALIYEV: Bugungi kunda bu o’zgarayotgan jamiyatda ziyolilarninig nihoyatda roli chuqur bo’lishi kerak edi, deb o’ylayman. Ammo vaholanki, mana shu mustaqillik yillari ziyolilar O’zbekistonda o’zining joyini, o’zining o’rnini topa olmabdi, degan xulosaga afsuski kelishga majburman. Ziyolilarimiz ko’plari shu davlatga xizmat qilib, xatolariniyam to’g’ri deb ketaverishdi va ketishiyapti ham. Hozir umuman ziyolining ahvoli shunday darajada bo’lgan mamlakatda davlat xato qilishi mumkinmi? Albatta mumkin. “Ikki yil-uch yil mobaynida nihoyatda ko’p maqolalar paydo bo’ldi, demokratiya go’yoki bizning o’zbek xalqimizga, mentalitetiga, turmush tarziga to’g’ri kelmas ekanmish. Nimaga bo’lmasa ko’zbo’yamachilik qilyapmiz biz. Dunyo miqyosida biz demokratiya quryapmiz, deymiz-u ammo o’zimizning matbuotimizda hech qanday demokratiya yo’g’u. Hech qanday o’zgarish bo’lmadiy-u. Xalq o’z yo’liga, jamiyat o’z yo’liga, matbuot o’z yo’liga ishlab yotibdi-yu. "Senzura yo’q bo’lgandan keyin ham bironta bir jamiyatni qiynayotgan muammolar matbuotda o’rnini topmayapti-yu. Ishsizlik haqida, viloyatdagi vaziyatlarning borini biz matbuotda ko’rmayapmiz-ku. Hamma yoq korrupsiyaga aylanib ketdi-yu. Xalq uni gapiradi-yu nimaga matbuot gapirmaydi? Nimaga biz orqavorotdan mana shuni gapiramiz. Nega men chet el radiosiga, men ziyoli muhtojman shuni mana shu yerda aytishga. Nimaga o’zimizning o’zbek xalqimizga rost gapni aytmaymiz. Nimaga matbuotda shu masalalarni muhokama qilmaymiz. Men ziyoliman, deb aytishga uyaladigan bo’lib qoldim. Chunki xalqning qiynalayotganini ko’rib, xalqning dardini hech qayerqa yetkazolmasdan qiynaladigan bo’ldim." Professor Fayzulla Isoqov: “Sobit Madaliyev faqat o’ziga xos faylasuf yozuvchi odamlar toifasiga kiradi. Uning asarlarida doim chuqur falsafiy ma’no bor. “Zvezda Vostoka” jurnalida bosh redaktor bo’lib ancha yil ishladi. Lekin siyosiy mavqei, dunyoqarashi jifatdan, matbuot sohasida o’tirgan amaldorlar bilan jiddiy tafovutlar orasida paydo bo’lgani natijasida, Sobit Madaliyev mustaqillik davridagi asarlarni mafkuraviy jihatdan tekshirish uslublari saqlangan sharoitda o’z faoliyatini redaktor sifatida davom ettirishni lozim ko’rmadi va 1995-96 yilimi “Zvezda Vostoka jurnalidagi bosh redaktorlik lavozimidan ketishga majbur bo’ldi.” MUXBIR: Sobit aka, agar eslasangiz, avallari xalq ichida “yozuvchi va shoirlar xalqning vijdoni” degan gap bo’lardi. Bugun esa o’sha vijdonni mudroq bosgan, degan gaplar ham yuradi. Ayni paytdagi yozuvchi-shoirlar, ziyolilar mavqei xususida so’z yuritsangiz. SOBIT MADALIYEV: 1993 yili men yozuvchilar uyushmasidan chiqib ketganman, yolg’onga aralashmay deb. Lekin yolg’on davom etyapti-yu. Agar ziyoli shu yolg’onga qo’shiladigan bo’lsa, bu nima bo’ladi, bu xalqimiz ishonadimi o’zining yozuvchilariga? “Perestroyka yillari SSSR Yozuvchilar soyuzida ishlardim, bir iltimos tushdi, har bir respublikadan turg’unlik davrida ijod qilgan yozuvchilarning chiqmagan, Stalin rejimiga qarshi yozgan asarlarini yig’ib, bir to’plam qiladigan bo’ldik. Gurjiston, Armaniston, va hokazo kitoblar tayyorlab berishdi. Rossiyadaku yuzlab ham kitoblar chiqdi-yu. “Nihoyatda uyalib qolganim, O’zbekistondan bironta bir asar chiqmadi. Abdulla Qahhorning bitta hikoyalaridan tashqari man-man degan yozuvchilarimiz, xalq yozuvchisi unvonini olgan yozuvchilarimizdan bir misra ham chiqmadi o’sha paytda Stalinga qarshi yozilgan. Va shu vaziyat hozir ham davom etyapti deb o’ylayman. Bu bizga balkim tarixiy kasallikka aylanib qolyapti-da. “Men masalan tanqid qilib, o’zimizning vatanimiz masalan yomon bo’lsin deb hech qachon aytmayman-ku. Qaytaga, mana shu kamchiliklarni qancha tez yo’qotsak, xalqimizga, davlatimizga shuncha ko’p yordam bergan bo’lamiz-ku. Demak men mana shunday tushunaman-ki, bugungi kunda ziyolilarimiz bo’layotgan xatolarimizni qo’llab-quvvatlayaptimi, demak o’zbek xalqiga dushmanchilik qilyapti.” MUXBIR: O’zini Sobit Madaliyev she’riyati muxlisi deb tanishtirgan Javdot Ibrohimov shunday deydi: “Men Sobit aka bilan 1983 yilda chiqqan “Marafon” degan bir yig’malarini tanishib, bu she’riyatdan men juda mamnun bo’lib, qanday bu o’zbek yigiti shunday rus tilida ijod qilarkan, deb qiziqib qoldim. Yillar o’tib, 1998 yilda tanishsam, Sobit aka ancha adabiyotdan endi rasmiy ravishda chetlatib qo’yilganlar. Sobit akaning ijodiyoti shunday-ki ular o’zlarining ruhlari bilan bog’lab olib boradilar har bir gaplarini va o’zlarining she’rlarini, ham o’zlarini hatti-harakatlarini. Mana bu hatti-harakatni bog’lash, menimcha, yuqori inson sifati deb men tushunaman,” - deydi Javdot Ibrohimov. SOBIT MADALIYEV: Muxolifat yo’qligi shu kunga kelib shuni keltirdi-ki xalqda befarqlik paydo bo’ldi. Yozuvchi oldiga, ziyolining oldiga borib nima obro’ topaman, deydi. Bu yozuvchilar matbuotda birorta rost so’zni aytmayapti-yu. A bu xalqni dardi nari yoqda qolib ketib, davlatning xatolariniyam, kechirasiz, kamchiliklarini ham qo’llab-quvvatlashib ketyaptiyu. “Xalq o’zining yozuvchilariga hozir ishonmasdan qo’ydi. Kimni hozir aldayapmiz, o’zimizning xalqimizni aldayapmiz-ku. O’zimizni o’zimiz aldayapmiz-ku. To’g’ri, Amerika demokratiyasini 200 yil mobaynida qurgan, umuman demokratyiya o’zidan-o’zi kelib-ketmaydi. Uning uchun kurashish kerak. Kurashish uchun ziyolilar bo’lishi kerakmi, o’zining xalqidan uyalish kerakmi? “Ko’p narsalarim Rossiyada chiqdi, chet ellarda chiqdi, boshqa mamlakatlarda chiqdi va chiqayapti. Shu mustaqillik yillari lekin O’zbekistonda mening kitobim chiqmadi. Nafaqat men, mustaqil yozuvchilarning kitoblari chiqmadi va chiqmayapti. Buning sababi o’sha bittayu-bitta - erkin yozuvchilarning kitoblari, asarlari hech qachon bunaqa davrlarda chiqmaydi.”
|