O‘YLAB TOPILMAGAN HIKOYALAR Bu ikkala bola, to‘g‘rirog‘i kap-katta yigitlarga men Beshyog‘ochda duch keldim. Qo‘l ko‘tarib mendan Teatr institutining yotoqxonasiga olib borib qo‘yishimni so‘rashdi. Uyim shu yoqda, bozordan qaytayotgan edim, bo‘sh ketyapman-ku, deb ularni oldim. Bittasi oldi o‘rindiqqa o‘tirdi, ikkinchisi orqaga. Yonimdagisi men bilan uyoq-buyoqdan gaplashib ketgan bo‘ldi, orqadagisi esa negadir yonboshlab oldi. Men yonimdagidan: “Nega sheriging yonboshlab oldi? ,” — deb so‘rasam, u: “Qo‘yavering aka, badanida bor (ya’ni kayf)” , — deb javob berdi. Ha, shunaqa ekan-da”, — deb qo‘yaveribman. Bolalar aytilgan joyga yetishdi, oldingisi cho‘ntak kovlab men bilan arang hisob-kitob qildi, orqasidagi esa negadir ,,lip” etib tushdi-ketdi. Ulardan sal nariroqqa borib mashinamni to‘xtatib orqa o‘rindiqqa qarasam, bozordan olingan ,,u-bu”lar solingan xaltalar joyida turibdi. “Hamma narsa joyida ekan”, deb g‘izillatib uyga haydadim. Uyda birdan papkam esimga tushdi: oldinga odam o‘tirgani uchun uni orqaga, haligi xaltalarning ustiga qo‘ygan edim-ku. Obbo! Haligi bola papkani olib tushib ketibdiku-a? Ichida-ku, pul-mul, boshqa biror qimmatbaho narsa yo‘q edi, ammo ko‘zoynagim, guvohnomam bor edi-ku?... Muncha garang bo‘lmasam-a? Balki o‘g‘rilar papkamdan hech narsa topolmasdan o‘sha yerga tashlab ketishgandir? Shu xayol bilan haligi joyga g‘izilladim. Turgan gapki, ular yo‘q. Sal nariroqni qarasam yozuvchilik guvohnomam ikki bo‘linib yotibdi. Sal narida esa ikkiga bo‘lingan ko‘zoynagim, boshqa qog‘ozlar... Papkaning o‘zi bo‘lsa yo‘q. Demak, o‘g‘rilar papkada katta pul bor deb o‘ylashib o‘g‘irlashgan-u, bo‘m-bo‘shligini ko‘rib, hafsalalari pir bo‘lib, jahliga ko‘zoynakni sindirib, hujjatimni yirtib ketishibdi. To‘lanmagan elektr, telefon qog‘ozlari bor edi, ular turibdi. Ha, aldangan o‘g‘rilar! Battar bo‘llaring! Majburiy kirakash domlaning papkasidan qog‘oz chiqmay dollar chiqsinmi, senlarga? !
Ha,endi bundan buyon ehtiyot bo`lin amaki odam yahshili qilaqolay deb yomonlikka uchridi. etishadiku,yahshilik hech qachon javobsiz qolmidi, deb.yаni yahshilik kilsen albatta yomonlik bilan qaytadi!
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]